O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

23 may – o'zbek oydini Munavvarqori NKVD tomonidan o'ldirildi

23 may – o'zbek oydini Munavvarqori NKVD tomonidan o'ldirildi
23 Mayıs 2019 - 10:03 'da yuklandi va 606 marta o'qildi.

Bugun Turkiston xalqining milliy ozodligi uchun kurashgan Munavvarqori Abdurashidxonning NKVD jallodlari tomonidan o'ldirilgan kundir.

Munavvarqori 1878 yili Toshkentda tug'ildi. O'zbek ziyolisi Abdurashidxon oilasidagi uchinchi o'g'il edi. Dastlab Toshkentda Yunusxon madrasasida o'qidi. O'n yoshidan Buxorodagi madrasalardan birida hadis va fiqh ilmidan tahsil oldi. Toshkentga qaytgach, Darxon mahallasi masjidida imomlik qildi.

Munavvarqori

Ismoilbek Gaspirali tomonidan 1881—1914 yillarda Krimda nashr etilgan «Tarjumon» gazetasi Munavvarning milliy zehniyatiga ta'sir ko'rsatdi va u keyinchalik Turkiston hududida ilk jadidlar maktabiga asos soldi.

Maktablar o'z samarasini berdi, u erda savodsiz turkistonliklar o'qish yozishni o'rgandilar, milliy o'zlikni tanidilar.

Munavvarqori jadid maktablari uchun yangi tovush usulida darsliklar — «Adibi avval» («Birinchi adib», 1907 yil) alifbe va «Adibi soniy» («Ikkinchi adib», 1907 yil) o'qish kitoblarini chop ettiradi. Bular o'lkadagi asosiy darsliklar sifatida oktyabr' to'ntarishidan so'ng ham keng qo'llaniladi.

Milliy ozodlik faqatgina maktab ochish bilangina amalgv oshmasligini bilgan Munavvarqori o'z siyosiy faoliyatini boshlaydi va hamfikrlari bilan Turkistonda “Sho'roi Ulamo” tashkilotiga asos soladi. Tashkilot Turkiston musulmonlar qurultoyini tashkil etib, 1917 yili Turkiston demokratik muxtoriyati e'lon qilinadi.

Munavvarqori sho'ro tarixida «xalq dushmani», «millatchi», «mahalliy burjuaziya ideologi» deya ta'riflab kelindi. Unga nisbatan yosh avlodda nafrat tuyg'usini tarbiyalashga harakat qilindi.

Munavvarqori bor-yo'g'i 53 yil yashadi. Shundan 39 yili inqilobdan oldingi chorizm mustamlakachiligi ostidagi bolalik, balog'at va faollik davri bo'lsa, qolgan 14 yili qizil imperiya va lenincha qatag'on siyosati tomonidan ma'naviy xo'rlanish zamoni bo'ldi.

U 1929 yil 6 noyabrda qamoqqa olindi. Umrining oxirgi ikki yili harbiylashtirilgan siyosiy boshqarma qamoqxonalarida o'tdi.

1931 yilning 23 mayida Moskva shahridagi Butirka qamoqxonasida qatl qilingan va Vagankova qabristoniga dafn etilgan.

Bahrom Rahmon

Manba: Eltuz.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube