O’zbekiston Xalq Harakati

Amir Temur o'zi yo'qligida bino qurilishini to'g'ri nazorat qilmaganlarni qatl qilgani haqida

Amir Temur o'zi yo'qligida bino qurilishini to'g'ri nazorat qilmaganlarni qatl qilgani haqida
25 Mayıs 2019 - 8:00 'da yuklandi va 425 marta o'qildi.

Amir Temur o'zi yo'qligida bino qurilishini to'g'ri nazorat qilmaganlarni qatl qilgani haqida.

Amir Temur 7 yillik yurishidan qaytganidan so'ng, ketishidan oldin Bibixonim masjidi qurilishini va Samarqandni nazoratini bir necha o'zi ishongan odamlariga, vazirlariga topshirib ketadi. Afsuski nafs balosiga yo'liqqan vazirlar va boshqa odamlar masjid qurilishida va boshqa ishlarda o'z manfaatlarini o'ylab kamchiliklarga yo'l qo'yishgan.

Amir Temur har safaridan qaytganidan so'ng Samarqand atrofidagi Konigil degan joyda katta bayram qilib, tomosha o'tkazgan. Shu tadbir davomida u kimlarnidir qilgan ayblari uchun jazolagan, boshqalarni esa xizmati uchun mukofotlagan. Shulardan birinchi bo'lib vazir Xo'ja Mahmud Dovud va Masjid qurilishini nazorat qilish topshirilgan Muxammad Jeld (Jo'ld?) o'z lavozimlarini suiste'mol qilganlikda ayblanib dorga osish orqali qatl qilinadi. Ularning barcha mol-mulki musodara qilinadi. Ulardan birini himoya qilib aybini to'rt yuz ming tanga (Pezant, Ispaniya qiroli elchisi Klavixo variantida) sotib olishga harakat qilgan yaqin lashkarboshilaridan birini esa yanada ko'proq to'lashi uchun qiynashni va to'lashga hech narsasi qolmaganda o'lguncha oyog'idan osib qo'yishni buyuradi.

Shuningdek u o'zi yo'qligida go'shtni va boshqa mahsulotlarni bir necha barobar qimmat sotganlardan ortiqcha qo'yilgan qimmat summasini tortib olib ularni jazolashni buyuradi.

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort