O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

O'zbekiston va iqtisod: Investitsiya, innovatsiya, korruptsiya

O'zbekiston va iqtisod: Investitsiya, innovatsiya, korruptsiya
21 Mayıs 2019 - 17:02 'da yuklandi va 674 marta o'qildi.

Marakaga ketayotgandik, bir mahallaqo'm bilan yo'ldosh tushib qoldik. To'satdan mashinaning derazasidan o'ta qo'lansa hid kirib gapimizni bo'ldi.

“Go'ng sepishyaptimi,” deb so'rayman.

“Yo'q, u kanalizatsiya… Ko'p yillardan beri teshilib yotibdi. Ko'chaga oqadi,” deydi amaki. “Aytishlaricha, endi tuzatisharmish, falon milliard so'm ajratildi faqat shu ishlarga bu yildan,” deb qo'shimcha qiladi hamrohim.

Falon milliardlar falon loyihalarga ajratilishiyu, keyin g'oyib bo'lishi xalq orasida ochiq sirga aylanganiga ko'p guvoh bo'ldim. Taksichidan tortib yosh jinyanlarimgacha buni biladi.

“Qanchasi o'g'irlanishi rejalangan?” deb savol tashlayman.

U yalt etib menga qaraydi.

“Eh-heh, he-heheh, eh-heh-heh, he…” Mahallaqo'm o'zini noqulay tutib, kuladi. Qarasa, men kulmayapman.

Savolim jiddiyligini anglagach, javob beradilar:

“Ha endi, ozginasini o'ziga obqoladi-da…”

Bu javob derazadan kirgan qo'lansa hidni yanada boyitdi.

Boshqa bir tumandagi o'qituvchi do'stimning uyiga shu kunlarda mahallaqo'm kelibdi. Mahalla raisligiga saylovlar bo'larmish yaqinda, “siz ham nomzodingizni qo'ying” deb yolvoribdi rasmiy.

“E nima qilaman, baribir men saylashmaydi,” desa, mahallaqo'm hech tortinmay shunday dermish:

“Sizni saylashmaydi albatta, meni saylashadi, ovozlarni boshqalar obketmasin deyapman – siz nomiga nomzod bo'lib bersangiz, bo'ldi!”

“O'h-ho', zo'r-ku, tumaningizda mahallaqo'm saylovlariyam Amerikadagi gubernatorlarnikidek dramatik o'tar ekan-da a? Yaxshi raismi o'zi, mahallada nima ishlar qilgan,” deb so'rasam, do'stim do'mboqqina bosh barmog'ini ikkinchi va uchinchi barmoqlari o'rtasiga tiqib ko'rsatdi.

“Faqat o'g'rilik. Moyli joy. Mahallaning yo'llari bomba tushgandek bo'lib yotibdi. Kanalizatsiya teshilgan, remontga berilgan quvurlar o'g'irlab sotilgan. Bironta ish qilinmagan mahalladagilar uchun,” deydi u qo'l siltab.

Qiziq, mahallaga etib kelguncha nechtasi “Haa endi bizam ozgina olamiz-da” deb qanchasini o'mararkin…

Investitsiya va innovatsiya

Shu kunlarda bir ajoyib kitobni o'qiyapman. U “Buyuk iqtisodchilar: Ularning g'oyalari bugun bizga qanday yordam berishi mumkin” deb nomlangan.

O'tgan yili “Yilning eng yaxshi biznes kitobi” deya tan olingan mazkur kitob muallifi Linda Yueyning o'zi ham taniqli iqtisodchi, Oksford Universiteti professori.

Kitobda, ayniqsa, Jon Meynard Keyns g'oyalari haqidagi “Investitsiya kiritamizmi yo kiritmaymizmi?” va Yozef Shumpeter nazariyalariga asoslangan “Innovatsiyani nima rag'batlantiradi?” sarlavhali boblari mening e'tiborimni tortdi. Chunki, investitsiya va innovatsiya bugun O'zbekistonda eng ko'p qo'llaniladigan so'zlardan bo'lib qolgan.

Keyns va Shumpeter g'oyalari nazariya xolos emas, balki yillar osha rivojlangan mamlakatlardagi iqtisodiy evrilishlarni kuzatish natijasida hosil bo'lgan ilmiy ishlardir. Bu g'oyalarni AQSh, Britaniya, Yaponiya va ko'plab boshqa qudratli iqtisodlar hali ham qo'llashadi.

Ikki olimning bir-biriga zid taraflari mavjud, ammo investitsiya va innovatsiya borasida ularning fikri deyarli bir joydan chiqadi – ya'ni, investitsiya kiritish va innovatsiyani rag'batlantirish birinchi o'rinda hukumatning vazifasidir.

Ayniqsa iqtisod depsinib qolgan vaqtda, Keyns yozishicha, hukumat o'z iqtisodiga ko'proq investitsiya kiritishi kerak. Byudjet qashshoqlashib, zahiralar kamayib, qarzlar ko'payib qolgan taqdirda ham Keyns hukumatlarni mamlakat ichidagi infratilizmaga, kichik va o'rta hajmli bizneslarga sarmoya kiritishga undaydi.

Uning fikricha, investitsiya bilan rag'batlantirilgan sohalar o'zini o'nglab olgach, undan keladigan foyda va soliqlar, hamda paydo bo'ladigan ish o'rinlari yordamida qarzlar alaloqibat qoplanadi. Eng asosiysi, qarz bilan bo'lsa-da, hukumat o'z iqtisodining to'la potentsialini ishga solishi kerak.

Ayni damda, Keynsga ko'ra, hukumat kiritgan investitsiya xususiy (mahalliy va xorijiy) kompaniyalarni ham investitsiya kiritishga rag'batlantirishi mumkin.

Misol uchun, hukumat telekommunikatsiya sohasiga pul kiritib uni yaxshi yo'lga qo'ysa, tez internet va tola tarmoqlarini rivojlantirsa, bu sohaga investitsiya kiritadigan xususiy kompaniyalar ham yaxshi daromad ilinjida o'z sarmoyasini kiritishda davom etadi.

Linda Yuey innovatsiyani tahlil qilar ekan, Yozef Shumpeterning g'oyalaridan Yaponiya va Singapurdek qudratli davlatlarda qanday foydalanilganini tasvirlaydi. Innovatsiya, Shumpeterga ko'ra:

  • Yangi mahsulotni tadbiq qilish. Masalan, iste'molchilarga hali tanish bo'lmagan, yoki tanish bo'lgan mahsulotning yanada sifatli turi;
  • Ishlab chiqarishning yangi usuli;
  • Yangi bozor (yangi sanoat)ni o'ylab topish;
  • Yangi xom ashyo yoki yarim ishlangan mahsulotlar manbaini topish;

Shumpeter “kreativ destruktsiya” degan iboraga asos solgan. Unga ko'ra, muntazam ravishda yuz beradigan sanoat mutatsiyasi, ya'ni yanada yangi va yangi ishlab chiqarish usullari har bir iqtisodni ichidan emiradi va yangisini hosil qiladi.

Xullas, juda qiziq nazariyalar va tajriba. Qiziq kitob…

Ammo, bularning barchasini O'zbekistonda qanday qo'llasa bo'larkin, deb o'ylanaman. Byudjet pullari, xalq puli talon-taroj etilmasligi kafolatlanmagan mamlakatda hukumat yo xususiy kompaniya ajratgan investitsiya ham o'g'irlanmasligiga kim kafolat beradi?

Innovatsion g'oyani amalga oshirish uchun ajratilgan pullar hukumat idoralari zanjiridan loyihaga etib borguncha o'g'irlab tugatilmasligiga kim kafolat beradi?

Investitsiya va innovatsiyani yo'lga qo'yishdan avval korruptsiyaga qarshi kurashni ustivor masala qilib olish kerakdir?

Manba: 

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 2 Yorum )

  • Ural ;

    Ba’zilar hayotlik davridayoq yaxshi ishlari bilan o’zlariga “haykal” qoldirishadi. Lekin ba’zilar ularga barcha imkoniyatlar berilsa ham uquvi bo’lmagani yoki niyati buziq bo’lgani uchun hayotlik paytida bunday ish qila olmaydi. Shuning uchun u o’tib ketganidan so’ng o’ziga o’xshagan izdoshlari hechdan ko’ra kech deb biror betondan unga haykal qilim qalblaridagi alamlarini bosishadi. Nahotki bir siqim tuproq bo’ladigan biror odam uchun bir beton haykal qo’yishni bir ulug’ ish deb bilasiz?

    22/05/2019 05:42
  • Ural ;

    Bir paytda turli narsalarda birinchi bo’lishni eplash qiyin. Bilasizku biznikilar korruptsiya boyicha eng oldingi o’rinlarni hech kimga bermay kelishaypti. Endi ulardan Investitsiya va innovatsiya bo’yicha ham yuqori o’rinlarni talab qilsak ularni qiynab qo’ymasmikanmiz?

    22/05/2019 04:57
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube