O’zbekiston Xalq Harakati

Yaxshilar borligi kishiga umid bag'ishlaydi

Yaxshilar borligi kishiga umid bag'ishlaydi
20 Mayıs 2019 - 10:47 'da yuklandi va 492 marta o'qildi.

“Rahmat sizga melisa aka!”

“Bemahalda qilingan qo'ng'iroq ovozidan cho'chib ketdim. Qarindoshimni titroq ovozidan bir narsa bo'lganini sezdim. “Tinchlikmi?”, dedim. Jiyanim “tezda “Ekstrinniy”ga etib keling”, dedi. Yurak shuv etdi. “Kim?”, deyishimga qaramay go'shakni qo'ydi.

Tarobidan kelib uyda o'tirgan edim. Tezda kiyinib yo'lga tushdim. Etib borganimda eng yaqin qarindoshim, akam, qarindoshlarim ichida eng husni-xulqli, haqiqiy musulmon inson insult bo'lganini bildim.

Yaqinlari va farzandlari bilan birga tarobiga chiqibdilar. Farz va sunnat o'qilib, tarobi boshlanibdi. Namozga birga chiqqan yaqinlari va farzandlari oldi saflarga o'tib ketishibdi. Orqa safda tarobini o'qiyotgan akamni birdan mazalari qochgan. Sajdadalik holatlarida yonga yiqilibdilar. Hamma namozda bo'lgani uchun e'tibor qilmaganmi, xullas, orqada turgan melitsiya xodimlari yugurib kelib, ko'tarib olib chiqib, zudlik bilan “Tez tibbiy yordam” kasalxonasiga olib kelishibdi. Shifokorlar reanimatsiya bo'limiga olib, tezda birinchi yordamni ko'rsatishibdi. Shifokorlar zarur dorilarni olib kelish uchun dori retseptini kimga berishni bilmay turganlarida, melitsiya xodimlaridan biri, retseptni olib, kerakli dorilarni olib kelib beribdi.

Voqeadan bexabar tarobiga birga kelgan yaqinlari namozni o'qib bo'lib, akamni qidira boshlashibdi. Shifoxonada reanimatsiya bo'limiga olib-kirib ketishayotganida bir yigit akamni tanib qolibdi. Tezda boshqa bir qarindoshimga telefon qilib, voqeani bayon etibdi. Shu tarqida sovuq xabar menga ham etib kelgan. Biz etib borganimizda melitsiya xodimlari ketib bo'lgan, shifokorlar kerakli yordamni ko'rsatib bo'lgan edi.

Biz qarg'aydigan, doimo bizga zulm etkazadigan organ xodimlari ichida mana shunday insonlar borligidan juda hursand bo'ldim. Melitsiya xodimlari sabab, bir inson hayoti saqlanib qoldi (shifokorlar o'n minut kech olib kelganlaringda – miyyasiga qon quyilar edi, dedi). Yana ham hursand bo'larli jihati, melitsiya xodimi o'z yonidan dorilarni olib bergani meni hayratga soldi. Qarindoshlar bilan birga o'sha insonlar haqiga duo qildik.

Akam haqida qisqacha aytadigan bo'lsam: uch farzandni otasi, o'g'illarini go'zal xulq bilan tarbiya qilayotgan, silayi-rahimni joy-joyiga qo'yadigan, men tanigan insonlar ichida ota-onasiga eng muruvvatli, bir so'z bilan aytganda – chin musulmon, chin mo'mindir. Hozirda koma holatida qolmoq-da. Umid Allohdan. Shifokorlar qo'lidan kelganini qilib bo'ldi.

Postni yozishdan maqsad, avvalo akamni haqilariga duo qilishlaringni iltimos qilaman. Qolaversa, akamga yordam ko'rsatgan melitsiya xodimlariga minnatdorchilik bildirish va haqiga sizlardan duo so'rashdir.

Qaysi soha bo'lmasin yaxshilar borligi kishiga umid bag'ishlaydi.”

Sayyid Islom

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort