O’zbekiston Xalq Harakati

Erk istab…

Erk istab…
20 Mayıs 2019 - 9:00 'da yuklandi va 271 marta o'qildi.

 

 

ERK ISTAB…

Quturgan bo'riday uvillar kecham,
Baland shotilardan irg'ishlar shamol!
Jaloliddin qonga belangan kuni,
Shu yanglig' tundlashgan bu ko'hna Turon.

Xo'rlikdan bu tanim quroqdir, quroq,
Qalbim dengizida hayqirar to'fon.
Har tukumda bitta daryo bor, desam,
Masxara qilmagil, g'animim, inon.

To'marisning o'tli nigohlarini,
Nechun yashirmishsan ko'zimdan, osmon.
Bulutlar bag'rini yashinday yirtib,
Jon chekib borurman men onam tomon.

Ko'nglimiz ko'ngilga ersa-da yaqin,
Ming birga ajratgan bizni bu zamon.
Zamonlar ko'ksiga tarang tortilgan,
Erk istab uzilgan men yangi kamon!

Quturgan bo'riday uvillar kecham,
Baland shotilardan irg'ishlar shamol!

Islom Xolboy
“Hijron azobi” She'rlar kitobi, 
Toshkent, “Yozuvchi nashriyoti”, 1998 yil

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort