O’zbekiston Xalq Harakati

Oliy sud quyi instantsiya sudining Ozodlik jurnalisti uyini tortib olish to'g'risidagi ajrimini bekor qildi

Oliy sud quyi instantsiya sudining Ozodlik jurnalisti uyini tortib olish to'g'risidagi ajrimini bekor qildi
16 Mayıs 2019 - 14:22 'da yuklandi va 486 marta o'qildi.

“Ozodlik” radiosining xabar berishicha, 16 may kuni O'zbekiston Oliy sudi aka-uka Bobojonovlarning uyini tortib olish to'g'risidagi Urganch tuman sudi qarorini bekor qilgan.

Bu haqda sudda Bobojonovlar manfaatlarini himoya qilgan advokat Umid Davletov xabar qildi.

Davletovga ko'ra, ish Oliy sud sud'yasi Akmal Murodov raisligida, sud'ya Nargiza Mahkamova va Muhabbat Rabievalar hamda prokuror Qo'shimov Jamshidlar ishtirokidagi ko'rib chiqilgan. mahkama jurnalistlar

Advokat Umid Davletovning aytishicha, G'ayrat Bobojonov va Shuhrat Bobojonovning Xorazm viloyatidagi uylari ularning xususiy mulki deya e'tirof qilinib¸ quyi sudlarning barcha qaror va ajrimlari bekor qilingan.

BBSning “N'yus nayt” dasturi uchun Xorazmda majburiy mehnat haqida lavha suratga olgan. “Ochiq Osië”, “Frans 4” kanali, “Nemis to'lqini”¸ “Ozodlik” kabi ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilgan jurnalist G'ayrat Bobojonov Ozodlik bilan suhbatda sud qaroridan mamnunligini bildirdi.

Jurnalistlarning uylarini musodara etish qarori qabul qilingan 2018 yil fevralidagi mahkama jaraënini o'rganib chiqqan Toshkentdagi “Simay” advokatlik idorasi rahbari Sergey Mayorovning Ozodlikka aytishicha, jaraënda sud-protsessual normalari buzilgan, uy egalari sudda qatnashtirilmagan va ëlg'on guvohliklardan foydalanilgan. Sud qarori esa olti oy o'tib, uy egalariga berilgan.

“Ozod Evropa – Ozodlik radiosi” (RFERL) ning Vashingtondagi qarorgohi 2018 yilning 1 noyabrida baënot chiqarib, “Ozodlik” jurnalisti Shuhrat Bobojonovga tegishli Urganch tumanidagi hovlining musodara qilinishini “jurnalistning kasbiy faoliyati bilan bog'liq siësiy o'ch olish”, deb atagan edi.

O'zbekistondagi jurnalistik faoliyatiga qilingan to'sqinlik ortidan 2001 yilda Germaniyadan siësiy qochqinlik olgan Shuxrat Bobojonov kasbiy faoliyati bois uyi olib qo'yilgani yuzasidan joriy oyda O'zbekistonga tashrif buyuraëtgan Germaniya prezidenti Frank-Val'ter Shtaynmayerga maktub ëzgan edi.

O'XH axborot bo'limi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 2 Yorum )

  • Ural ;

    Bu yaxshi. Lekin adolat qaror topishi uchun nohaq sudni uyushtirgan davlat amaldorlari qonun bo’yicha jazoga tortilishi kerak. Bunga Oliy sudning xohishi bo’larmikan?

    17/05/2019 04:27
  • Axmad hoji Xorazmiy ;

    Menimcha jurnalistlar uyining musodara qilinish muammosi prezidentga etib borgan. Aks holda bunday ijobiy echim topmas edi.
    Mening taklifim shuki, OAV vositalari qattiq turib bunday axmaqona qaror chiqargan sudni va uni tasdiqlagan yuqori sudlarni jazoga tortishni ta'minlash kerak.

    16/05/2019 19:44
xxx video gratis porno italiano