O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Nega nuqul odamlarning boshpanasi buziladi, fermer xonavayron etiladi, tadbirkor sindiriladi…

Nega nuqul odamlarning boshpanasi buziladi, fermer xonavayron etiladi, tadbirkor sindiriladi…
23 Mayıs 2019 - 16:05 'da yuklandi va 778 marta o'qildi.

O'zbekistonning barcha burchagida shu holat: o'zi surishtirib kelsangiz, hokimiyat 15 yildayam boshpanasiz bir bevani uy bilan ta'minlashga ko'mak qilishga qurbi etmaydi-yu, va yana to'rt tomonda tomi buzilib bo'zlayotganlarga ko'zingiz tushadi… Chor atrofimiz bevatan qolganlar, bog'i barbod etilgan bog'bonlar, eri tortib olingan fermerlar, xonavayron etilgan tadbirkorlarga to'lib ketgan….

Toshkent “siti”, “Buxoro “siti”, Andijon “siti”, Zomin “siti”….

Muhtaram Shavkat Miromonovich!

Hukumatni tanazzulga uchratish uchun muxolifatning ham, tashqi kuchlarning ham keragi yo'q. Haqsizlikdan bezib ketgan xalqning o'zi to'lqin kabi ko'tariladi va… U yog'ini davom ettirishga ham qo'rqadi kishi…

Bugun adolatsizlik bilan ro'paru bo'lgan yigit, ko'rdingizmi, o'limdanam qo'rqmadi. Ajalning ko'ziga tik qaradi…

“Siti”lar qurilgani yaxshi.

Ammo o'zingiz o'ylab ko'ring: dastro'molcha kabi bo'lsa-da beminnat boshpanasi bo'lgan odamning kulbasini vayron qilish evaziga siti qurish shunchalar kerakmi?

Toshkent sitini, Buxoro sitini, Zomiin sitini odamlarni qaqshatmasdan, to'rt qadam naridan, holi erdan ko'tarsa birov betimizga tarsaki tortadimi?

Ana shunda eski “siti”dagi aholi havas qilib, o'zlari boshpanalarini tashlab, zamonaviy SITIlarga ko'chib ketib qolisharmidi deyman-da!

Horij tajribasiga nazar tashlang, yangi Istanbul bor, eski Istambul bor, Yangi Tbilisi bor, eski Tbilisi bor, Yangi Tehron, eski Tehron… Hatto Hindistonda ham shunaqa deyishadi…

Eski shaharning aslini asrab qolib, yangi SITIlarni ikki chaqirim naridan ko'tarsak, birov bizni urishadimi, yo qimmatga tushib ketadimi?

Umuman olganda, butun bir shaharni buzib, qayta qurish osonmi, yoxud bo'sh erdan shahar ko'tarish arzonmi?

Deylik, shaharda 2000 ta odamni uyini buzdingiz. Ozmuncha ishchi kuchi kerakmi bu imoratlarni buzishga, tozalashga. Buning hammasi chiqim bilan bog'liq-ku!

Qolaversa, 2000 ta odamga tavon puli ham to'lash kerak!

Va yana ularning qarg'ishini ham olish kerak!

Qaqshatish kerak!

Shu kerakmi hukumatga!

Ayni damda Buxoro siti qurish uchun ham, adashmasam, 82 gektarlik eski shahardagi uy-joylarga “janoza” o'qilmoqda…

Eski uylarni buzish va egalarini rozi qilish, boshpana bilan ta'minlash…. Bularning barchasi xarajat bilan bog'liq-ku axir!

Aholini bezovta qilmasdan eski shahar biqinidan yangi SITI ko'tarsak, bo'lmaydimi?

O'shanda six xam, kabob ham kuymagan bo'lardimi deb o'ylab qolasan kishi!

Odamlarning uyini buzishga va ularga tavon puli to'lashga ketgan mablag'larni yangi SITIga asfalt yotqizish, elektr, issiq-sovuq suv, gaz o'tkazish ishlariga sarflagan bo'lardik. Kanalizatsiya degandek….

Bu masalaning boshqa bir tomoni…

To'g'ri, Shavkat Miromonovich, siz aholini o'ylab o'zboshimchalik bilan qurilgan uylarga egalik huquqini tiklash yuzasidan bir yillik aktsiya e'lon qilgan edingiz… Mazkur farmoningizga asosan kechagina o'zini yoqib, joniga qasd qilgan yigitga uyi rasmiylashtirilib berilishi kerak edi…. Biroq na hokimiyat, va na kadastr bunday qilmadi. Negaki, kadastr degani korruptsiyalashib ketgan! Sirobi yo'q!

Kecha men Yangiyo'l tumanida bir fermerdan daxshatli bir haqiqatni eshitdim: “Agar mendan prezident nimani istaysan deb so'raganida, men tuman hokimliklarni tugatishni so'ragan bo'lardim. Biz 20 yil oldinga qarab ketgan bo'lardik. Tuman hokimliklari poraxo'rlikka doyalik qilib, rivojlanishimizning beliga tepib o'tiribdi. Men buni isbotlab bera olaman” dedi…

Rostiyam shu-da!

Tuman hokimi va yo tuman prokurorining oilayotgan maoshi bitta tishining kovagiga ham jo bo'lmaydi.

Bitta tushligiga ham etmaydi hatto!

Tuman hokimi nimaning evaziga kun ko'rsin!

Albatta xalqni qaqshatish evaziga umrguzorlik qiladi-da!

Shavkat Miromonovich!

Nega nuqul odamlarning boshpanasi buziladi, feramer xonavayron etiladi, nega tadbirkor sindiriladi…. Nega, nega, nega?….

Hukumat mana shu “Nega?” degan savolga zudlik bilan javob topmas va bu savollar kelib chiqishining oldi olinmas ekan, xalqni qaqshatishlarga xotima yasalmas ekan, ertaga ahvol o'ngal bo'lmas darajaga etishi va juda kech bo'lishi mumkin!

Shavkat Miromonovich!

Biror bir chorasini ko'rish kerak!

Atrofingizdagi chapakbozlar, maddohlar real holatni sizga aytmaydi, haqiqatni ko'ziga tik qarashga jur'ati etmaydi, laganbardorlikdan nariga o'tmaydi baribir…

Balki atrofingizdagi korcholonlarga xuddi shu narsa kerakdir?: Xalqning ko'tarilishi….

Bor muddaolari ana shu narsaga qaratilgandir?

Ehtimol, bu amallarning barchasi reja asosida ma'lum muddao va maqsadga qaratilgan holda bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgandiru, siz g'aflatda qolayotgandirsiz?….

Bosh qotirish kerak, bosh qotirish kerak….

Toki xalq norizo bo'lar ekan, bu turishda Xukumatning umri uzoqqa cho'zilmaydi… Bu oddiygina arfmetika-ku!

Malohat Eshonqulova

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube