O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Xo'rlangan Rauf Parfi

Xo'rlangan Rauf Parfi
21 Mayıs 2019 - 21:28 'da yuklandi va 646 marta o'qildi.

Usmon Ergash

XO'RLANGAN RAUF PARFI

Zo'ravonlikka, qalloblikka, tovlamachilikka, talon-torojga asoslangan davlat mashinasi, aniqrog'i hukmron doiralar hamisha haqiqat ko'ziga tik qarashdan qo'rqqan. Haqiqatni baralla aytadigan odamlarga, asosan davr vijdoni bo'lgan shoir va yozuvchilarga sira ham kun bermagan.

Haqiqatdan kim qo'rqadi, albatta o'g'ri qo'rqadi.

Binobarin, o'g'ri hech qachon to'g'riga kun bermaydi. Ular o'zlari sodir etgan o'g'irliklar, qallobliklar, munofiqliklar, xiyonatlar, sotqinliklar fosh bo'lishidan xavfsirab har qanday to'g'rining yo'liga to'g'anoq bo'lishga, uning og'zini yopishga zo'r beradi.

Biroq oyni etak bilan yopib bo'lmaydi.

Hukmron doiralar ko'ngliga kelgan ishni qilish maqsadida aqlli va iste'dodli odamlarni turli nayranglar, xususan yuqori mansablar, yuksak unvonu mukofotlar bilan o'z tomoniga og'dirib olishga ustasi farang. Binobarin, “O'zbekiston-vatanim manim” deya soxta vatanparvarlik qilgan maddohni ham, “O'zbegim” deya yuzaki qasida yozgan dumbul iste'dodli nazmbozni ham hukmron doiralar o'tgan asrning 70-yillaridayoq turli mansablar va sariq chaqaga ham arzimaydigan mukofotlar bilan o'z tomoniga og'dirib oldi. Ikkisini ham “davlat aravasini tortib borayotgan qirchang'i qari otlari” yoniga sassiq yo'rg'a kabi qo'shib qo'ydilar. Maddoh “shoir” ham, “dumbul nazmboz” ham hukmron doiralarning malayiga aylandi.

O'sha paytlarda O'zbekiston Lenin komsomoli nomidagi davlat mukofoti bo'lardi. Yuqoridagi ikki “yo'rg'a ayg'ir” mazkur mukofot bilan mukofotlandi – yana bir bor qarmoqqa ilintirildi. Boshqa qator “nazmbozlar” ham xo'jako'rsinga shu mukofot bilan taqdirlandi. Sal pichoqqa ilinadigan shoiru shoiralar ham shu mukofotga ega chiqdi.

Bu mukofot faqat Rauf Parfiga berilmadi. Chunki Rauf Parfi iste'dodiga xiyonat qiladigan diyonatsizlar toifasidan emas edi.

80-yillarda hukmron doiralarga sadoqati uchun “maddoh”ga ham, “dumbul nazmboz”ga ham Hamza nomidagi davlat mukofoti berildi.

Rauf Parfi yana mukofotsiz qoldi.

Aksincha, uni siquvga olish, unga zug'um o'tkazish kuchaytirildi.

Chunki O'zbekiston SSRning yuqori martabali rahbari ham respublikada o'tkaziladigan yirik anjumanlarda “katta og'a”ning tilida, o'z ona tiliga “g'ayri tilda” ma'ruzalar qilishini Rauf Parfi o'z isyonkor she'rlaridan birida ayovsiz tanqid qilgandi. Munofiqlikni shior qilib olgan jamiyat haqiqatgo'y shoirni ayovsiz ta'qib qilishni boshladi.

“Maddoh” keyingi o'n yillikda Navoiy nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Mustabidning jarchisi, laganbardori, hamtovoq gumashtasi bo'lgani uchun ko'p o'tmay yana ham yuksak unvonni qo'lga kiritdi. Mustabidga sadoqati, itday vafodorligi uchun, u bilan birga xalqning qonini ichgani uchun; iste'dodiga, xalqiga xiyonat qilgani uchun “xizmati” munosib taqdirlandi.

Rauf Parfi yana quruq qoldi.

Rauf Parfining 80-yillarning ikkinchi yarmida chop etilgan, o'zbek she'riyatida inqilob yasagan “Sabr daraxti” she'rlar to'plami biron-bir davlat mukofotiga loyiq ko'rilmadi. Muxlislarining astoydil aralashuvi bilan Rauf Parfiga 90-yillarning oxirlarida O'zbeksiton xalq shoiri unvoni berildi.

“Xalqimga zulm qilayotgan hukumatdan bu mukofotni olish men uchun sharmandalik, shafqatsiz haqorat!” deganini eshitgan hukmron doiralarga sichqonning ini ming tanga bo'lib ketdi. Lekin bo'ladigan ish bo'lgan, bo'yog'i sinib bo'lgandi. Mustabid o'zi chiqargan farmonni bekor qila olmas, binobarin Rauf Parfidan O'zbekiston xalq shoiri unvonini tortib olishdan ojiz edi. Oqibatda, noiloj qolib, bor alamini yonidagi barcha shotirlaridan, jumladan o'sha kezlarda Yozuvchilar uyushmasiga rasman rahbarlik qilayotgan, aslida haqiqiy adabiyot uchun qabr qaziyotgan “maddoh shoirbachcha”dan ham oshig'i bilan oldi.

Haqiqat hamisha ta'qib qilingan.

Zolim shohu sultonlar haqiqatni aytadigan shoirlarning tilini shafqatsiz kesib olgan, kallasini tanidan judo qilgan. Amir Nasrulloxon xufiyona qatl qildirgan Hoziq qismati bunga yorqin misol.

Haqiqatgo'y shoir-yozuvchilarni ta'qib qilish XX asrning 40-yillarida avj nuqtasiga chiqdi. Fitrat, Qodiriy, Cho'lpon Davlat xavfsizlik xizmatining chirkin erto'lasida pechga tiqib yoqib yuborildi. Navqiron Usmon Nosir Sibir sovuqlariga dosh berolmay nobud bo'ldi.

Hukmron doiralar bu haqiqatgo'y adibu shoirlarni mahv etish bilan kifoyalanib qolmay, o'nlab yillar mobaynida ularning asarlaridan xalqni mahrum qilib keldi. XX asrning 90-yillari boshlarida bo'lajak qo'li qon mustabid xuddi juda olamshumul jasorat ko'rsatgandek: “Cho'lponni xalqqa qaytarib berdik, bizdan yana nima istaysizlar?!” deya jazavaga tushgandi.

Biroq jo'mard haqiqatgo'ylarga shafqatsiz hujum davom ettirildi. Muhammad Solih vatandan quvildi. Rauf Parfining she'riy kitoblarini nashr qilishga esa ruxsat berilmadi. Shukur Xolmirzaev esa Do'rmon Yozuvchilar bog'idagi xaroba kulbasida xoru zor qilindi.

Nihoyat, Rauf Parfi 2005 yilda vafot etgach, oldiniga ayrim jonkuyarlarning say'-harakatlari bilan uning kichkina she'rlar to'plami nashr qilindi. Oradan o'n yilcha vaqt o'tib, turli nashriyotlarda uning salmoqli yirik to'plamlari nashr qilindi. Biroq yirik davlat nashriyotlari Rauf Parfi asarlarini nashr qilishni hatto hayoliga ham keltirgani yo'q, va bu ishni qachon qilishlari ham ma'lum emas. Holbuki, uning to'la asarlar to'plamini allaqachon nashr qilish kerak. Nima ham qilardik. Mustabid hukmron doiralarga Rauf Parfi va Muhammad Solih kabi haqiqatni baralla aytadigan Shoirlar sira ham kerak emas. Chunki erksevar bu ikki shoirning ijodi xalqqa o'zligini anglatadi, haq-huquqi uchun kurashga chorlaydi. Hukmron doiralarga esa o'z haq-huquqini talab qiladigan xalq kerak emas, ularga xalqni xonavayron qiladigan qarorlariyu farmonlarini so'zsiz bajaradigan, qo'ylar podasidan farq qilmaydigan quldan ham battar irodasiz olomon kerak.

Abdulla Qodiriyning tanlangan asarlari uning vafotidan keyin salkam bir asr vaqt o'tgach chop qilindi. Aftidan, Rauf Parfi va Muhammad Solihning loaqal tanlangan asarlari to'plami O'zbekistonda chop qilinishi uchun ham kamida bir asr kerak bo'ladigan ko'rinadi.

Evohki, Rauf Parfi va Muhammad Solih ijodining O'zbekistonda keng nashr qilinmasligi, ho'rlanishi – adolatning, imon-e'tiqodning, adolattalab xalqning ho'rlanishidan boshqa narsa emas!

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube