O’zbekiston Xalq Harakati

Komil Allamjonovga “Nobel”…

Komil Allamjonovga “Nobel”…
22 Mayıs 2019 - 8:30 'da yuklandi va 860 marta o'qildi.

Komil Allamjonovga “Nobel” yoki 1-iyun O'zbek xalqining qora kuni

Qo'ygan sarlavham sizlarni ajablantirishi mumkin. Lekin sabablarini bir boshdan ko'rib chiqamiz.

Avvalambor qisqacha tushuntiraman. O'zbekiston respublikasi Oliy Majlisi yuqori va quyi palatalardan iborat. Yuqori palata, Senat 100 kishidan iborat. Quyi palata, Qonunchilik palatasi 150 kishidan iborat. Demak jami bo'lib 250 nafar senator va deputatlardan iborat.

Endi asosiy masalaga qarasak. O'tgan yili O'zbekiston prezidenti matbuot kotibi bo'lib ishlayotgan hamyurtimiz O'zbekistonning xalqparvar va jonkuyar vakili bo'lgan Komil Allamjonov tomonidan innavatsion g'oya, ya'ni “Avtotest” degan kompaniya tashkil qilindi.

Kompaniyaning asosiy vazifasi yuridik shaxslarga tegishli bo'lgan avtomashinalar haydovchilarini malakasini oshirish, deb e'lon qilindi. Ammo bu kompaniya o'sha paytda O'zbekistonda yagona va birinchi shundayin kompaniya edi.

Biroq bir-ikki deputatlarimiz tashabbus ko'rsatishib bu O'zbekistondagi monopol ishxona bo'lib qolayotgani va unda faqat yuk va odam tashuvchi haydovchilar o'qishi kerakligini ko'rsatib o'tib bu raddiyani Oliy Majlisga boshqatdan ko'rib chiqish uchun qaytarishdi. Oliy Majlis deputatlari bu masalani, ya'ni “Avtotest” faqat yuk va odam tashuvchi haydovchilarni qaytadan o'qitish va bu o'qitishlarga yuridik shaxslarning engil avtomobillarini haydovchilariga qo'llanmasligini bir ovozdan ma'qullashdi…

Ammo, amalda “Avtotest” 250 senator va deputatlarni ovozlarini bir tiyinlik qilib avvalgi eski holiga yana qaytdi. Bu degani barcha yuridik shaxslarga tegishli barcha turdagi avtomashina haydovchilari majburiy holatda “Avtotest” litsenziyasini olishlari shart.

Hozirgi kunda O'zbekistonning barcha byudjet tashkilotlarining avtomashinalari majburiy tarzda Toshkentdan kelgan majburiy buyruq asosida “Avtotest” litsenziyalariga o'qitildi. Aslida “Avtotest” engil mashina haydovchilariga hech qanday yangilikni o'rgatmaydi. Bu degani “Avtotest” amalda yana monopol ishxonaga aylandi. Kompaniyaga 100 milliardlab so'm kelib tusha boshladi. (Oxiri shuncha O'zbekistonning pullari chetga chiqib ketmasin ish qilib)

O'zbekiston respublikasi Vazirlar mahkamasi qoshidagi Din ishlari qo'mitasi rais o'rinbosari Nuriymon Abulxasan o'tgan yili “Nobel” masalasini ko'tarib chiqgan edi. Ammo Nuriymon Abulxasan yonlarida yurgan innavatsion g'oyalar egasi bo'lgan Komil Allamjonovga e'tibor qaratishmagan ko'rinishadi. Axir mana u O'zbekistondan chiqqan haqiqiy “Nobel” mukofotiga arziydigan shaxs, Komil Allamjonov…

Axir bu jasorat emasmi 250 senator va deputatlarni bir tiyinga olmasdan o'zini gapini o'tkazgan shaxs. Butun boshli aytilishda, 34 million aholisi bor deyilgan O'zbek xalqining ijtimoiy tarmoqlarda soliq. svet, gaz va suvni assosiz ravishda oshirib kelinayotganiga bildirayotgan fikrlarini olmasdan, bir dona monopolistni fikri 34 million aholini fikridan ustun tursa, bu “Nobel” mukofotiga sazovor bo'lmasdan nima axir?

O'lganni ustiga tepgan qilib joriy yilning 1 iyunidan svet va gaz narxlari assosiz ravishda yana oshirilyapti. Bu nima degani hurmatli senator va deputatlar? Bu sizlarning hozirgi vaqtda tinkasi qurigan 34 millionlik O'zbek xalqiga, sizlarni, ya'i amaldorlarni shunday to'kin sochin yashashlaringni taminlab berayotgan O'zbek xalqiga rahmatlaring shumi?

Ammo baribir Komil Allamjonovga qoyil qolmasdan ilojimiz yo'q. Shu bolani O'zbek xalqi nomidan “Nobel”mukofoti berilishi uchun nomzodlar safiga qo'shish kerakmi deb o'ylab qoladi odam. To'g'rida, axir 34 million odam qila olmagan ishni yosh bo'lsa ham bir o'zi do'ndirib tashlayaptiku…

Hurmatli senator va deputatlari, so'z oxirida yana aytaman, sizlarni shu O'zbek xalqi etishtirdi, sizlar shu Vatan o'g'il va qizlarisizlar, qo'l qovushtirib kabinetlaringda o'tirmasdan xalqni ichiga ham kiringlar. O'zbek xalqini og'irini engil qilinglar. Xalqni assosiz soliq va komunal to'lovlardan qutqaringlar. Ozgina bo'lsa ham Ona Vatan hissini unutmanglar.

O'qiganlarga rahmat. Xalq bilan Muloqot va Shavkat Mirziyoevning do'stlari degan qalbaki guruhlarga aldanib qolmanglar. Trollarga alangalik salom.

Bobo To'raev

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • Ural ;

    Davlat amaldori yoki amaldorlikni yoki tadbirkorlikni tanlasin. Ikkalasi bilan ham shug’ullansa xalqning sho’rini quritadi.

    23/05/2019 05:54
istanbul escort