O’zbekiston Xalq Harakati

AQSh “geylardan tozalash”ga mas'ul chechen rasmiylariga sanktsiya joriy qildi

AQSh “geylardan tozalash”ga mas'ul chechen rasmiylariga sanktsiya joriy qildi
17 Mayıs 2019 - 18:22 'da yuklandi va 639 marta o'qildi.

“Ozodlik” radiosining xabar berishicha, AQSh rasmiylari yaqinda Chechenistonning “geylardan tozalash”ga aloqasi bor huquqni muhofaza qiluvchi maxsus bo'linmaga nisbatan moliyaviy sanktsiya joriy qilgan.

Bu maxsus otryadning “ovi” o'nlab gey va biseksuallarning qamoqqa olinishi, ba'zi hollarda esa ularning qiynoqlarga solinishiga sabab bo'ldi.

Bu amaliëtlar tepasida turgan

16 mayda tarqatilgan bayonotda aytilishicha, AQSh Moliya vazirligi 2015 yili Chechenistonning Rossiya muxolifati etakchisi Boris Nemtsovga suiqasd qilishda qo'li borligi gumon qilingan yuqori lavozimli amaldoriga sanktsiya joriy etgan edi.

Jismoniy shaxslarga, 2012 yili qabul qilingan “Magnitskiy akti”ga ko'ra, sanktsiya qo'llangan edi. O'sha qonun va uning 4 yil oldin kengaytirilgan varianti AQSh rasmiylariga Rossiya va dunyoning boshqa mamlakatlarida inson huquqini buzgan kishilar va yuridik shaxslarga nisbatan sanktsiya qo'llash vakolatini beradi.

Rossiyaning Vashingtondagi elchixonasi AQSh sanktsiyalariga qarshi “javob choralari” ko'rilishini ma'lum qildi.

AQSh Savdo vazirining terrorizmga qarshi kurash va moliyaviy razvedka masalalari bo'yicha o'rinbosari Sigal Mandelker sanktsiyalar “Terek” maxsus tezkor javob guruhi deb ataluvchi bo'linmaga nisbatan joriy qilingani haqida bayonot berdi.

“Terek” bo'linmasi va komandiri Abuzayd Vismuradov Chechenistonda geylarga ov uyushtirganlikda gumon qilinmoqda.

Rossiyalik va xalqaro inson huquqi faollari 2017 yil boshida Chechenistonda “geylardan tozalash” ro'y bergani haqida ogohlantirgan edi. Hibsga olishlarning ikkinchi bosqichi 2018 yil oxiri va 2019 yil boshlarida o'tkazilgani xabar qilindi.

Chechenistonlik yana bir amaldor Ruslan Geremeevga nisbatan Nemtsovni o'ldirish rejasini tuzganlikda gumon qilinib, sanktsiya joriy qilingan edi. Ma'lumki, Nemtsov 2015 yil fevralida Kreml' devoridan qanchadir metr uzoqlikda otib tashlangan edi.

Geremeev Chechenistonning mash'um “Sever” harbiy bo'linmasi komandiri va respublika rahbari Ramzan Qodirovning yaqin do'stidir. Qodirovga nisbatan ham “Magnitskiy akti”ga ko'ra sanktsiya joriy qilingan.

Nemtsovning yaqin o'rinbosarlaridan biri Vladimir Kara-Murza Geremeevga nisbatan qo'llangan chorani “inqilobiy” deb atadi.

Sanktsiya joriy qilish to'g'risidagi bayonotga Kreml' tezkor munosabat bildirmadi. Biroq o'ziga nisbatan qo'llangan ilgarigi sanktsiyaga mazaxomuz munosabat bildirgan Qodirov bu safar “Telegram”dagi kanalida istehzoli izoh qoldirdi.

“Men ushbu qog'ozbozlarni rasman ogohlantirib aytamanki, endi barchangiz bizning ro'yxatlarga tushdingiz! ‒ deb yozdi u. ‒ Bizni sun'iy ravishda dushman qilayotganlarga aytmoqchiman: agar qoningizda zarracha mardlik bo'lsa, biznikiga mehmonga keling va sizga bir umr esingizdan chiqmaydigan va nevaralaringizga so'zlab yuradigan “Magnitskiy ro'yxati”ni tuzib beramiz”.

16 may kuni yana Rossiya shimolidagi Kareliya Respublikasi qamoqxoansi boshlig'i hamda Magnitskiyning o'limiga aloqadir erkak bilan ayolga nisbatan ham sanktsiya joriy qilindi. Qonun o'sha kishining nomi bilan ataladi. Magnitskiy Rossiya xazinasidan 230 million AQSh dollari o'g'irlangani va ommaviy soliq qallobligi jinoyatini fosh qilishda yordam bergan edi.

Keyinchalik Rossiya rahbariyati uning o'zini qalloblikda ayblab, qamoqqa tashladi va u o'sha erda kasalligi va noqonuniy munosabatlar oqibatida o'lgan edi. Huquq faollari unga nisbatan qiynoqlar qo'llanganini aytib keladi.

O'XH axborot bo'limi 

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort