O’zbekiston Xalq Harakati

Gapir, Turkiston

Gapir, Turkiston
20 Mayıs 2019 - 14:17 'da yuklandi va 700 marta o'qildi.

 

 

GAPIR, TURKISTON

Roppa-rosa ming yildan buyon
Ro'za tutib, og'iz ochmagan hamon
Turk sarkardasi –
Tiyonshon.

Ming yil  davomida u emagan non,
Uning  nasibasi-ming yillik  uvol –
Tuzga to'lib borayotgan tuzdon –
Orol.

Sarkardaning go'zal qizi o'tloqda
Oq ilonni  bosib, deganida «Voy!»
Chiqqan tovush, kumushrang halqa –
Oy!

O'tloqqa shitirlab singib borayotgan,
Bebaxt Osiyodan kochayotgan mangu
Bu oq ilon,  muqaddas ilon –
Amu…

Yana «Voy!» dema qiz. Etar bitta Oy.
Og'zing ochma go'zal, etma ovoza.
Faqat otangga ayt: og'zini  ochsin –
Tugadi ro'za!

1987

Muhammad Solih
“Val-Fajr” kitobidan

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort