O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Ikki fuqarolik haqida

Ikki fuqarolik haqida
25 Mayıs 2019 - 7:00 'da yuklandi va 636 marta o'qildi.

«Buyuk kelajak»ning Nur Parpiev (https://uzexpertsovet.com/team/parpiev-nur/) degan a'zosi bor ekan, u O'zbekistonda ikki fuqarolikni joriy etishni taklif qilibdi, uning taklifini O'zbekiston Milliy axborot agentligi (O'zA) e'lon qilibdi (http://uza.uz/oz/society/ikki-fu-arolik-ma-omi-yekhud-dunye-tazhribasiga-asoslangan-ya-23-05-2019?fbclid=IwAR0et5kfUuURcdp4G0loD43mD6lurI3ZQ6i31K1WUNItivXfHu2CG4UvsbI).

Aytyaptiki, agar AQSh, Kanada, Avstraliyada ishlagan vatandoshlarimiz qarilik gashtini O'zbekistonda sursa, ularning pensiyasi O'zbekistonga etkazib berilarkan — bu bizga qo'shimcha valyuta tushumi bo'larmish (yig'laging keladi — boshimizni AQShdan keladigan pensiya bilan aylantirishmoqchi…). Ikki fuqarolikka ruxsat berilsa, chet elda boyib ketgan vatandoshlar Vatanga qaytib, yangi uylar qurarmish, mashinalar olarmish, savdo-sotiq qilarmish — soliq tushumini oshirarmish. Mana, Isroil yaxshi namunamish — ikki davlat pasportiga ega yahudiylar qaerda bo'lmasin har doim Isroil manfaatlarini ko'zlab ish qilarmish, o'zbeklar ham shunaqa bo'lsa yomonmi, deydi Parpiev.

Men o'zimcha juda bag'rikeng odamman, hozirgi aksariyat rasmiy va norasmiylar taqiqlarga qarshiman o'zimcha, taqiqlardan foyda yo'q, deb hisoblayman. Lekin ikki fuqarolikka ruxsat berishga kelganda — yo'q, bunga qarshiman. Albatta, menda agar ham O'zbekiston, ham AQSh pasporti bo'lsa, juda qulay bo'lardi rostdan ham. Ammo Putin Rossiyasi omili borligi sabab men (ehtimol, faqat hozir) ikki fuqarolikka yo'q deyman. Gitler Ikkinchi Jahon urushi arafasida nemis millatiga mansub aholini himoya qilish bahonasi bilan Germaniyaga qo'shni mamlakatlarning erlarini bosib olganidek, Putin Rossiyasi Rossiya pasportiga ega fuqarolarni himoya qilish bahonasi bilan Gruziyaning ikki bo'lagini ajratib olgan, Moldovaning bir qismini falajlagan, Ukrainaning bir qismini bosib olgan, yana ikki qismini to'liq egallamoqchi. Masalan-da (https://www.eurointegration.com.ua/rus/articles/2019/04/25/7095627/).

Agar bizda hozir ikki fuqarolikka ruxsat berilsa, o'zbekistonliklarning qo'lida O'zbekistonnikidan so'ng eng ko'p Rossiya pasporti bo'ladi, AQSh yo Kanadaniki emas. Va Putin Rossiyasi Gruziya yoki Ukrainaga nisbatan qilgan harakatlarini O'zbekistonga ham qo'llamasligiga hech qanday kafolat yo'q. Putin hali ham sahnada ekan, MDHning hech bir mamlakati o'zini to'la erkin his qila olmaydi, O'zbekistonda esa ikki fuqarolikni joriy etib bo'lmaydi, menimcha. Amerika yo Avstraliyadagi vatandoshlarimizning pensiyalaridan umid uzib turishimizga to'g'ri keladi (va bu to'g'ri bo'ladi ham, hozircha).

PS. Rossiya, shubhasiz, buyuk mamlakat. Hozirgi Putin Rossiyasi shu achinarli, shu sharmanda, shu chirkin holatida ham yaqin-atrofidagi mamlakatlarga ozmi-ko'pmi farovonlik keltirmoqda — millionlab (!) vatandoshlarimizni (!!) ish bilan ta'minlab qo'yganining (!!!) o'ziyoq qanday natija (ammo bu Putin Rossiyasidan taraladigan qo'rquv, xavotir hissasini kamaytira olmaydi). Agar Rossiya erkin, demokratik bir mamlakat bo'lganida edi, yaqin-atrofidagi mamlakatlarning taraqqiyotiga ham qanchalik ko'p ijobiy ta'sir ko'rsata olishi mumkinligini tasavvur qilolmay, aql shoshadi.

Ilxomiddin Alimov

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube