O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Boy bo'lsak, “Malibu” minsak bo'ldi

Boy bo'lsak, “Malibu” minsak bo'ldi
23 Mayıs 2019 - 9:30 'da yuklandi va 776 marta o'qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda “Boriga baraka” ko'rsatuvi haqidagi tanqidlar juda ko'paydi. Men u ko'rsatuvni qimor yoki harom ekanligiga to'xtalmoqchi emasman. Ko'rsatuv bizni yuzimizga tutilgan oyna. Unda o'z aksimiz ko'rinadi. Biz esa aftimizni qiyshiqligidan emas, oynadan xafa bo'lyapmiz.

E'tibor berib ko'ring! Atrofimiz, hayotimiz “Boriga baraka” bo'lib yotibdi.

Aksar yoshlar (foizda o'lchab, to'qson foiz, deb yuborgani istihola qildim) top aytib osmondan tushgan pul evaziga boy bo'lish ilinjida kun kechiryapti.

Boy otani qiziga uylansa, boy ota mashina sovg'a qilsa, ishga joylasa-da, yigit ayshini surib yashasa. Qaynotasi sabab ko'tarilib ketish ilinjida yashayotgan shahrining qoqilmagan eshigi, supirilmagan xonadoni qolmaydi. Onasini boylarni uyiga olib boraverib, kalishini osti emiriladi.

Bir ish bilan do'konda turgan edim. Xaridor kirib keldi. O'ttiz dona “Sitro” ichimligi berishni so'radi. Sotuvchilar aytganini qilib, o'ttizta ichimlikni olib kelishdi. Birma-bir hammasini ochishni boshladi. Yoshroq sotuvchi yigit kelib ochishga yordam bermoqchi edi, “o'zim”, deb birma bir ochishni boshladi. Har bir ichimlikni ochganda “Bismilloh”, deb ochar edi. Ohtargan narsasi chiqmadi, chamamda. “Padariga la'nat”, deb g'o'drandi-da, “suvlarni o'zlaring ichib yuboringlar”, deb chiqib ketdi.

Bir tanishim “Yaguar” mashinalarim bo'lsa, havoni rangiga qarab har-xilini minib yursam”, degan edi.

Atrofimizdagi ko'plab odamlar yoshligida ko'rgan Hind kinolaridagi syujetlarda yashaydi. Bir aylanib milliarder bo'lib ketishni, barcha dushmanlaridan qasos olishni, “Malibu”ni minib, tanishlari oldidan signal chalib o'tib ketishni istaydi.

“Boriga baraka”, atalmish ko'rsatuv orqali tarqalgan virus ortidan o'nlab shoular boshlandi. “Tizer”, “WF”, “Sitro”, “Sochnaya dolina”, kabi ichimliklar, “Malibu” haydash ilinjidagi millionlab odamlar uchun go'yoki orzulari yo'lida berilgan imkon. Go'yoki, “Millioner shou” degan ko'rsatuv sizga millioner bo'lish imkoniyati beradi (jaranglashini qarang. Tekin pishloq qopqonda bo'ladi, deydigan odam yo'q.)

Hayotni o'zi “Boriga baraka”ga aylanib bo'lgan. Boy bo'lish uchun har qanday yo'l bilan bo'lsada orzusiga etishsa bo'ldi. Bu orzusiga etishtiradigan omil “Boriga baraka”mi, “Tizer”mi, qaynotami, opog'dodami farqi yo'q. Ko'rsatuvni nomi “Yo'g'iga kasofat” bo'lsa ham o'ynayveradi. Aslini, dinini, g'ururini yo'qotgan millat nafaqat shoular, balki, fohishalik ham qilaveradi. Qullik ham qilaveradi. “Malibu” minish ilinjida har qanday shoularda chuvalchangga qo'shib, itbaliqni ham eyaveradi.

Shaharda mashhur bir qo'shmachi bor. Shu qo'shmachi “Kaptiva”da yuradi. Bir kuni svetoforda bir yigit bilan yonma-yon to'htabdi. U yigit “Lacetti”dan turib “Biz ham “Kaptiva”ga qo'shib egasini ham minaylik” debdi. Shunda mashina ichidagi fohisha “San ham Dubayga borib, mana bunday, mana bunday (qo'li bilan ko'rsatib) narsalarni eb kelsang “Kaptiva” minasan”, debdi.

Xullas, o'shanday-o'shanday narsalarni ham eyishga tayyor, kelajagi buyuk millatga aylandik. Boy bo'lsak, “Malibu” minsak bo'ldi.

Sayyid Islom

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube