O’zbekiston Xalq Harakati

Osmon ham…

Osmon ham…
22 Mayıs 2019 - 8:00 'da yuklandi va 378 marta o'qildi.

 

 

OSMON HAM…

Na go'zal yaratmish yaratgan seni,
Qaro bo'ldi oyning na go'zal tuni.
G'unchalar – bo'sangdan yuvilgan kelin,
Quyoshga dor bo'ldi osmon ham bugun.

Atirgul bargidan ko'ylaklar kiyding,
Rayhonning mushkini noz ila suyding.
Oshiqqa nazzora qilmayin qo'yding,
Rashkingdan yonadur osmon ham bugun.

Damingdan tirildi o'lgan fasllar,
Qafasda oh chekdi tutqun bulbullar.
Qon kabi to'kildi ko'zingdan dillar,
Jallodga dor bo'ldi osmon ham bugun.

Sayyodlar sherlarni sayd etgan kuni,
Na go'zal yaratmish Yaratgan seni.
Yo oshiqni olsin, yo qora tunni,
Hukmingga qonadur osmon ham bugun.

Lablarni kuydirdi ohlarning g'ami,
Bahorning hidi bor, xayoldir ta'mi,
Umr sahrosida uchrashmas jami,
Nazdingda chorasiz osmon ham bugun.

Islom Xolboy
“Hijron azobi” She'rlar kitobi, 
Toshkent, “Yozuvchi nashriyoti”, 1998 yil

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort