O’zbekiston Xalq Harakati

Mashhur tabib bo'lish juda oson

Mashhur tabib bo'lish juda oson
24 Mayıs 2019 - 9:00 'da yuklandi va 542 marta o'qildi.

Mashhur tabib bo'lish juda oson!

O'zingizga ma'lum haq evaziga besh-oltida jarchi yollaysiz! Ular olomon orasida mohir tabib ekanligingiz haqida gap tarqatadi.

Bas, dong'i ketgan tabibsiz!

Sodda olomon bor-budini cho'ntakka joylab sizga chopadi.

Bu dunyoda nima ko'p?! Og'ir dardga chalingan umidsiz kasal ko'p. Birinchi navbatda xuzuringizga shu umidsizlar etib keladi.

Toki qonun posbonlari sohta tabiblik faoliyatingizga chek qo'yguncha o'zingiz va shotirlaringiz pulli bo'lib qoladi.

Aksari tabiblar shunaqa sohtakor-ku!

Agar vijdonim bo'lmaganida men ham allaqachon o'zimni tabib deb e'lon qilgan bo'lardim. To'rtta yolg'ochi shotirni yollasang, bas, to'rt tomonda aholi tabibxonamga suvday oqib keladi.

Kasal odam ruhan o'ta zaiflashadi. Falon joyda tabib bor desa o'sha yoqqa chopadi. O'lib ketgandan ko'ra tabibga borganim yaxshi deydi.

Ikkinchi tomondan, ayniqsa, xususiy klinikalarda ishlaydigan do'xtirlargayam unchalik ishonib bo'lmaydi. Ularning dardi dunyosi pul!

Yaxshisi, kasal bo'lmang!

Aroqqa ruju qo'ymasangiz, nafsni tiysangiz, badan mayllariga aldanib qolmasangiz, tabiiy emaklar iste'mol qilsangiz, inshaallah, do'xtirga va uning kundoshi sanalgan tabibga kam ishingiz tushadi.

Rahimjon Rahmat

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort