O’zbekiston Xalq Harakati

Mahmud G'aznaviy

Mahmud G'aznaviy
17 Mayıs 2019 - 9:00 'da yuklandi va 312 marta o'qildi.

Mahmud G'aznaviy – sarkarda, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi (Asl ismi Abulqosim Mahmud ibn Sabuqtegin)

Tavalludi sanasi 11-fevral 967-yil
Tavallud joyi G'azna
Vafot sanasi 4-iyun 1030-yil
(59 yoshda)
Vafot etgan joyi – G'azna

Abulqosim Mahmud ibn Sobiqtegin (967— G'azna, 1030) — davlat arbobi va harbiy sarkarda, G'aznaviylar davlati hukmdori (998—1030). Sabukteginning o'g'li. Yoshligida otasidan harbiy san'atni puxta egallagan. Somoniylarga qarshi isyon ko'targan turk amirlari Abu Ali Simjuriy va Foyiqqa qarshi janglarda otasining qo'shinida qatnashib, katta jasorat ko'rsatgani uchun “Sayf-ud-davla” (“davlat qilichi”) unvoni bilan taqdirlandi (994). G'aznaviylar davlatining Nishopurdagi noibi (994—997). Otasi vafotidan so'ng taxtni egallagan (998 yildan). Marv yaqinidagi jangda somoniylar qo'shinini mag'lubiyatga uchratgan (999. 16.5). Somoniylar davlati ag'darilgach, Mahmud Bag'dod xalifasi al-Qodir (hukmronligi, 991 —1031)dan “yamin uddavla va amin ulmilla” (“davlatning o'ng qo'li va millatning ishonchi”) degan faxriy unvon va Xuroson hokimligi haqida yorliq olgan (999). Qoraxoniylar xoni Nasr Mahmud G'aznaviy]]ga elchi yuborgan; 1001 yilda qoraxoniylar bilan tuzilgan sulh shartnomasiga muvofiq, har 2 davlat o'rtasidagi chegara chizig'i qilib Amudaryo belgilandi. Shunday qilib, Somoniylar davlati o'rnida 2 ta yangi davlat tashkil topgan. M. F. qo'lida Shimoliy Hindiston chegarasidan tortib Xazar (Kaspiy) dengizigacha cho'zilgan katta hudud birlashtirilgan. Keyinchalik bu davlat tarkibiga Shimoliy Hindiston, Xorazm va G'arbiy Eron ham kiritilgan. Qoraxoniylar bilan ayrim urushlar (1006—08)dan so'ng, Chag'oniyon, keyinchalik Xuttalon, Qabodiyon viloyatlari va Termiz, Amul (Chorjo'y)ni ham o'z davlati tarkibiga qo'shib olgan. Mahmud G'aznaviy yirik harbiy yurishlar olib borish bilan birgalikda qo'shni davlatlar hukmdorlari bilan diplomatik aloqalar va qarindoshlik munosabatlari o'rnatgan. Bayhaqiyning yozishicha, Xorazmdagi xalq g'alayonlari oqibatida 1016 yilda Abul Abbos Ma'mun qatl etilib, taxtga uning jiyani yosh va tajribasiz Muhammad ibn Ma'mun o'tirdi. Mahmud G'aznaviy bu xabarni eshitgach, qasos olish bahonasida katta qo'shin (100 ming askar, 500 fil) bilan kelib, Xorazm davlati poytaxti Qiyotni egallagan (1017) va hojib Oltintoshni Xorazmda o'z noibi qilib qoldirgan va Beruniy boshchiligidagi olimlar, shoirlar va san'atkorlarni, shuningdek, yosh xorazmshohni butun sulolasi bilan G'aznaga olib qaytgan.

Fors tarixchisi Gardiziyning “Zayn al-axbor” (“Xabarlar ko'rki”) asarida (1050—52) yozilishicha, 1025 yilda Samarqandning janubida o'sha davrning 2 buyuk hukmdori: Mahmud G'aznaviy va Qoraxoniylar tamg'achxoni Qodirxon o'rtasida tarixiy uchrashuv bo'lgan. Ikki o'rtada shartnoma tuzilib, unga ko'ra qoraxoniylarning Samarqanddagi noibi Alptegin]] Movarounnahr]]ga qaytarib olinib, Qodirxonning o'g'li Yiganteginga berilgan. Tazyiqqa uchragan 4 ming o'tovli o'g'uz xonadonlari (Saljuqning avlodlari) Mahmud G'aznaviyning ruxsati bilan o'sha yili Nurota atrofidagi Xurosonga ko'chirilgan. Mahmud G'aznaviy Qoraxoniylar bilan o'z mavqeini mustahkamlab, asosiy e'tiborni Shimoliy Hindistonni oxirigacha zabt etishga qaratgan. U Panjob va Kashmir viloyatlariga 17 marta harbiy yurishlar uyushtirgan (1002—28). Mahalliy aholini islom diniga kiritgan. Uning harbiy safarlarida Beruniy hamkorlik qilgan. Beruniyning mashhur “Hindiston” (1030—31) asari ushbu safarlar natijasida vujudga kelgan. Mahmud G'aznaviy arab va pahlaviy (fors) tillarini puxta bilgan, turkiy tilda she'rlar bitgan. O'z davlatining poytaxti G'aznada nodir kitoblardan katta kutubxona to'plagan. Bu davrda islom madaniyati rivojlanishi va islom dini tarqalishiga katta hissa qo'shgan. Xususan, o'z saroyida 400 dan ortiq olimlar, shoirlar va san'atkorlar (Beruniy, Unsuriy va boshqalar)ni to'plab, ularga homiylik qilgan. Qudratli va jangovar harbiy qo'shin hamda dengiz flotiga ega bo'lgan. G'aznada vafot etgan, qabrida maqbara o'rnatilgan. Sharq allomalarining asarlarida Mahmud G'aznaviy adolatli va fuqaroparvar podsho, dushmanga nisbatan shafqatsiz sarkarda sifatida tasvirlanadi.

Qahramon Rajabov

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort