O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Qo'rquv saltanati

Qo'rquv saltanati
18 Mayıs 2019 - 14:56 'da yuklandi va 931 marta o'qildi.

Islom Xolboy

QO'RQUV SALTANATI

“Kimlar prezidentimiz virtual qabulxonasi obro'sini to'kayotganini bilasizmi?”

“Mazlumning bir ohi podshohni yiqitadi”. “Prezidentimizga dastak bo'lishimiz kerak”.

Sizni, “demokrat liberal inson” deb bilaman. “Imijingizga nisbatan bo'layotgan tajovuzlarni oldini olish va Axborot olamida mustahkam oyoqda turishingiz uchun bu yo'ldan chekinmadim”. “Siyosiy imijingizga zarar keltiradigan biror bir ish qilmadim”.

“Siz olib borayotgan siyosatning og'irligiga va siz olib borayotgan siyosatning samimiyligiga” menda shubha yo'q.

“Men sizning ikkiyuzlamachi ekanligingizga ishonmayman”. Yoki, “Soxta siyosat olib borayotganingizga..”. “Siz boshlagan mana shu islohotlarga qarshi gapda boshqa amalda boshqa maxsus xizmatlar va maxsus avvaldan uyushgan guruhlar o'z  ishlarini davom ettirib kelmoqdalar, keldilar”.

“Osmonimiz, musaffo!” “Ota, atrofidagi bir guruh falonchilarning nima qilayotganidan xabarsiz”. “Yuqorida otaga qarshi ishlar qilinyapdi”. “Ammo, ota bilib qolsa yomon qiladi”. “Biz bir oilani eplay olmayapmiz. Ota o'ttiz milyon xalqni boshqaryapdi. Osonmi?!” “Ota tinchlikni saqlayapdi! Shunga shukur qilaylik!” “Er yuzida olov yonyapdi”…

Yuqoridagi kabi yuzlagan “shablo'n va dejurniy” iboralar mustabid I. Karimov Rossiyadan so'ng O'zbekiston ixtiyorini to'liq qo'lga olgan kundan buyon bizning kungacha jon asrashning himoya vositasi sifatida qo'llanib keldi. Ammo bu usul haligacha hech kimning xavfsizligini ta'minlay olgani yo'q. Ikki o'rtada, O'zbekiston deya atalmish bir ulug' mamlakat butun vujudida surunkali tanazzul xastaligini kechirib kelyapdi. Buyuk tamaddunlar beshigi bo'lmish barakatli tuproqlar o'ttiz yildan buyon “Hur va Mustaqil!” tamg'asi ostida, munofiqlik qurboni bo'lyapdi.

Qariyib yuz oltmish yillik qirg'inlar, og'ir mehnat va qama-qamalardan boshi chiqmagan xalq haq-huquqi tugul, “OZODLIK” deb atalmish oliy ne'matning nima ekanligini ham esidan chiqarib qo'ygan. Ayniqsa, keyingi o'ttiz yilda hamma qorin g'ami bilan ovora. Hech kim o'zidan ortmay qoldi.

Siyosiy-ijtimoiy holatning shunday mantiqsiz va mujmal tus olishi – O'zbekistonda hukumatni egallab olganlarning ayni muddaosi bo'ldi. Mamlakatni oson va raqobatsiz boshqarishda maqbul yo'l mansabdorlar aybini xaspo'shlagani kabi, ularning kursilarida mustahkam va uzoq o'tirishlariga ham sharoit yaratib berdi. Muxolifatni xalq ko'ziga olabo'ji qilib ko'rsatishga yo'l ochdi. Muxolifat siyosiy-ijtimoiy hayotdan kesib qo'yilishi bilan O'zbekistonda avtaritar rejim o'rtaga chiqdi. Va ko'p o'tmay diktatura o'rnatildi. Yolg'iz bir odam katta bir mamlakatni xohish-istaklari doirasida chala-chulpa boshqara boshladi. Xalqni o'zining injiqligi va tutriqsiz fikrlariga ko'nib yashashga majbur qildi. Mustabidning atrofidagilar ijtimoiy hayotda siyosiy-iqtisodiy bo'shliq paydo bo'lishi bilan mamlakat istiqbolini mavhumot sarhatlar sari yo'naltirish barobarida, xalqning umid va orzularini chipakka chiqardi. Tushkunlik va porakandalik avj oldi. Imkon tug'ilganda, xalqda o'tmishdagi ota-bobolar o'rtaga keltirgan buyuk saltanatlar kabi er yuzida yana bir saltanatni qayta tiklashga bo'lgan ishonch yo'qoldi. Qonunlar ishlamadi, vakolatli idoralarning xohish-istaklari qonunlardan va mamlakatning haqiqiy egasi bo'lmish xalq xohish-irodasidan yuqori turdi.

 Ammo, yuqorida keltirilgan iddaolardagi singari prezident Sh. Mirziyoevning islohotlariga yoki chiqarayotgan qarorlariga bugun zimdan qarshilik ko'rsatayotgan guruhlarning borligiga men umuman ishonmayman. Marhum va ruhiy xasta prezident I. Karimovning ham o'zidan o'zga dushmani yo'q edi. O'zbekistonda bunaqa sobatajlarni amalga oshirish umuman aqlga sig'dirib bo'lmaydigan bir hodisa. Bu cho'pchakka ishonish uchun juda ham anoyi bo'lish kerak. Yoki bilib bilmaslikka oladigan sodda mug'ambirlik to'nini kiyib olish zarur. Lo'ndaroq qilib aytganda, bu singari yo'q dushmanni yo'q joydan o'ylab topish va xalq fikrini to'g'ri yo'ldan chalg'itish vijdonsizlikdir. Mamlakatni oyoqqa turg'azish uchun butun umrini, ongli hayotini garovga tikkan sog'lom kuchlarga qarshi agresiyadir. Sog'lom kuchlarga umid ko'zi bilan boqib turgan millatning uyg'oq qatlamiga xiyonatdir.

Bu muammo borligini iddao qilayotganlarning niyatlari qatida, “o'g'ri qochdi, o'g'rini ushla!” zaylida ish tutilib, o'marilgan molga eng ichida teng sherikchilik manfaati ko'zda tutiladi. Na o'g'ri tomonda, na jabirdiyda tomonda bo'lish juda xatarli esa-da, o'yinchi go'yo hayoti uchun hech nima tahlika tug'dirmaydi, deb o'ylaydi. Ochiqrog'i, u ichining eng chuqur joyida hammadan pinhon tutib kelgan istagi bir kun ijobat bo'lishi uchun o'zini shunday deb o'ylashga majbur qiladi. Hissiyotlariga bo'yinsunmay, nafsi yo'liga yurib, o'z-o'zini aldaydi.

Qaltis tebranishlar paydo bo'lib qolgan vaziyatlarda esa, iddaochi qiyofasidagi ifodalarni “g'olib” tomonga bildirmaslik uchun o'ylab o'tirmasdan ular tomonga o'tadi. Ammo, ikkinchi tomondan ham hech zamon to'lig'icha qo'l uzmaydi. Bu o'yinda unga hech nima tegmasa ham, har ikki tarafning ishonchi qozoniladi. Bu bilan ruhan rasmiy tomon har doim dastaklanib, muxolifat va sog'lom kuchlarga har doim zarba beriladi. Bunaqa “fidoyilik” o'z nomi bilan; og'irning ostida, engilning ustida jon saqlash usuli demakdir. Eng dahshatlisi; o'yinchi, haqiqat qaysi tomonda ekanligini hamma vaqt juda yaxshi bilib turadi. Haqiqat bir kun g'alaba qozongudek bo'lsa, u jabrdiydalar tomonida turadi, va “milliy qahramon”likka da'vogarlik ko'rsatadi. Va, o'sha o'zini “daho” deb tan olinadigan kunni har kun qo'msab, yashaydi. Ammo, u ichida “men hammasini Alloh roziligi uchun qilyapman” degan da'vo bilan, fe'lidagi bu ikkiyuzlamachilikni vijdoni rohat bo'lishi uchun har nafas o'zidan uzoqlashtirishga tirishadi.

Haqiqatan, prezident tashabbuslariga va davlatga qarshi sobataj sodir qilinayotgan bo'lsa, uning birdan-bir sababi qonunlar ishlamasligi – avtaritar tuzum. Ziyoli qatlamlar va ommaviy axborot vositalarining jamoatchilik orasida hech qanaqa obro'ga ega emasligi, xalqning haq-huqulari va amaldagi qonunlarga tayanib, hukumatga hech bir usul bilan ta'sir o'tkaza olmasligi. “Yuqoridagilar nima derkan” deya masalaga maqbul bir echim topa olmasdan davlat idoralarining ikkilanishi. O'z oti bilan aytganda, “xol qo'yib”, yuqorining zug'umiga duchor bo'lishdan hadiksirash. Bu muammoga boshqa javob yo'q.

Birinchi kimsadan imo-ishora bo'lmasa, Ustyurt cho'llarida o'tlab yurgan qulunning qulog'iga qush qo'nmaydi.

Davlat boshlig'iga va ichki qonun-qoidalarga qarshilik erkin va demokratik davlatlarda yuzaga kelishi mumkin, xolos. Qachonki, davlat boshlig'i mamlakatni boshqara olmagan taqdirda, hukumatdagilar turli toifadagi kuchli siyosiy va jinoiy guruhlar ta'siriga tushib qolganda. Va, hakazo..,

Ya'ni, aniqrog'i biror mamlakat siyosiy hayotida bo'shlik paydo bo'lganda, bizga o'xshab ruhan va jismonan sindirilmagan xalqlar tomonidan bu kabi boshboshdoqliklar amalga oshirilishi mumkin.

Biz, siyosiy hayotimizda bo'shliq paydo bo'lganini his qiladigan bo'lsak, oddiy xalq sifatida birinchi bo'lib bozor va do'konlarni talaymiz. Haq-huqug'imizni talab qilib ko'chaga chiqishimizga ham men ishonmayman. Davlat mulozimi sifatida esa, turli yo'llar bilan ko'proq mablag' o'marishning ishqiga tushamiz. Tartibsizliklarga tez barham berilmasa, alg'ov-dalg'ovlardan foydalanib talon-taroj qilgan maskanlarimizda o'zimizdan iz qoldirmasligimiz uchun su'niy yo'llar bilan yong'in chiqarishga zo'r beramiz. Ya'ni, o'tgan yillar mobaynida oldin talab, keyin jinoyatni xaspo'shlash uchun bir necha bozorlarni yoqib yuborganimiz kabi. Keyin, davlatning arg'amchisi uzun. Ertaga birov sotib qo'ysa, jinoyatimiz fosh bo'lib, qamalamiz deb qo'rqamiz. Vaziyat yanayam mushkullashaversa hukumatdagilar va mansabdorlar, prezident islohotlariga zimdan to'sqinlik qilayotgan deb gumon qilinganlarning aksari xorijda yashayotgan bola-chaqasi yoniga qarab qochadi. So'ngra oddiy xalq elkasida ruslar in'om etgan kalashnikov avtamati, qo'lida buyuk o'yinchi davlatlar tutqazgan granata bilan noma'malum muddatgacha bekinmachoq o'ynab yuraveradi…

Aslida, bu farazni ham o'ta xayolparastlik alomati desak, xato bo'lmaydi. Bizdagilarning hukumatga qarshi bosh ko'tarishi, aqlga sig'dirib bo'lmaydigan bir taxmin bo'lgani kabi, talon-tarojlarga kirishishimizga ham ishonch yo'q. Chunki, chaqib beradi deya ota o'g'ildan, qiz onadan hadiksiraydi. Yoki teskarisi; o'g'il otasini, qiz onasini sotib qo'ymasligiga ham kafolat yo'q. “O'zbekistonda, oiladagi har ikki kishidan bittasi xufiya” deb bekor aytishmagan. Berilgan kemtik ta'lim-tarbiya va xavfsizlik tizimlaridagi qog'ozlarda yozilmagan qonun-qoidalar shuni taqozo qiladi. Jamiyat hayotida xiyonatning “sadoqat”, pand berishning “matonat” deb qabul qilinishi normal holatga aylanib qolgan. Har bir sohada boshqaruv yuqoridan pastga yo'naltirilgani singari pastdan yuqoriga mujmallik va ishonsizlik asosida idora etiladi. Butun tizim pora berib pora olish va tanish-bilishchilik asosida jonlantiriladi. Poraga qarshi kurash ham pora bilan rag'batlantiriladi, va pora ustida qo'lga olinganlarning taqdirini ham pora hal qiladi, agar ular qora ro'yxatga tirkalmagan bo'lmasalar. Pora olgan kishi pora bermasa, unga besh yil qamoq jazosini tayinlayotgan mahkama raisi, uni o'n yilga qamab yuboradi. Oddiy xalq bir siqim o'ziga to'q to'da atrofida shamol damiga uchragan xazondek kundalik voqea-hodisalarga mahliyo, o'rama hosil qilib havoyi orzulari qanotida uchib yuraveradi. Mamlakatdagi mansabdor va “elita”ga yaqin deb ko'rilgan qatlam manfaati ularga bir zumga tinib, mavjud vaziyatni anglab olishga yo'l bermaydi. Xalqning o'zini anglashga intilishi va qonunlarda bitilgan qomusiy haq-huquqlarini talab qilishi, ular uchun agresiya alomati hisoblanadi.

Sadoqat va matonatning umuman boshqa bir sohir tushuncha ekanligini, oliy maqsadlarga vafo va sabr bilan erishish mumkinligini – “elita”ga hech qachon liberalizm tajribasini ishga solib anglatib bo'lmaydi. “Elita” tanish-bilishchilik, pora, xiyonat va yaltoqlik bilan yulg'ichlik etishga o'rganib qolgan. U undan boshqasiga yaramaydi.

Sadoqat va matonat, vafo va sabr fazilatlarini millat shuuriga singdirib yuborishning ikki yo'li bor. Birinchisi; iqtidori etsa yuqoridagi birinchi shaxs milliy safarbarlik tashabbusi bilan bu ishni “taraqqiyot va yuksalish” marrasiga ko'tarib, qoyilmaqom qilib umumxalq ishtirokida maqsadlarini hech qanday qiyinchiliklarsiz amalga oshira oladi. Ammo, bu jabhada quruq xohish bilan hech nimani qozonib bo'lmaydi. Zotan, bu aslida uning elkasidagi burchi, insoniylik vazifasi bo'lsayam. Yoki ikkinchi yo'l xalqning sabr kosasi to'lib, bir kun masalani to's-to'polon hal qiladi. Chunki, ruhiyatimizda xiyonat va laganbardorlik hukmronlik qilayotganiga juda ko'p yillar kechdi. U juda ham chuqur ildiz otgan. Bu ish shunchaki murosaa va madora bilan echim topadiganga o'xshamaydi. Mamlakatdagi boshqaruv tizimi va hukumatni egallab kelayotganlarning ruhiy holatlari ham, mana shu “chuqur ildiz”dan quvvat olib turadi. Boshqa quvvat manbaalaridan ular kuch ololmaydilar. Ulardagi shakllantirilgan zehniyat umummanfaat ishiga moslashtirilmagan. O'ta shaxsiyatparastlik davlatchilik tuzilmalarini harakatga keltira olmagani kabi, millatning kelajagini barbod qilishi mumkinligini ular hech qachon anglab etishga qodir emaslar.

Xullas, prezident olib borayotgan “xayrli ishlar”ga parda orqasida turib, to'siq bo'ladiganlarning etishib chiqishlari uchun bir necha qovun pishig'i bor.  Buning uchun oldin xalq hokimiyatini vujudga keltirish zarur. Xalq zehniyati va iqtidori haqiqiy ta'lim-tarbiya bilan to'yintirilishi shart. Xalq mantiq va mantiqsizlikning farqiga boradigan darajada ko'zi ochiq bo'lishi lozim. Mantiq va mantiqsizlik orasidagi farqni ilg'amagan idrok, hech qachon oq bilan qoraning farqiga borolmaydi. Va, asnosida xalqning yaltoqlik va qullik ruhiyatidan tamoman ozod bo'lishi talab qilinadi. Shunday bir mamlakatda davlat boshlig'i qabul qilingan qonun-qoidalarga qat'iyan rioya qilmasa – saylanayotganda bergan so'zining ustidan chiqmasa, uning atrofida norozilik qarashlari paydo bo'la boshlaydi. O'ng ham so'l ham hosil bo'lgan bo'shliqdan o'z manfaati yo'lida foydalanib qolishga harakat qiladi. Muammoga vaqtida barham berilmasa, ozodligi va hurligini boy berishni xohlamagan haq-huquqlarini yaxshi anglaydigan xalq qo'zg'olon ko'taradi va masalaga echim topish uchun ko'chalarga otiladi. Bunday vaziyatda “sobatajchi”lar dengizdagi ko'piklar singari yaroqsiz  ahvolga kelib qoladilar. Ya'ni, xalqning dengiz, ularning shunchaki suv yuzidagi ko'pikdan farqlanmasligi ayon bo'ladi.

Bizdagi islohotlarga qarshi deya ko'rilayotganlarning ko'pikdan farqi yo'q. Ammo hali xalq ham dengizga aylana olmagan. Buni prezident o'z ismini bilgani singari juda ham yaxshi biladi. So'z va amalning bir-biriga zidligini esa, mana shu unsurlar keltirib chiqaradi. Xalqning dengiz, “sobatajchi”larning ko'pik ham emasliklari yuqorini zimmasiga mas'uliyat olmaslikka majburlaydi. Ammo butun ayblar har gal ahvol chigallashganda, yo'q “sobatajchi”lar va xalqning elkasiga yuklanadi. Va birinchi rahbar har safar musichayu beozorga aylantiriladi. Bu ish omma ko'zida “huquq faoli” yoki “muxolifatchilar tomonda turipdi”, deya ko'rilgan kimsalar qo'li bilan parda orqasida hozirlanadi. “Huquq faoli”, yoki muxolifat va hukumat o'rtasida “vositachilik” qilishga harakat qilayotgan shaxs ikki oyog'i bilan qopqonga tushmaguncha, “hukumatga ta'sir o'tkazyapman” deya, o'z-o'zini avrab yuraveradi. U o'zi istaganidek minglagan tomoshobinlar ko'zi o'ngida sahnada turgan bo'lsayam, parda orqasidagilarning qilmishlaridan mantiqiy xulosalar yasashga ojiz. U o'zining hukumat tomonidan qurbon qilinishi uchun “boqilayotganini” anglab etmaydi. Hukumat tashlagan xo'rak sirg'alib to'shakka kirayotgan fohisha kabi uni sehrlab, ko'zlarini bog'laydi, ichidagi ta'ma uni har zamon to'g'ri yo'ldan chalg'itib turadi.

Har holda o'ttiz yilga yaqin ish shu zaylda davom etib keladi…

Shunday bo'lgach o'zini xalq ko'ziga jonkuyar, islohotlarga “yordamchi” ko'rsatishga urinayotgan “shaxslar go'lligi”dan prezident har doim ustalik bilan foydalanishga majbur. U “quloqqa yoqadigan g'oyalar”ni favqulotda o'rtaga tashlab, o'zining haqiqiy tutgan yo'lini xalq ko'zidan shunaqa usullar bilan yashirib turadi. Uni e'lon qilingan islohotlarning olg'a siljishi emas, shon-shuhratga burkanib, “mazza qilib yashab qolish” – vaqtning cho'zilishi ko'proq qiziqtiradi. U kekirdagigacha qarzga botgan kimsaga o'xshaydi. Xavf-xatarning ulkanlashib va yaqinlashib kelayotganini ko'rib turgan bo'lsa ham, ham zimmasidagi qarzni hech qachon bermaslikka ham erkin nafas olishga tirishadi. Chunki, u qarzni qaytaraman deb olmagan, to'g'rirog'i chuqur va puxta o'ylangan firibgarlik usuli bilan o'margan. U qarz ko'tarish uchun o'n yillar o'zini o'tga ham, cho'qqa ham urgan, atrofidagilarning moli, joni hisobiga boy bo'lgan sudxo'rning o'limini sabr va matonat bilan kutgan – mustabid qarshisida ajdarhoning xalqumida turgan luqmadek turib, shu kunlar uchun u o'zini har kun o'limga mahkum etgan. U shu kunlarga etib kelganining bir mo''jiza ekanligini yaxshi biladi. Tirik qolganining mukofoti o'laroq mamlakatni o'z-o'ziga in'om etishida, u uchun chuqur mantiq bor. U mamlakatni yolg'iz bitta o'zi idora etishi uchun o'zini to'la haqli deb hisoblaydi. Chunki, uning bitta o'zi kurashib, hokimiyatni qo'lga kiritgan. “Shohanshohlik” tuyg'ulariga chulg'anib, yashash u va atrofidagilar uchun juda ham maroqli. Davlat va millatning manfaatlari oxirgi o'rinlarda keladi. O'zidan keyin nimalar sodir bo'lishi bilan uning ishi yo'q. Istaganida ham u xalq irodasidan kelib chiqib ulug'vor ishlar qilishga hali tayyor emas. U boshidan o'zini bu ishlar uchun tayyorlamagan, u bor kuch-g'ayratini, butun hiyla-nayranggini hokimiyatni qo'lga olish uchun ishlatgan. Bu manzara, o'zini pok va halol ishlar bilan shug'ullanayotganday ko'rsatib, eng ichida “otkat”, ya'ni harom pullarni yuvish bilan shug'ullanayotgan kimsa holiga o'xshaydi.

So'zda qo'llab, amalda hayotga tadbiq etishni istamayotgan islohotlarning amalga oshmasligining aybdorlari deb, esa, xalq ko'ziga prezident atrofidagi “sobatajchi”lar ko'rsatiladi. Ammo, hech qachon ularning birortasining ismi-sharifi aytilmaydi, ular har kun xalq ko'ziga ko'rinish berayotgan bo'lsalar ham, ularning qiyofalariga o'ttiz yildan buyon hech kimning ko'zi tushmagan. Ular jinmi, arvohmi yoxud ko'lankami, buni ham hech kim hech qachon bilmaydi. Biroq, ularning prezidentning ko'zi va qulog'i, o'ng qo'li va chap qo'li – egasining butun istaklarini og'zidan chiqmasdan og'ishmay ijobat etadigan tizimlari ekanliklarini, hamma o'z yuragini his qilgandek his qilib turadi.

Eng dahshatlisi, bu ko'rinmas kimsalar haqidagi gap-so'zlar hukumatga aloqador manbaalar va rasmiy matbuot tomonidan ochiqlanmaydi. Hammasi, “huquqbon”lar, “muxolif” va “muxolifat”ga yaqin deb ko'rilganlar, “O'zbekistonda qonunlar ishlamaydi”, “prezidentning so'zi boshqa, ishi boshqa” deb da'vo qilayotganlar tomonidan yoyinlanadi.

Bizda har doim davlat boshida turgan kimsa haq bo'lib chiqadi. Aybdorni ko'rsatish kerak bo'lganda, bo'shliqni to'ldirish uchun biror kimni topib jinoiy ish ochiladi. Shu bilan eski ishlar go'yo unutilib, yangi jinoyatlar uchun hozirlik boshlanadi.

Ikki tomonni ham kuzatayotgan xalq, har doim shunday bo'lib chiqishini yaxshi bilgani uchun ikki tomonga ham ishonmaydi. Xalq o'z bilganicha tirikchiligi bilan ovora. Mamlakat hayoti va taraqqiyotda hech qanaqa roli bo'lmagani uchun, uning taqdiri va kelajagiga ham beparvo boqadi.

Har kimda, bunaqa vaziyatlar bilan to'qnash kelganda xalq ruhiyatida jasorat – hurlik va ozodlik tuyg'ulari mujassam bo'lsa-da, ma'naviyat va madaniyat, huquqiy bilimlar etarli bo'lmasa, nima bo'ladi degan tabiiy savol tug'ilishi mumkin. Nima bo'ladi, vahshiyliklar sodir bo'ladi. Kuchlilar kuchsizlarni ezadi, irqchilik va mahalliychilikka o'xshash marazliklar avj oladi!

Bu kabilar ro'y bermasligi uchun har bir millatning ziyoli qatlami har zamonda uyg'oq va sergak bo'lishi kerak. Ziyolilar yuqoridagilar va pastdagilarni muvozanatga keltirib turadigan tarozi palalari kabidirlar. Ziyolilarning ta'siri bilinmaydigan har qanday yurtda xayr-baraka bo'lmaydi. Xalq boshi oqqan tomonga qarab yo'rg'alaydi. Davlat boshlig'i og'ziga kelganini gapirishdan toymagani kabi o'zini sulton, ko'lankasini maydon deb his qila boshlaydi. Burchini anglamaydi, mas'uliyat his qilmaydi, hech bir ishni qoyillatib oxirigacha bajarmaydi. Istihola tuyg'usidan mahrum o'laroq, o'zini tiyiqsiz tuta boshlaydi. Oxirida, oyog'i erdan uzilib-uzilib, paq etib yoriladi-da, IAKni olib borib lahatga tiqib kelganlaridek, uni ham olib borib qora erga tiqib keladilar. Qarabsizki, so'ngida hech nima o'zgarmagan. Barcha yaxshi deb ko'rilgan narsalar teskarisidan ko'rina boshlaydi. Butun boshli xalqning boshida turgan kimsa, xalqni tugul, o'z oilasini ham idora qilolmagan bo'lib chiqadi.

So'ngra nima bo'ladi?!

Ruslar dalada qo'sh haydayotgan O'zbekistonning birinchi prezidenti Yo'ldosh otani topib keladilar. Yo'ldosh ota o'zini xalqqa yaqin ko'rsatish uchun ustidagi uvvadasi chiqqan paxtali to'ni ustidan yana bir uvadasi chiqqan paxtali to'nni kiyib, belbog'ini belidan tortib bog'laydi. Boshida g'ijim qo'qoni do'ppi oyog'ida choriq erlari jangga ketgan bevalardan, etim-esirlardan turshak, olma qoqi va bargak yig'ib vagonlarga ortadi-da, uchinchi jahon urushida dushmanga qaqshatqich zarba berayotgan qizil askarlar tomon yo'lga chiqadi.

Ayni o'sha chog'larda, A. Navoiy nomidagi opera va balet teatrida Bernara opaning kanserti o'tayotgan bo'ladi.

…Bernara opa sahnada oyoq uchida kiyikdek, sakrab, bo'kib ichib g'irt mast bo'lgan bir “manyak” mujikdan qochib yuripdi. Mujik kapalakni quvlayotgan mushukdek Bernara opaning har eriga chang soladi, har safar Bernara opa uning quchog'idan ilondek sirg'alib qochib chiqadi. Mujik ovini og'ilxonaning qorong'i burchagiga siqib, uni endi ushladim, deganda, mo''jiza ro'y beradi. Kiyikdek osmonga sakragan Bernara opa ikki oyog'ini ikki yonga kerib, havoda shipagat ochadi. Yuragi bo'g'ziga tiqilgan mujik ham imkonni boy bermay, ustoz aytganidek, “opaning ikki chotining qoq o'rtasidan changallab”, boshi uzra bir qo'lida dast uni osmonga ko'taradi-da, butun sahnani aylanib chiqadi. Televizirdan tomosha qilayotgan o'zbek erkaklari, mujikka “bezi bor ekan, qandingni, ur, o'g'il bola!” desa, ayollar Bernara opaga, “Yuzingga o't bosilmay, o'l, megajin. Erkaklarning yuzini ochding!” deya, orqavorotdan luqma otadi. (Ayollarimiz erkaklarimizdek madaniyatli va zukko emaslar-da. Dunyo san'ati gultoji bo'lmish opera-balet teatirini tushunmaydilar).

Teatrning maxsus burchagidan yanga bilan kansertni tomosha qilib o'tirgan Usmon ota, zavqlanib ketib, o'rnidan sakrab, turib ketadi. Va “Bravo!”, “Pravo!” deya havoda shipagat ochib, qirq darajali sovuqda muzlagan mushukdek havoda muallaq turgan Bernara opaning chotidan changallab boshi uzra dast ko'tarib yurigan mujikning hunariga tassannolar o'qiydi. Nimalar bo'layotganini haligacha tushunmay zalda shamday qotib o'tirgan tomoshabinlar, Usmon otani gulduros qarsaklar bilan olqishlashga tushadilar. Qo'riq erlar ochib, bepayon vatanimizga arzon va sifatli paxta etkazib berishning ishtiyoqida yonadilar…

Kansert tugab hamma ko'chaga chiqqanda, Gugusha O'zbekistonning butun boyliklarini imi-jimida o'marib, xorij banklariga joylashtirgani ma'lum bo'ladi. O'zbekistonning o'rnida esa dov-daraxtlari qurigan bir bog' paydo bo'lib qolgan. Bir zamonlar bulbullari va sarxil mevalari bilan olamga dong taratgan bu so'lim bog' bog'bonsiz. O'rtada urniqqan kursi ustida Nikolay zamonidan qolgan g'arib bir patefon, patefon plastinkasi aylanib yotgan bo'lsa ham sas-sadosi chiqmaydi…

Butun tomoshabinlar hayratdan til tishlab turganida, ichkaridan mujik bilan Bernara opa qo'l ushlashib chiqadi, va: Rus og'alarimizni yordamga chaqiraylik, O'zbekistonning birinchi prezidenti Yo'ldosh otani topib, kelsinlar, deydi. Shunda, olomon ichidan allakim, “Yo'ldosh ota, o'lib ketmaganmi?” deya so'raydi. “Yo'q!” deydi, Bernara opa. “Bu yurtda bitta Yo'ldosh ota o'lsa, erdan yuzta bo'lib ko'karib chiqadi” deydi.

Bu so'zlar patefonga yoqadi, shekilli: “Savetlar davrida quvnoq – boy edik, Daryolar bo'yida suvga zor edik…” degan eski qo'shiq boshlanib ketadi…

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube