O’zbekiston Xalq Harakati

Rauf Parfini xotirlab

Rauf Parfini xotirlab
21 Mayıs 2019 - 11:35 'da yuklandi va 403 marta o'qildi.

RAUF  PARFINI XOTIRLAB

Kuni-kecha O'zbekiston TVning “Yoshlar” kanalida, O'zbekiston halq yozuvchisi Tohir Malikning hayoti va  ijodi to'g'risida fil'm ishlangan ekan. O'sha fil'mni ko'rib, chuqur uyga tushdim. Ko'z oldimda, shoir, “Erk” kuychisi, Rauf Parfi gavdalandi.

Men fil'mni ko'rar ekanman. Ich-ichimdan ihtindim.

Nahotki, shoir Rauf Parfi, halq yozuvchisi, Tohir Malikcha  bo'la olmasa?!

Nahotki, Rauf Parfini eslash va uning ijodi to'g'risida ikki og'iz iliq so'z aytish shunchalik qiyin bo'lsa?

Nega “O'zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi” tomonidan shoir to'g'risida kechalar tashkil etilmaydi,

haqida fil'mlar ishlanmaydi?

Rauf Parfini internet orqali uning do'stlari va “raufiylar” esga olishmoqdalar. Albatta, shoir Usmon Azimga o'xshagan insonlarning ham boriga shukur, “yuzing va qoshing” demay ijod qilib kelayapti…

Men Rauf Parfini jadidlar Abdullo Qodiriy, Cho'lpon, Fitrat, Avloniylar bilan tenglashaoladigan ijodkor deb bilaman. Chunki, Rauf Parfining kitoblarini o'qigan kitobxon, qanday ijodkor ekanligini tezda anglaydi va chuqur mulohaza qila oladi.

Men qamoqda o'tirganimda, Tohir Malikning ko'p kitoblarini o'qiganman. Uning kitoblari asosan, “halq dardi”ni qalam ostida to'liq yoritolgan deyaolmayman. Chunki, Tohir Malik o'tgan, 60-70 yillar to'g'risida ko'p yozgan. Qaysi o'zbek shoir va yozuvchisining kitoblarini olib o'qisangiz, hammasida bitta gap bor. U ham bo'lsa,  o'tmish to'g'risida so'z boradi. Vaholanki, biz mustaqillikka erishganimizga, 27 yildan oshdi. Nega Tohir Malik mustaqillik davrida bo'lib o'tgan, voqea va hodisalarni o'zi ko'rgandek,  ijod qilmadilar. Ayrim kitoblarida sobiq Sovet Ittifoqi to'g'risida ko'p yozgan. Ammo… Kitobni o'qigan kitobxon, “Tohir aka! Ahir, bu voqea va xodisalar bugun ham yuz bermoqda-ku? Ahir, Siz “qog'oz”ga o'rab-chirmab yozayotgan, masala ko'z oldimizda undanda dahshatli yuz bermoqda-ku? Nega Siz bugungi jamiyatimiz haqida yoritmaysiz?”degan savollar yog'ilib kelayveradi…

Tohir Malikning o'g'it va nasihatlardan iborat kitoblari asosan, Imom G'azzoliy so'zlaridan tashkil topgan. To'g'ri men buni inkor qilolmayman. Chunku, qaysidir ma'noda yosh kitobxonlarimizni ma'naviy va ma'rifiy jihatdan tarbiyalashimiz darkor. Lekin… Dinni inkor qilib turgan o'sha battol, I.A.Karimov tuzumi davrida shu gaplar kerakmi-di?! Yozuvchi uchun, ko'r-ko'rona ko'chirmachilik qilish, shoir va yozuvchiga, mos ish emas deb bilaman. Masalan, Surxondaryolik yosh ijodkor, Anvar Nomozovning, Tohir Malik bilan olib borgan o'zaro gaplari to'g'risidagi kitobini ham olib  o'qidim. Ular ayrim yozuvchi va shoirlarimiz to'g'risida gaplashganlar….

Biroq… Kitobda Rauf Parfi to'g'risida ikki kalom so'z keltirilmagan. O'zbek yozuvchilarimiz va tanqidchilarimizdan, Shukur Xolmirzaev, Usmon Azim, Erkin A'zam, Ozod Sharafiddinov,  Erkin Vohidov, Abdullo Oripovlarning ijodi to'g'risida gap ko'p. Vaholanki, yuqorida nomlari keltirilgan shoir va yozuvchilardan ba'zilari Islom Karimov davrida ta'qib va tayiziqqa uchradilar.

Birgina O'zbekiston halq yozuvchisi, Shukur Holmirzaevning 60 yillik to'yida, I.Karimov unga chopon kiygizayotgan vaqtda, Shukur Holmirzaev, “Hurmatli Islom Abdug'anievich! Men raqibingiz bo'lmish, Muhammad Solihning tarafida bo'lganim uchun, hali  ham meni kechirolmasangiz kerak…” deya, o'z so'zini diktator tirikligida, uning yuziga baralla ayta olgan edi.

Qaysi shoir va yozuvchi mana shunday mard va jasur bo'lib, hech narsadan qo'rqmay,dikatatorga  uning raqibi bo'lmish, Muhammad Solih to'g'risida gapira olgan?

Hozir ham shunday o'tkir qalamli, shijoatli shoir va yozuvchilarimiz  bor-mi?!

Afsuski….

Balki bitta yoki ikkita chiqqan bo'lishi mumkin…

Shukur Holmirzaevning  ham – siyosiy qarashlari tufayli – ayrim kitoblari I.Karimov davrida bosib chiqarilmadi. Bunga uning o'n yil davomida yozgan “Dinazovur” romani misol bo'laoladi…

Karimov davrida yashab ijod qilgan ijodkorlardan yana biri, Rauf Parfini ham o'z zamonasining zabardast shoiri edi!” deyish mumkin. Chunki, u o'z jamiyatida sodir bo'layotgan, alg'ov-dalg'ov davrda ijodkorlar bilan hamnafas bo'lib yashadi. U o'z so'zini she'rlari orqali ayta oldi. Unga nisbatan  qancha ta'qib va tayiziqlar bo'lmasin, bari-bir u o'z so'zi va yo'lidan qaytmadi. Rauf Parfini qaysi kitobini olib o'qimang, kitoblarida albatta shoir, “Erksevarlik”, “Halqparvarlik” “Adolat”  kuychisi sifatida ijod qilgani ma'lum bo'ladi. U xam diktatorning bosh dushmani Muhammad Solihni “Turkistonning daryolaridan bittasi”ga qiyoslashdan tap tortmadi.

Biz ko'pincha Iosif Stalin davrida qatog'on bo'lgan, shoir va yozuvchilarimiz to'g'risida ko'p gapiramizu, nega zamondoshlarimiz Rauf Parfi va Shukur Holmirzaevlarga o'xshagan, shijoatli  shoir va yozuvchilarimiz uchun Toshkent shahrining “Yozuvchilar Uyushmasi” oldida tashkil qilingan, bog'da xaykallar o'rnatilmaydi?!

Axir ular ham, shu o'zbek zaminidan etilib chiqqan vulqonlar-ku.

Kim va qaysi inson ularning vatansevarligi va asarlarini inkor qilaoladi?!

Garchand, ular tiriklik vaqtida o'zlariga xaykallar o'rnatib ketishdi…

Faxriddin Tillaev

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • Ural ;

    Ba’zilar hayotlik davridayoq yaxshi ishlari bilan o’zlariga “haykal” qoldirishadi. Lekin ba’zilar ularga barcha imkoniyatlar berilsa ham uquvi bo’lmagani yoki niyati buziq bo’lgani uchun hayotlik paytida bunday ish qila olmaydi. Shuning uchun u o’tib ketganidan so’ng o’ziga o’xshagan izdoshlari hechdan ko’ra kech deb biror betondan unga haykal qilim qalblaridagi alamlarini bosishadi. Nahotki bir siqim tuproq bo’ladigan biror odam uchun bir beton haykal qo’yishni bir ulug’ ish deb bilasiz?

    23/05/2019 05:48
istanbul escort