O’zbekiston Xalq Harakati

Bu shafqatsizlik sodir bo'lishida barchamiz aybdormiz

Bu shafqatsizlik sodir bo'lishida barchamiz aybdormiz
23 Mayıs 2019 - 9:15 'da yuklandi va 604 marta o'qildi.

Bu shafqatsizlik sodir bo'lishida barchamiz aybdormiz!

Hamza JUMAEV:

Men aybdorman!

Samarqandda 22 mln. so'm va bittagina telefon uchun miyasi majaqlangan butun bir oila, besh jonning o'limi oldini ololmaganim uchun… Gunohni savobdan, oqni qoradan ajratishni, yo'qchilikka sabr qilish, birovning haqi ikki dunyoda yuqmasligini zamondoshimga tushuntira olmaganim uchun aybdorman! O'sha mash'um kechada g'aflat bosib uxlaganim uchun aybdorman…

«Jinoyat tezkor sa'y-harakatlar natijasida ochildi, jinoyatchilar qo'lga olindi» bla bla bla… Nima foyda?! Qaysi asrda yashayapmiz? Qaerda yashayapmiz o'zi? Har tugul 3-4 ta razil bir joyda o'tirib, tasodifan, kettik falonchi oilani qiramiz!, demagandir?! Bunga tayyorgarlik ko'rilgan, bu ish pishitilgan. Reja qilingan! Jasadlar namoyishkorona tashlab ketilgan! Nima demoqchi bular? Mana senlarga ishsizlikning oqibati, mana e'tiborsizlikning natijasi, demoqchimi? To'ydik! Bizni qamasin – da, davlat ma'lum muddat boqsin, deganimi?

Bir oila-ya! Endi tasodifan omon qolgan bir a'zoning hayoti hayot bo'ladimi? Atrofga, jamiyatga mehri, ishonchi qoladimi? Tunlar tinch uxlay oladimi?

Jinoyatchilarning yaqinlari chi? Soyalaridan cho'chib yurishadi endi. Bosh ko'tarolmay yurishadi endi.

Bittagina bayonot va mavzu yopiladi. Shuyam ishmi?! Balki o'sha kecha qishloqda tok bo'lmagandir? Qorong'ulik jinoyatchiga qo'l kelgandir… Tok bo'lsa ham ko'chalar yaxshi yoritilmagandir? Kameralar yo'qdir…

Endi gapdan foyda yo'q. Gapirmayman! Qo'limdan kelmadi jigarlarimni himoya qilish. Qo'limdan kelmadi… Men aybdorman…

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort