O’zbekiston Xalq Harakati

Shaffoflik kerak

Shaffoflik kerak
16 Mayıs 2019 - 9:39 'da yuklandi va 643 marta o'qildi.

Said Abdulaziz Yusupov haqida ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar kundan kunga ko'payib, qo'lga olish, ayblash, qamoqda ushlab turish kabi holatlar, ko'pchilikda, davlatning huquqni himoya qiluvchi tashkilotlariga nisbatan ishonchsizlikni keltirib chiqarmoqda.

Modomiki, ayblanuvchi shaxs o'z vatanidagi islohotlarga ishonib chet eldan yangi qaytib kelgan va o'zi haqida qo'yilishi mumkin bo'lgan ayblovlar haqida taxminlari bo'lib tasviriy chiqishni suratga olgan ekan, unga hibsda ushlab turish o'rniga, o'z turar-joyidan qatnab, oilasi, qarindoshlari va ommaning huzurini buzmay, tergov ishlari olib borilsa, jamiyatdagi islohotlar haqidagi umidlar shubha ostida qolmaydi.

Nafaqat ziyolilarga, balki butun aholi qatlamlariga dunyoviy yoki diniy bilimlarni egallagan bo'lishlaridan qat'iy nazar, so'z erkinligiga yo'lni kengroq ochib berish, davlatning moddiy va ma'naviy taraqqiyotini ta'minlaydigan asoslardan biridir.

Huquqiy tamoyillar bo'lishiga qaramay, o'z fikrini ochiqlashi oldida huquqiy asosi bo'lmagan sun'iy g'ovlar sababli qarshilik ko'rayotgan shaxslar, jamiyat taraqqiyoti uchun sarflay olishadigan kuchlarining ko'p qismini g'ovlarga qarshi kurashga ishlatishga majbur bo'lib, iste'dodlar nobud bo'ladi va zararni faqatgina jamiyat ko'radi.

O'ylab ko'ring, katta iste'dod egalari, o'tgan asrning o'ttizinchi yillaridan to elliginchi yillariga qadar soxta ayblovlar bilan qatag'on qilindi. Bu davr mobaynida davlatning barcha tizimlari ularga qarshi “kurash” olib bordi. Bu “kurash” mobaynida jamiyat moddiy va ma'naviy jihatdan anchagina tanazzulga uchradi.

Jamiyat salkam o'ttiz yil davomida o'zini jimjimador jumlalar bilan qanchalar maqtab, ardoqlagan bo'lsada, aslida, jahondagi moddiy va ma'naviy taraqqiyotdan ortda qolib ketdi.

Chunki, ichi bo'sh, foydasiz narsalar bilan shug'ullanayotgan edi.

Yana achinarlisi shuki, o'z qo'li bilan qatl qilgan insonlarni, o'sha davlatning o'zi oqladi! Bu, o'sha davr davlat mulozimlarining uzoqni ko'ra olmasliklari, ko'ngillarining mog'or bosgani, boshqalarning ko'z yoshlari ustiga o'zlarining “dabdabali” saroylarini qurishga intilishganiga ochiq dalildir.

Said Abdulaziz Yusupov O'zbekistonda yashayotgan xalqlar tarafidan tanilgan fuqarosi bo'lib, unga nisbatan da'vo ochilgan ekan, olib borilayotgan tergov ishlarida boshidan oxirigacha shaffoflik bo'lishi, joriy etilayotgan islohotlarga nisbatan jamiyat qatlamlarida umidni yana ham kuchaytiradi. Buning uchun unga oila a'zolari va oilasi tarafidan tayinlangan advokat bilan ko'rishish imkoniyatini ta'minlash kerak.

Hikmat Nuri

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • Ural ;

    Qamoqxonada ushlash unga ishlov berish, ta’ziq o’tkasiz va majburlab qo’l qo’ydirish uchun kerak. Uyidan qatnasa DXX qanday qilib unga qarshi hujjat tayyorlaydi? Bizda hujjatlarni odamni qamagandan keyin tayyorlanadiku?

    17/05/2019 04:46
istanbul escort