O’zbekiston Xalq Harakati

Karimov tansoqchilarining sobiq rahbari qamaldi

Karimov tansoqchilarining sobiq rahbari qamaldi
20 Mayıs 2019 - 18:27 'da yuklandi va 693 marta o'qildi.

Bi-Bi-Si radiosining xabar berishicha, 16 may kuni Jinoyat ishlari bo'yicha Toshkent viloyat sudi O'zbekiston Davlat bojxona qo'mitasining sobiq raisi Muidjon Tohiriyni 3 yilu 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etgan.

Bu haqda «Gazeta.uz» nashri o'z manbasiga tayanib xabar tarqatdi.

Nashrning yozishicha, Tohiriy Jinoyat kodeksining 167 (o'zlashtirish yoki rastrata yo'li bilan talon-toroj qilish), 207 (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) va 209- (mansab soxtakorligi) moddalarida ko'zda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan.

Bojxona qo'mitasining sobiq rahbari jazoni manzil-koloniyada o'taydi.

Sobiq mulozimga eng kam ish haqining 400 barobari miqdorida jarima jazosi ham tayinlangan.

Muidjon Tohiriyning hibsga olingan sanasi noma'lum.

O'zbekiston Bosh prokuraturasi bu haqdagi xabarlarni 2018 yil dekabrida tasdiqlagan.

Ammo Prezident Mirziyoev 2018 yil aprelida imzolagan farmonda farmonda bojxona organlarining mansabdor shaxslariga nisbatan prokuratura organlari tomonidan jinoyat ishlari qo'zg'atilganligi va tergov olib borilayotganligi ma'lum qilingandi.

Sobiq mulozim ustidan tergov jarayoni maxfiylashtirilgan.

Tohiriy 2016 yil dekabrida Bojxona qo'mitasi raisi lavozimini egallaguniga qadar MXX (hozirgi DXX – tahr.) raisining o'rinbosari, Prezidentning davlat maslahatchisi (2010-2011) va O'zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov xavfsizlik xizmati rahbari lavozimlarida (2013-2016) ishlagan.

General-mayor Muidjon Tohiriy 2014 yil fevralida sobiq prezident Islom Karimovning to'ng'ich qizi Gulnora Karimovaning uyida o'tkazilgan tintuvga shaxsan rahbarlik qilgani aytilgan.

2014 yil 17 fevralida bu haqda Tvitter mikroblogida xabar qoldirgan @Persona887788 akkaunti Tohiriy reyd chog'ida Gulnora Karimovani urganini da'vo qilgandi.

Shuningdek, Muidjon Tohiriyning Tat'yana Karimovaga yaqinligi ham iddao qilingan.

O'XH axborot bo'limi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort