O’zbekiston Xalq Harakati

Etti avlodingizga etadigan mol dunyo yig'ib olsangiz ham ko'zingiz to'ymaydi

Etti avlodingizga etadigan mol dunyo yig'ib olsangiz ham ko'zingiz to'ymaydi
22 Mayıs 2019 - 7:00 'da yuklandi va 692 marta o'qildi.

Yoshlarga yo'l bering! Imkoniyat bering, ey xukumatda o'tirgan chirigan “mumiya”lar!!!

Etti avlodingizga etadigan mol dunyo yig'ib olsangiz ham ko'zingiz to'ymaydi baribir. Xalqni qonini so'rib tashladingiz!!!

Eb to'ymas, kommunistdan dermokratga aylanib olgan muttaham qalloblar!!!

Miyasiga xoda tiqilib qolmagan yoshlarimiz juda ko'p!

Nahotki yangi jamiyat, yangi orzular, yangi imkoniyatlar, go'zal kelajakni ko'rishni istamasangiz ey odamlar?!

21 asr axir! Qachongacha tezak titib, tappi yasab o'tasiz?!

Atrofga qarang, vaqtinchalik yasama dabdabadan ko'ra, nahot stabil doimiy ijtimoiy va iqtisodiy himoyalangan jamiyatda yashashni istamasangiz?

Bizni mentalitet boshqa, millat, dinimiz boshqa, deb ro'kach qilib, bahona topadiganlar bekorlarni aytibsiz!!!

Yaxshi va baxtli yashashga har bir inson haqli! Adolatli jamiyatda yashashga har birimiz haqlimiz!!!

Baxtimizni, kelajagimizni mustaqillikdan keyin bir marta boy berdik…

Natijasi juda ayanchli bo'ldi.

Agar ikkinchi marta ham diktaturaga rozi bo'lsangiz, kelajagingizni ko'mib qo'yavering…

Prezidentlar kelib ketaveradi, ammo qonunlar – xalq va davlat rivojiga ishlashda davom etaverishi kerak.

Qonunlar, inson huquqlari har bir jamiyatda to'liq ta'minlanishi shart!

Dilobar Erkinzoda

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort