O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Mamlakat prezidenti bo'lishni rad etgan yozuvchi yoxud Chingiz Aytmatov qanday ota edi?

Mamlakat prezidenti bo'lishni rad etgan yozuvchi yoxud Chingiz Aytmatov qanday ota edi?
20 Mayıs 2019 - 8:00 'da yuklandi va 458 marta o'qildi.

MAMLAKAT PREZIDENTI BO'LIShNI RAD ETGAN YoZUVChI
YoXUD ChINGIZ AYTMATOV QANDAY OTA EDI?

Buyuk va zabardast yozuvchi Chingiz Aytmatovning avlodlari bugungi kunda qanday yashashayapti? Bu haqda biz mohir klassikning kichik o'g'li Eldar Aytmatov bilan suhbat qurdik.

***

Chingiz Aytmatovning to'rt farzandi bor edi: birinchi nikohidan ikki o'g'li – Sanjar va Askar, ikkinchi nikohidan esa – qizi Shirin va o'g'li El'dar. El'dar oiladagi eng kichik farzand, doimo ota-onasining yonida bo'lgan va hozir ham onasini parvarish qilayapti.

– Biz katta akalarimiz bilan doim suhbatlashardik, – so'zlaydi El'dar. – Ular biznikiga mehmonga kelishardi, hattoki, otam xorijda ishlaganida ham. Biz, hozir ham aloqalarni uzmaymiz. Eng kattamiz Sanjar Moskvada yashaydi, uni kamdan-kam ko'ramiz, ammo telefon orqali gaplashib turamiz. Uning o'z biznesi bor. O'rtancha akam Askar Qirg'izistonning tashqi ishlar vaziri bo'lgan, ammo mazkur lavozimdan ketgach, “Chingiz Aytmatov nomidagi Issiqko'l forumi” jamoat fondini boshqardi. Bishkekda yashaydi, shu boisdan, ancha tez-tez ko'rishib turamiz. Tug'ishgan opam Shirin bilan juda yaqinmiz. U Jogorki keneshda deputat bo'lgandi, hozir siyosatni tark etgan, ikki qizini tarbiya qilmoqda. Uning ham o'rtacha o'z biznesi bor, hozir u oilasi va o'z ishlari bilan band. Men rassom va dizaynerman, 2000 yili otam tashkil etgan “Chingiz Aytmatov Xalqaro fondi”ni boshqaraman.

Aytmatovning olti qiz nabirasi bor – akalarim va opamning qizlari va ikki o'g'il nabirasi – mening o'g'illarim. Yana ikkita evarasi bor – Sanjarning qizi farzandlari. Haqiqatan ham, otam hayotligida faqatgina katta nabiralariga bir muncha vaqt mehr berishga ulgurgan, mening hamda Shirinning farzandlari uning o'limidan so'nggina dunyoga kelishgan. Aytmasam bo'lmaydi, meni hali Cholpon ismli o'gay opam bor – u onamning birinchi nikohidan bo'lgan qizi. Ota-onam oila qurishganida, u balog'at yoshida bo'lgan. Otam uni ham juda yaxshi ko'rardi. Ayni vaqtda u Londonda yashayapti, o'g'li ulg'ayapti. Chindan ham Aytmatovlar katta oiladan iborat.

***

Men uchun Chingiz Aytmatov birinchi navbatda OTAM edi. Yillar o'tgan bo'lsa-da, shubhasiz, u o'ziga xos inson bo'lganini fahmlay boshladim, barcha unga va bizga doimiy diqqat-e'tibor qaratar edi. Yodimda, bolalik chog'larimda shunday voqea bo'lgandi. Biz mashinada borardik, yonimizda hukumatdan allaqanday inson bor edi. U burilib mendan “Bilasanmi, mamlakatimizda eng katta inson kim?” deya so'radi. Men shu ondayoq o'sha vaqtda Qirg'izistonni boshqargan Oliy sovet raisining familiyasini aytdim. O'sha inson kulib yuborib dedi: “Eng muhim inson – bu sening otang”. Men juda hayron bo'ldim. Biz uyga etib kelganimizda, otam meni maqtab, men to'g'ri javob qaytaganimni ta'kidladi.

Meni barcha vaqt bizning dongdor familiyamiz ta'qib qilar va bu bilan hisoblashishimga to'g'ri kelardi. Noxush pallalar ham bo'lgan. Boshlang'ich maktabda o'qib yurganimda, ortimdan otamning xizmat mashinasi kelardi. Biz shahar atrofida yashardik va men uygacha bemalol, mustaqil etib borolmasdim. Shu sababli, sinfdoshlarim meni boy deb atashardi, bu Sovet davri uchun ko'ngilni og'ritadigan laqab edi. Bizga, shubhasiz, havas qilishardi. Biroq menga barchasiga faqatgina otam sababli erishganimni aytishmasdi. Ehtimol, opam parlamentda deputat bo'lganida shunga o'xshash so'zlarni eshitishiga to'g'ri kelgandir yoki akamlarga, axir Askar vazir, Sanjar esa Qirg'izistonning Moskva va Evropadagi maxsus vakili bo'ldi. Ammo Shirin otamning o'limidan so'ng deputat bo'ldi, o'ylashimcha, gapirish g'alati, bularning barchasi otamning xizmatlari edi.

Menga hech qachon jiddiy ravishda siyosatchi bo'lishni taklif etishmagan, biroq aftidan, bu yo'lni tanlamagan bo'lardim. Otam doim bu shug'ullanishga arziydigan ish emas, deb aytardi. Uning o'zi Sovet ittifoqi qulaganidan so'ng undan qirg'iz xalqi prezidentlik lavozimini egallashni iltimos qilganida buni rad etgandi. Shunda qanchalar g'azablangandim-a! Menga otam rozi bo'lishi kerakdek tuyulgan, Aytmatov o'z xalqi uchun ko'p yaxshi ishlarni qilishga qodir, deb hisoblaganman. Hozir u to'g'ri ish qilganini tushunayapman. Agarda prezident bo'lganida, unda hayotdan ancha oldinroq ketgan bo'lardi, negaki, juda muloyim va ta'sirchan inson bo'lgan, barchasini yuragiga yaqin olardi.

Shubhasiz, hayotimizda otamning siymosi hal qiluvchi o'rin tutganini tushunaman. Hozirga qadar oddiy odamlar Aytmatovning oilasiga katta hurmat-izzat bilan munosabatda bo'lishlarini his qilaman, otam ular uchun – xalqimizning timsoli edi.

Aytmatov qanday ota bo'lgan? Juda mehribon va g'amxo'r. U doimo juda band bo'lgan, ammo shunga qaramay bizlar va opamga ko'p vaqtini ajratardi. Ijod qilib o'tirganida, uning yoniga sekingina kirib o'tirardim va rasm chizardim. Otam shunchaki divanda yotgani va tanballik qilganini eslolmayman. Biz hatto hech qachon oilaviy istirohat qilishga yo'l olmaganmiz. Qachonki uni chet elning allaqaeriga jo'natishsa, otam bizni o'ziga hamroh qilib olardi hamda bu bizning ta'tilimiz bo'lardi. U bizga “Manas”ni yoki o'zi o'ylab topgan ertaklarni o'qir yoxud hikoya qilib berardi. Goho o'qish vaqtida uyquga ketib qolardi (shunchalik holdan toyib), biz esa opam bilan uni uyg'otib, iltimos qilardik: “Yana. Yana. Yana”. Ota-onam xat-savodimiz uchun juda qayg'urishgan. Men ingliz tili yo'nalishidagi maktabda, keyinroq esa Moskvaga ko'chib kelganimizda markaziy musiqa maktabida o'qiganman. Skripka, fortepiano chalardim. Ammo baribir rassom bo'ldim.

***

Biznikida har doim ko'plab qiziqarli insonlar mehmon bo'lardi. Ularning ko'pchiligini chindan eslolmayman, negaki, bunga ahamiyat bermaganman. Otam Lyuksemburgda elchi bo'lganida, biznikida Mstislav ROSTROPOVICh mehmon bo'lgandi, u bu vaqtda allaqachon G'arbda yashardi. Men skripka chalardim, opam esa – fortepiano. Mehmonlar oldida chiqish qilishimiz ota-onamga juda yoqardi. Bir kuni Rostropovich men uchun o'ziga xos mashg'ulot o'tkazdi: avvaliga u violonchelda (skripkasimon katta musiqa asbobi), so'ngra men – skripkada chaldim, shunda u menga nimadir maslahat berdi, xatoimni tuzatdi.

1986 yili otam o'tkazgan Issiqko'l forumida Qirg'izistonga butun dunyodan shoirlar, yozuvchilar, faylasuflar va mutafakkirlar kelishardi: amerikalik nasrnavis Jeyms BOLDUIN, dramaturg Artur MILLER, turk yozuvchisi Yashar KAMOL, mashhur britaniyalik aktyor Piter USTINOV, Nobel' mukofoti laureati, frantsuz Klod SIMON… Biznikida afsonaviy Gabriel' Garsiya MARKES, italiyalik stsenariynavis Tonino GUERRA va Mikelanjelo ANTONIONI mehmon bo'lardi. Men faqatgina ularning atrofida yugurib yurganim, ular stol atrofida o'tirishganida esa o'ynab o'tirganimni xotirlayman. Hattoki, bularning barchasi tasvirga tushirilgan allaqanday oilaviy video ham bor. Hozir buni ko'rish o'zimga qiziq tuyuladi.

Maktab o'quvchisi bo'lgan davrlarimda otam meni o'zi bilan bir necha bor Berlin kinofestivaliga olib borgandi. U erda ham biz uchratgan ko'plab yulduzlar bo'lgandi. Bu odamlarning kim bo'lganini tag'in anglab etolmadim. Gollivud aktyori Morgan FRIMAN va ital'yan rejissyori Bernardo BERTOLUChChI biz bilan bir mashinada bir kinoteatrdan boshqasini ko'rib chiqishardi. O'shanda men tarjimon rolini bajarardim, otam esa bu odamlar bilan xotirjam suhbatlashardi. Otamga yordamlashayotganim yoqardi. Keyinroq esa, ulg'ayganimda, otamga nafaqat tarjimon bo'ldim, balki haydovchi, kotib va har joyda unga hamroh bo'lib yurardim. Otam doimo odatiy sharikli ruchkada yozarda. Unga tez-tez allaqanday qimmatbaho nusxalarini hadya etishsa-da, hattoki, ularning ikkitasi tillodan edi, ammo u ulardan tamoman foydalanmasdi. Ko'pincha otamga xat-xabar yozib turishida komp'yuterda javob maktublarini terib ko'maklashardim. Umrining so'nggi kunlariga qadar uning oldida bo'ldim – bu eng ulkan baxt edi. Aftidan, bu borada akalarim va opamga nisbatan ko'proq mening omadim chopgan.

***

Umrim davomida bizning oilamiz juda boy bo'lganini ko'p eshitganman. Bir kuni gazetada otam Qirg'izistonga o'zining shaxsiy “Boing”ida uchib kelgani haqida yozilgan xabarni o'qib qoldim. So'rayman undan: “Nahotki bizda samolyot bor?” U esa javob o'rniga kuladi. Haqiqatda ham otam ikki chegaraga tutashgan viloyatlardagi qirg'izlar va o'zbeklar o'rtasidagi qonli yovgarchiliklarga barham berish va ularni tinchlantirish uchun harbiy samolyotda Moskvadan O'shga shoshilinch ravishda uchgan. Odamlar siyosatchilarga bo'ysunmay qolishsa, u tez-tez tinchlik o'rnatuvchi shaxs bo'lib, olomon oldida chiqish qilardi. Ular Aytmatovni juda hurmat qilishardi.

Otam umuman uddaburon inson bo'lmagan – mualliflik huquqlarini shunchaki topshirib yuborardi. Ba'zi nashriyotlar bilan bugungi kunga qadar otamning ijodidan noqonuniy foydalanishni to'xtatishlarini so'rab kurashib kelaman. Masalan, yaqinda Shri-Lankada “Jamila” qissasi bo'yicha serial olishayotganini bilib qoldim. U erga bu haqda yozgandim, ammo bari behuda.

Biz doim otam mehnati evaziga topilgan pullarini bizning ta'lim olishimizga sarf etganini gapirib yuramiz. Barchamiz Moskvada o'qidik, keyin xorijda – AQSh, Buyuk Britaniya, Turkiya va boshqa mamlakatlarda, bularning bari sobiq ittifoq davrida yuz bergandi. Masalan, opam besh yoki olti tilni biladi – hatto aniq yodimda yo'q. Barchamizning ma'lumotimiz a'lo darajada. Uning o'zi esa hayotda juda o'rtamiyona umrguzaronlik qilgan, hech qanday kollektsiya to'plamagan, qimmmatbaho buyumlarni xarid qilmagan, uyda ham sal bo'lmasa, zohidona hayot kechirgan, uni moddiy manfaatdorlik qiziqtirmagan.

***

Bir safar Qozog'istonda bo'lganimda, menga Aytmatov – qozoq yozuvchisi, chunki uning onasi – qozoq ayoli (aslida esa u tatar edi) deb aytishdi. Ammo buni eshitish juda yoqimli edi va qozog'istonliklar hozir ham unga xuddi o'zlarinikidek munosabatda bo'lishda davom etishlarini xohlardim. Qanchalik ko'p xalq mening otamni milliy adabiyotlarining klassik adibi deya hisoblashsa, bu shunchalik uning ijodiyoti uchun a'lodir. Biz avvallari mamlakatingizda tez-tez kelib turardik. Otam sobiq ittifoq davrida har doim uchta shaharda yashardi: Moskva, Bishkek va Olma-Ota. Men avvalgidek, sizlarnikiga kelishni yoqtiraman. Chunki Aytmatov – Qozog'iston xalq yozuvchisi, uning shunday unvoni bor. U qozoq xalqi va uning madaniyatini juda sevardi. Men mamlakatingizda unga nisbatan xuddi avvalgidek – uning asarlarini qo'ldan qo'ymay o'qishganlaridek munosabatda bo'lishlarini juda xohlagan bo'lardim.

Chingiz Aytmatovning o'g'li bo'lish nimani anglatadi? Bu katta mas'uliyat. Otamning xotirasi va uning barcha o'quvchilari oldida mening burchim shundan iboratki, uning kitoblarini keyinchalik ham nashr ettirishim, merosini saqlashim zarur. MDH davlatlarining maktablari dasturiga uning ijod namunalari kirishini juda istardim. Hattoki o'zimizda, Qirg'izistondagi maktablarda ham uning ijodiyotini unchalik ko'p o'rganishmaydi, faqatgina qisqa tarjimai hol, qisqa hikoyalar o'rin olgan. “Aytmatovshunoslik” fanini yaratish g'oyasi bo'lgandi, biroq, mening fikrimcha, alohida darslik sifatida kiritish zarur emas, shunchaki ko'proq uning asarlariga e'tibor qaratish lozim. Hozir biznikiga – Uy-muzeyimizga Qirg'izistondan, Qozog'istondan otamning o'quvchilari sevimli yozuvchisi qanday yashagani, qaerda ijod qilganini ko'rish maqsadida kelib turishadi. Ammo bir paytning o'zida biznikiga maktab o'quvchilari kelib, so'rashadi: “Kim u Aytmatov? Hofizmi? Shoirmi?” Evoh, yangi avlod uni deyarli bilmaydi. Hozir biz joriy yilda otamning 90-yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko'rayapmiz. Uning asarlarini nashr etishni xohlaymiz, ularning ba'zilari hali nashr etilmagan, uning ertaklari to'plam holida dunyoni yuzini ko'radi. Bu kabi barcha loyihalarga mablag', davlatning va uning muxlislari ko'magi kerak, xolos. Ayni dam shu ishlar bilan shug'ullanayapman. Qachon o'zimni yomon his qilsam, otamning kabinetiga kiramanu uning borligini his etaman va u bilan xayolan suhbat quraman…

Oksana AKULOVA,
Olma-Ota
Rus tilidan Azizbek NOROV tarjimasi

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube