O’zbekiston Xalq Harakati

Ibn Arabshohning Amir Temurga bergan bahosi

Ibn Arabshohning Amir Temurga bergan bahosi
20 Mayıs 2019 - 10:00 'da yuklandi va 371 marta o'qildi.

Amir Temur haqida nafrat va alam to'la satrlar yozgan Ibn Arabshoh ham uning «ikki ko'zi bamisoli ikki sham bo'lsa-da, shodligi bilinmas, yo'g'on ovozli edi; u o'limdan qo'rqmas, yoshi saksonga (etmishga-Sh.O'.) etgan bo'lsada, iztirobsiz, vazmin, badani to'la va pishiq, xuddi zich qalin tosh misoli qattiq edi.

U hazil-mazah va yolg'onni yoqtirmas, o'yin-kulgiyu ko'ngil hushlikka maylsiz, garchi (so'zda) o'ziga ozor etadigan biron narsa bo'lsa hamki, sadoqat unga yoqar edi. U (bo'lib) o'tgan ishga aziyat chekmas va o'ziga hosil bo'ladigan (yutuq)dan shodlanmas edi. Uning majlisida uyatsiz so'zlar, qon to'kish, asir olish, nahbu g'orat qilish va haram (haqi)ga haqorat gaplar bo'lmasdi.

Temur qo'rqmas, shijoatli, botir kishilarni itoat qildiruvchan bo'lib, jasoratli kishilarni, dovyurak va mardlarni yoqtirar edi.

U betakror (nishonga uruvchi) fikrli, ajoyib farosatli, mislsiz (darajada) baxtli, ulug'vorligi (o'ziga) muvofiq, qat'iy azm bilan so'zlovchi, (boshiga) kulfat tushganda ham haqgo'y kishi edi. U (birovdan) bir gap eshitganda dalil talab qiladigan, zimdan qarash va ko'z ishoratlarini sezadigan idrokli kishi edi. U sinchkov bo'lib, yuz beradigan barcha ishni ko'rib-bilib turar edi. Uning nazarida aldovchining aldovi yashirinib qolmas va firibgarning firibi o'tmas, o'z farosati bilan haqgo'y va yolg'onchini ajratar edi. O'z ziyrakligi tajribasi bilan chin (haq) nasihatgo'ydan soxta (nasihatgo'yni) idrok etar; o'z afkori bilan sal bo'lmasa uchar yulduzni to'g'ri yo'lga boshqarar, o'z farosati va mulohazalari bilan har bir bexato sayyora o'qini o'z orqasidan ergashtirar edi ,- deb uning to'g'ri tug'ma hukmdorlik salohiyatiga katta baho bergan edi.

Muarrihning fikricha, biror ishni boshlasa «u undan aslo qaytmasdi yoki biror narsaga qasdlansa, beqarorlik, engiltaklik va sustkashlikka mansub bo'lmaslik uchun o'z qat'iyati jilovini u narsadan sira burmasdi» .

Ibn Arabshohning Amir Temurga bergan bahosi.

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort