O’zbekiston Xalq Harakati

Men kimman

Men kimman
25 Mayıs 2019 - 8:30 'da yuklandi va 507 marta o'qildi.

Men kimman

O'tgan kuni tuman arxiviga tug'ilganligim to'g'risidagi ma'lumotdan ko'chirma olishga bordim. Anchadan buyon metrkamni qayoqqa qo'yganimni topolmayotgandim.

Arxivdagi sarg'aygan daptarda tug'ilganligim haqida ma'lomot bor ekan. Yaxshi.

Lekin ma'lumotda kutilmagan ma'lumotga duch keldim. Metrkamda, pasportimda, hamma hujjatlarimda otamning ismi Rahimovich deb yozilgan, ya'ni men Rahmatjon Rahimovichman.

Lekin arxivdagi ma'lumotda Rahmatjon Rahim deb yozilibdi. Yaxshi. To'g'ri. Men vich emasman!

Lekin menga tegishli barcha mulkiy hujatlarda Rahimovich deb yozilgan, arxivda esa vich emasman!

Asli pasportimni metrkamdagi ma'lumotga moslamoqchiydim.

Endi nima qilaman?
Tag'in o'ris tili davlatimiz rasmiy tili bo'lsin deysizlar! Qanaqa gap bu?!

O'sha, o'ris tili hukmron bo'lgan davrda hatto ism-shariflarimizning yozilishi naqadar buzilib ketdi.

Dunyoda ism-sharifi noto'g'ri yozilgan boshqa xalq bo'lmasa kerak, bizlardan boshqa.

Uyat. Uyat. Uyat.

Lekin uyalmay qo'yganmiz!

Tag'in buyuk olimlar, adiblar avlodimiz deysizlar! Buyoqda ismimiz xato yozilgan!

Rahimjon Rahmat

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • Axmad hoji Xorazmiy ;

    Rahimjonning bu yozgani quyidagilarni yozishga undadi meni:
    Men Axmad hoji Xorazmiy millatim 45 o'zbek bo'lgan, 1993 yildan esa turkman. Ukam Yusupboy Xasanov – o'zbek, undan keyingi ukam esa Shokir Abaev – turkman. Hammamiz bir ota-onadan tug'ilganmiz.
    Yuqoridagilar Sovet zamonidagi “savodxon”lik natijalari.

    25/05/2019 17:04
istanbul escort