O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

«Qachonki rahbarlar o'z tili va adabiyotini o'rgansa keyin xalqini ham hurmat qiladi»

«Qachonki rahbarlar o'z tili va adabiyotini o'rgansa keyin xalqini ham hurmat qiladi»
24 Mayıs 2019 - 15:51 'da yuklandi va 599 marta o'qildi.

«QAChONKI RAHBARLAR O'Z TILI VA ADABIYoTINI O'RGANSA KEYIN XALQINI HAM HURMAT QILADI» – JAMOL KAMOL BILAN SUHBAT (2-QISM)

Kun.uz sayti jamiyat, adabiyot, xususan, o'zbek adabiyoti mavzusiga bag'ishlangan turkum suhbatlar loyihasini davom ettiradi. Loyihamizning navbatdagi mehmoni O'zbekiston xalq shoiri, tarjimon va adabiyotshunos olim Jamol Kamol bo'ldi.

Jamol Kamol bilan suhbatimiz she'riyat va tarjimonlikdagi faoliyati, turli mavzularda yozilgan dolzarb maqolalari, O'zbekiston yozuvchilar uyushmasiga rahbarlik yillaridagi faoliyati, shuningdek, o'zbek tili muammolari xususida kechdi.

Quyida suhbatning ikkinchi qismini o'quvchilarga taqdim etamiz.

Video: Youtube

Video: Mover (tas-IX) 

-Domla, bugun ijodingizni samimiy suhbat asnosida tahlil qilar ekanmiz, yana bir narsaga oydinlik kiritib ketsak to'g'ri bo'ladi nazarimda. 1991-1996 yillarda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi bo'lgansiz. Mana shu yillardagi faoliyatingizga nisbatan turlicha munosabatni eshitamiz. O'zingizdan so'ramoqchiman, siz rahbarlik qilgan davrda, samimiy aytganda uyushmaning yutug'i va kamchiliklari nimalarda bo'ldi deb o'ylaysiz?

 

– Haqiqatan ham suhbatimiz samimiy kechyapti. To'g'risini aytaman, men o'sha paytda Yozuvchilar uyushmasiga rais bo'lishni istamaganman.

Islom Karimov o'z qabuliga chaqirib, hamma nomzodlar o'rganib chiqilgani va ular ichida meni tanlashganini aytdi. Men esa Islom akaga rais bo'lishni istamasligimni, nomzod kerak bo'lsa o'sha paytda Prezident devonida ishlovchi Abduqahhor Ibrohimovni (suhbat paytida yonimda men bilan edi) qo'yishi mumkinligini aytdim.

Islom aka bunga rozi bo'lmadi. Xullas, o'sha suhbatimiz to'rt soat davom etdi.

Suhbat yakunida Islom aka meni eshikkacha kuzatib chiqdi, chiqayotganimizda aytdiki: «Bir oydan keyin chaqiraman, eshikdan «roziman», deb kirasiz».

Bir oydan keyin Abduqahhor Ibrohimov uyimga keldi.

– “Ha”mi, “yo'q”mi?

Yo'q, dedim.

Chunki bilardim, bu juda serg'alva, janjalli ish. Shundan keyin hamma yozuvchilar uyimga kela boshladi.

Shunda yangangiz Vohida aytdiki: «Har kuni mehmonlaringizni, yozuvchilaringizni kutaverib charchadim. Rais bo'lsangiz bo'ling-da, boshqalardan nima kamingiz bor?».

Prezidentning aytganini qilmadim, xotinimning aytganini qildim… Rozi bo'ldim.

Keyin Qurultoy chaqirildi. Kinochilar uyi bo'lardi, o'sha erda sakkiz yuz ellikta yozuvchi yig'ildi. Raislikka nomzodlar sifatida Nurali Qobil, Yo'ldosh Sulaymon va mening nomzodim qo'yildi. Yig'ilganlar menga ovoz berdi.

Shundan keyin, minbarga chiqib birinchi aytgan so'zim esimda: «Azizlar, Komil Yashin, Sarvar Azimov, O'lmas Umarbekov, Odil Yoqubov uyushmaga rais bo'ldi. Barchasiga tosh otdingiz. Menga ham tosh otasizlar. Faqat, iltimos, ayab otinglar. Men bu vazifada bir muddatdan ortiq ishlamayman, chunki men uchun ijod muhim, dedim». Shu bilan ish boshlangan.

Endi raislikda nimalarga erishdim?

Birinchisi shu bo'ldiki, Yozuvchilar uyushmasining eshigi hamma uchun ochildi. Bir misol aytay, mendan keyin raislikka kelgan Abdulla Oripov paytida faollar kengashi degan guruh tuzildi va uyushmada o'tadigan barcha yig'inlarda o'sha guruh a'zolari chaqiriladigan bo'ldi, qolganlar kirishi mumkin emas. Bizda esa ahvol boshqacha edi, har qanday yig'ilishga istagan yozuvchi kelib qatnashardi, xohlasa so'zga chiqardi. Ya'ni tenglik ta'minlandi.

Ikkinchidan, qo'limizdan kelgancha yozuvchilarga yordam berdik. Besh yil davomida ellikta yozuvchiga kvartira va yana ellikta yozuvchiga er olib berdik. Men buni yutuq deb bilaman.

Bundan tashqari, men ishlagan paytlarda chet el elchixonalari ochilayotgandi. Uyushmada mazkur elchixonalar bilan yaqin aloqalarni yo'lga qo'ydik. Bizning bayram va tadbirlarimizda elchilarning ishtirok etishi odatiy holga aylandi. Ana shu aloqalardan foydalanib va ularning hisobidan yozuvchilarimizni dunyoning turli davlatlariga safarlarga yubordik.

Endi, adabiyotga kelsak, adabiyotni uyushma yaratmaydi, shaxslar, iste'dodlar yaratadi.

– Bugun turli tadbir va yig'inlarda katta-kichik rahbarlar tomonidan o'z fikrlarini rus tilida bildirish holati odat tusiga kirib qoldi. O'sha yig'inlarda ishtirok etib, o'ylab qolasiz, biz qaerdagi tadbirda ishtirok etyapmiz -O'zbekistondami yoki davlat tili rus tili bo'lgan biror mamlakatdami? Sizningcha, tilimizga bo'lgan hurmatni oshirish yo'lida qanday ishlar amalga oshirilishi kerak?

– Bu holatning tarixi uzun. Bu mustaqillik yillari va undan avvalgi davrlarning oqovasi.

Men 1972 yilda O'zbekiston Fanlar akademiyasining til va adabiyot institutiga katta ilmiy xodim bo'lib ishga kelganman. Shu joyda, Izzat Sulton rahbarligi ostida o'n to'rt yil ishladim. O'sha paytdagi o'zbek tili va adabiyoti instituti bilan hozirgisining o'rtasida er bilan osmoncha farq bor edi. U paytdagi institutning qanoti keng, ne-ne kuchli olimlar markazi edi. Mana shu institut qisqarib-qisqarib xozir bir xovuchgina bo'lib qoldi. Sal qoldiki, o'sha institut hozirgi O'zbek tili va adabiyoti universiteti qoshidagi markazga aylanib qolay dedi. Xayriyat, Shavkat Mirziyoev buni to'xtatdi.

O'zbek tili va adabiyoti instituti qoldi, lekin uning ahvoli hali ham xarob.

Nima uchun? Til va adabiyotning turli yo'nalishlari va yo'nalishlar bo'yicha bo'limlari bo'ladi. O'sha bo'limlarda esa turli darajadagi ilmiy xodimlar ishlashi kerak. Hozir aytsam ishonmaysiz, shu institutning ayrim bo'limlarida bittadan xodim ishlaydi. Bu xodim mudirlikni ham, katta ilmiy xodimlikni ham, kichik ilmiy xodimlikni ham o'zi qiladi. Xo'sh, qanday qilib bir kishi butun boshli bo'limning ishini, fan ishini yuritishi mumkin? Nega, deb so'rasangiz shtat yo'q, pul yo'q deyishadi.

Achchiq bo'lsa ham aytaman, Bizda prezident akademiyasi nomli akademiya bor. Bu akademiya rahbar kadrlar tayyorlaydi. Shu akademiyaning mas'ul lavozimida ishlaydigan bir kishidan so'raganman: yigirma besh yil davomida rahbar kadr tayyorlaysiz, ayting-chi, shu kadrlar ichida birorta yorqin va butun O'zbekiston taniydigan rahbar etishib chiqdimi?

O'qituvchi javob berolmadi. Ko'ryapsizmi, har yili bu akademiya yuzlab rahbar kadrlarni tayyorlaydi, lekin ularning ichida pichoqqa ilinadigani yo'q. Xulosa nima? Demak, yigirma besh yil davomida xalqning, davlatning puli havoga sovurilgan. Endi tasavvur qiling, o'sha akademiyaning sharoitlari qanday? Hashamatli bino, o'qituvchilarda baland oylik….

Aytmoqchimanki, o'sha akademiyaga sarflangan pulning bir qismi til va adabiyot institutiga sarflanganda edi, bu o'zbek tili va adabiyotiga bo'lgan e'tiborni yanada kuchaytirgan bo'lar edi.

Nima uchun ayrim kishilar o'zini bunday tutadi? (o'zbek bo'lib o'zbek tilida gapirmaydi yoki tilni buzib gapiradi)

Chunki u o'z xalqini hurmat qilmaydi. Tilga e'tiborsiz-elga e'tiborsiz.

Kimki tilini va adabiyotini yaxshi bilsa, xalqini ham hurmat qiladi. Tilni mensimagan kishi esa xalqni ham mensimaydi.

Ochig'ini aytaylik, o'tgan yillar davomida tilga, adabiyotga va xalqqa bepisandlik siyosati olib borildi. Bu yillar davomida shunday amaldorlar tabaqasi shakllandiki, ular uchun ikkita qadriyat bor: pul va mansab. Pul yig'adi va mansab oladi. Mansab oladi va pul yig'adi. Xalqdan uyalish tuyg'usi yo'qolib ketdi. Nima uchun ham uyalardi, hurmat qilmaydi-ku.

Xalqdan uyalmaslikka bir misol keltiraman: matbuotda yozildi. Bir necha yil avval prezident kelyapti deb paxtasi terib bo'lingan dalalardagi g'o'za chanoqlariga qaytadan paxta tiqib chiqishgandi. Kim buyruq bergan? Viloyat hokimi. Xo'sh, o'sha viloyat hokimi xalqning oldida xijolat chekmaganmidi?

Xijolat chekmagan, chunki xalqni mensimaydi.

Ana shu xalqni mensimaslik va hurmat qilmaslik tufayli o'zbek tiliga ham e'tiborsiz munosabatda bo'lindi.

Menga qolsa, o'zbek tili va adabiyoti institutini Mustaqillik maydonining to'rida hashamatli qilib qurardim.O'zbek millati hayotidan tili va adabiyotini supurib tashlang nima bo'ladi? O'zbek xalqi yo'q bo'ladi. Suhbat avvalida aytganimdek, xalqning uchta asosi bo'ladi: oyog'i ostidagi eri, tili adabiyoti va din-u diyonati.

Xudoga shukr, erimiz, din-u diyonatimiz o'zimizga qaytdi, endi til va adabiyotimizni ham osmonga ko'tarib qo'yishimiz kerak.

Savolingizga javob shu, o'zbek tiliga e'tiborni o'zbek tili, adabiyoti va fol'klori institutiga e'tiborni kuchaytirishdan boshlash kerak.

Qachonki rahbarlar o'z tili va adabiyotini o'rgansa, keyin xalqini ham hurmat qiladi.

Til xalqning nomusi, tarix uning qomusi.

Suhbatni to'liq shaklda yuqoridagi video orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Suhbatning birinchi qismini o'qish

Manba: kun.uz

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube