O’zbekiston Xalq Harakati

Ziyoli odam…

Ziyoli odam…
22 Mayıs 2019 - 10:00 'da yuklandi va 658 marta o'qildi.

Agar hashamga, mol-mulkka, bezanishga, yaltir-yultirga qiziqishingiz pasayayotgan bo'lsa; yolg'ondan sukutni afzal bilishga moyilligingiz paydo bo'lsa, demak qalbingizda ma'rifat, ziyo yuz ochibdi.

Agar, mabodo, hirsu havasingiz yuksalayotgan bo'lsa, mol-mulkni ko'zga surtar darajada aziz bilsangiz, latta-puttaga qiziqishingiz ortsa; foyda kelar deb yolg'on so'zlashga odatlansangiz, demak qalbingizni shapaloqdan kattaroq joyi chirib, hidlanib, sasib ado bo'libdi.

…demak siz tamagir itga aylanibsiz.

… demak siz..

… demak siz…

Demak, bir muddat shoir Rauf Parfi bilan ko'p hamsuxbat bo'lganman. Rauf aka, necha marta suxbatlashgan bo'lsam, biron marta mol-mulk, latta-puttalar haqida og'iz ochmagan, asosiy mavzu she'riyat, siyosat va millatimiz tarixi edi.

Demak, talaba edik, har xil shoirlar bilan adabiyot to'g'risida suxbatlashishga qiziqardik. Har xil shoirlar negadir bizni qiziqtirgan mavzuda gapirmasdi, asosan o'zlarining molparastlikka oid tashvishlarni so'zlardi.

Xulas, katta faylasuflardan biri aytganidek, ziyoli, ma'rifatli odamning iste'molchilik sifati pasayadi, ming xil keraksiz narsalarni sotib olishni istamaydi.

Demak, ziyoli odam shayton hukm yuritadigan bozorning dushmanidir.

Rahimjon Rahmat

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort