O’zbekiston Xalq Harakati

Amudaryo xazinasi”ning dunyoni “sayr qilish tarixi”

Amudaryo xazinasi”ning dunyoni “sayr qilish tarixi”
21 Mayıs 2019 - 7:00 'da yuklandi va 368 marta o'qildi.

“AMUDARYo XAZINASI”NING DUNYoNI “SAYR QILISh TARIXI”. UNING TAQDIR ChORRAHALARIDAN AYLANIB BRITANIYa MUZEYIGA BORIB QOLISh TARIXI

Ayrim saytlarda bu xazinaning qanday topilgani va qaerdan kelib chiqishi to'g'risida batafsil ma'lumotlar berilgan. Bundan 130 yil oldin Hindiston bozorlari va antikvar buyumlar sotiladigan do'konlarda g'ayrioddiy, bu erlarda uchramaydigan tilla buyumlar paydo bo'lgan. Aytishlaricha, bu buyumlarni uchta buxorolik savdogar (Vazi ad-Din, G'ulom Muhammad va Shukur Ali), olib kelib Ravalpindi va Peshovar (hozirgi Pokiston) bozorlarida sotib ketishgan ekan.

Undan oldin, juda ajabtovur, «1001 kecha» ertaklariga xos voqealar sodir bo'lgan. Savdogarlarning aytishicha, bu xazinani ular oddiy dehqonlardan sotib olishgan ekan. Amudaryoning yuqori oqimida, Kafirnigon va Vaxsh daryolari Amudaryoga qo'shilgan joylarda, shimoliy sohilda bir eski qal'a harobalari bor ekan. Shu xarobalarni goh daryo suvlari bosib gohida yana qaytib ketar eqan. Dehqonlar bu xazinani o'sha erdan, suv qaytgan mavsumda topishgan ekan. Savdogarlar oltinlarni sotib olib Peshovar tomon yo'l olishgan.

Kabul shahridan Peshovarga boradigan yo'lda qaroqchilar qo'liga tushib barcha mol-davlatlaridan ayrilganlar. Nima qilishlarini bilmay shu joylarda joylashgan Britaniya harbiylariga murojaat qiladilar. Ularning arzlarini kapitan F.Barton qabul qiladi va darhol qaroqchilarning iziga tushishni buyuradi. Qaroqchilar yarim tunda, qatta g'or ichida tillalarni talashib turgan paytlarida qo'lga tushiriladi. Ular xazina oltinlarini qaytarib berishadi. Xazina o'z egalarining qo'liga qaytadi, faqat bitta bilak uzukni kapitan Bartonga minnatdorchilik tarzida hadya qilinadi. Qolgan tillalar Peshovar va Ravalpindi bozorlarida sotiladi.

Xazina to'g'risida kapitan Bartonning raportidan habar topgan general-mayor A. Kenningem va noyob topilmalarga qiziqadigan do'sti E.U.Frenk bu xazina buyumlarini izlay boshlaydilar va deyarli barchasini yig'ib olishga erishadilar. Shu tariqa Amudaryo xazinasi Britaniya muzeyiga junatiladi.

Xazina buyumlari arxeolog-olimlar tomonidan bir necha bor o'rganib chiqilgan, ularning kelib chiqishlari, qaysi davrga va qaysi madaniyatga doir ekanligi aniqlangan. O.Dalton tomonidan “Amudaryo xazinasi” deb nomlangan katalog ro'yxati tuzilgan. E.V. Zeymal', E.E. Kuz'mina, P.M. Girshman va M I. Artamonov kabi olimlar ilmiy ishlarida o'z fikrlarini bildirganlar. Ularning taxmin qilishicha, bu buyumlar uzoq muddat davomida yig'ilgan bo'lib qaysidir diniy ehrom – ziyoratgohda, boy-badavlat odamlarning xayriya-ehsonlari evaziga paydo bo'lgan. Bu buyumlarning ayrimlari AxAmoniylar davri va madaniyatiga tegishli bo'lsa, boshqalari Yunon-Baktriya madaniyati, Skiflar madaniyati, Markaziy Osiyo va Sibir xalqlari madaniyatiga tegishli deb topilgan.

Ammo ilmiy tomondan puxta o'rganilganligiga qaramay bu xazinaning manbasi, ya'ni topilgan joyi rasmiy ravishda tan olingan emas, negaki hech qanday isbotlovchi rasmiy hujjatlar yo'q. Shuning uchun xazinaning asl manbasi noaniq hisoblanib, uning o'z madaniy merosi deb da'vo qiluvchi Afg'oniston, Tojikiston va O'zbekiston davlatlarining qay biriga tegishli eqanligi aniqlanmagan. Qanday bo'lganda ham Amudaryo xazinasi umuminsoniy qdriyatga ega dunyo xalqlari va shu jumladan Markaziy Osiyo xalqlarining bebaho merosi xisoblanadi.

Ayni kunlarda ushbu xazina Londondagi Britaniya muzeyida saqlanmoqda. Uni tomosha qilish uchun yiliga 5 mln. odam dunyoning turli burchaklaridan kelib ketadilar.

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort