O’zbekiston Xalq Harakati

Ishsiz va kuchsiz kallada ma'naviyat nima qiladi…

Ishsiz va kuchsiz kallada ma'naviyat nima qiladi…
20 Mayıs 2019 - 23:33 'da yuklandi va 542 marta o'qildi.

Ishsizlik va jinoyatchilik o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri aloqa borligi ilmiy isbotlanganiga 30 yildan oshdi. Bu haqda alohida iqtisodiy nazariya ham yaratilgan. Ammo bizda jinoyat sodir qilgan kimsaning iqtisodiy emas, balki faqat “ma'naviy qashshoq”ligiga urg'u beriladi, xolos.

Ishsiz va kuchsiz kallada ma'naviyat nima qiladi, deydigan odam yo'q. Bunaqa degradatsiya faqat yoshlarmas, o'rta va hatto katta avlodda ham kuzatiladi va bunda ijtimoiy muammolarning roli katta.

Mahallada profilaktika inspektoriga uy qurib bersak va bittadan kitob tarqatib chiqsak, birato'la ham jinoyatchilik barham topadi va ham ma'naviyatimiz yuksaladi, deb ishonamiz. Lekin jinoyat sodir bo'lganda militsiya borib birinchi o'sha joydagi retsidivistni, keyin uyushmagan yoshni fil'trlaydi. Uyushmagan yosh esa uyushgan jinoiy guruh a'zosi bo'lib chiqadi. Ya'ni huquq-tartibotdagi amaliyotda ijtimoiy muammolar bilan jinoyatchilik o'rtasidagi aloqa e'tirof etiladi. Faqat butun amaliyot shu bilan tugaydi. Yoshlar, ishsizlik va jinoyatchilik bo'yicha ma'nili siyosat avval ham yo'q edi, hozir ham yo'q.

Pahlavon Sodiq

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • Ural ;

    Lekin xalqdan yig’ilgan shuncha bojni keraksiz narsalarga, o’yin-kulgilarga ishlati ishlatish keng tarqalgan. Och qoringa surnay ne hojat degandek ishsiz bu xalqga xokkeyxonaga ne hojat?

    21/05/2019 03:44
istanbul escort