O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Karimov xalqni gadoy qildi – sobiq mulozim

Karimov xalqni gadoy qildi – sobiq mulozim
24 Mayıs 2019 - 19:10 'da yuklandi va 1080 marta o'qildi.

O'zbekistonning birinchi va oxirgi Davlat kotibi Rahim Rajabov marhum Islom Karimov davrida davlat va xalq mulki talon-taroj qilingani, bitta avtomobil zavodi qurilishi deb mamlakatning butun-boshli og'ir va aviatsiya sanoatlari barbod qilinganini aytgan.

O'zbekiston Milliy axborot agentligi UzA bilan suhbatda sobiq davlat arbobi Karimov Asakadagi zavodni janubiy koreyaliklarga qanday sotgani haqida gapirib bergan.

“Asakada hozirgi avtomobil zavodimiz o'rnida traktorlarga pritsep chiqaradigan zavod qurgandik. Prezident Koreyaga bordilar. Bordilar-da, telefon qilyaptilar. “Man sani Asakadagi pritsep zavodingni koreyslarga sotdim”. Men aytdim: “Nega zavodni sotdingiz? Zavod ishlab turgan bo'lsa, Pritsepni chiqazish avtomobilni chiqazishdan qiyin. U yuk tashiydi. Avtomobil to'rt kishini tashiydi, u bir tonna tashiydi. Uning tormozlari, g'ildiraklari, diskalari baquvvat bo'lishi kerak. Men aytdim, shu zavodni orqasida paxta, jo'xori ekilgan dala, 45 gektar er kerak. Shu zavod devorining u yog'idagi daladan koreyslarga beraylik 45 gektar, qursin o'sha zavodni”. “Man va'da qildim”. “Ha, endi siz va'da qilgandan keyin nima deymiz, o'zingiz bilasiz, lekin man noroziman”.

Rahim Rajabovning eslashicha, uning o'zi Janubiy Koreyaga muzokaralar uchun borgan va Vazirlar Mahkamasidagi muhokamalarda yiliga 80-100 ming avtomobil ishlab chiqarish, narxini 3-4 ming dollar atrofida qilib belgilash haqida so'z borgan. Uning ta'kidlashicha, avtomobil zavodi qurilishiga doir hujjatlarda mashinalar narxi “3-4ming dollardan ko'p bo'lmasligi” yozib qo'yilgandi.

Ammo keyinroq narx-navoni hech kim nazorat qilmagan, korruptsion sxemalar ishga tushgan.

Rahim Rajabovning aytishicha, Islom Karimov bu narsalardan yaxshi xabardor bo'lgan. Sobiq davlat kotibi bu xo'jasizlikdan Karimovning o'zi ham manfaatdor bo'lganiga ishora qilgan, ammo so'zlarining isboti uchun hech qanday dalil keltirmagan.

“Rahmatli do'stim bu korxonalarning hammasi kerakligini bilardi. Ammo… Anavi – dang'illama uchastkalar, tog'dagi dam olish zonalari, milliard-milliard pullar qaerdan kelardi unda. Binolar-ku, ko'rinib turibdi, milliard dollarlarning ham bir qismini eshitayapmiz. Bu narsalarning hammasi – xalqni gadoy qilish evaziga keldi-ku. Shu ishlarni qilgan odamlar siyosatni olib bordi. Haliyam mamlakatimiz boy ekan, ko'p narsa bor ekan. Endi kelajakni, bolalarni o'ylashimiz kerak.

Siz mendan “Shuncha yil ishlab, biror korxonaning aktsiyasini olganmisiz”, deb so'rang. Yo'q. Sotib olganlarning ko'pchiligi muttaham, o'sha paytning o'zida pulini chiqazib olishgan. O'sha zavodlardan keyinchalik birorta og'ir mashina yoki traktor chiqibdimi? Hammasi o'ldi…” deya taassuf izhor qilgan sobiq arbob.

Do'stidan xafa

1997 yilda hukumatdan ketgan Rahim Rajabovning so'zlariga ko'ra, Islom Karimov boshqaruvidagi oxirgi ikki o'n yillikda O'zbekistonning sho'rolardan qolgan og'ir va aviatsiya sanoati yo'q qilindi, yirik davlat korxonalari va mol-mulki talon-taroj qilindi.

“Bir vaqtlar bizning zavodlar SSSRning istalgan korxonasidan ham yaxshi edi. Keyinchalik, Islom Abdug'anievich bitta menga achchiq qilib, og'ir sanoatni ham, aviatsiya sanoatini ham yo'qotib yuborgani yaxshi ish bo'lmadi. Ministrlar Sovetida mashinasozlik va og'ir sanoat bo'limi bor edi. Hatto shu bo'limniyam yopib yubordi. Zavodlarni esa muttahamlarning qo'liga berib, tugatdi. Hozir ham yaxshilab tekshirtirish mumkin: qani, ularni kim xususiylashtirib olgan ekan. Qonunda ham yozib qo'yilgan – korxonalar xususiylashgandan so'ng ham o'z yo'nalishida faoliyat yuritishi kerak edi. Masalan, “Algoritm” zavodi hozirgi valyutada 20-30 milliard dollarga baholanadi. U erdagi murakkab texnika va texnologiyalar, binolar-u, oromgohlar – hammasini qo'shsangiz, shunchaga borib qolardi. Uni kim, qaysi pulga sotib oldi, korxona ichidagi texnologiyalarni kim yo'qotdi? Bu savollarga bugun javob yo'q”, deb aytgan UzA bilan suhbatda Rahim Rajabov.

Rahim Rajabov bularning hammasini nazorat qilmagani uchun Karimovdan “xafaligini” aytadi.

Rahim Rajabov997 yilda nafaqaga chiqqan Rahim Rajabov O'zbekiston tarixidagi birinchi va oxirgi Davlat kotibidir.

“Joyi jannatdan bo'lsin-u, lekin do'stimdan xafaligim shundaki, u shu ishlarni nazorat qilmadi. Mamlakatga har tarafdan “och bo'rilar” yopishib, talab, bor narsaniyam yo'q qildi. Esingizda bo'lsa, zo'r chinni zavodimiz bor edi. U erda ishlab chiqarilgan chinnilarni men G.Kissenjer (AQShning sobiq davlat kotibi- tahr.)ga, Saddam Husaynga sovg'a qilganman. Shu zavod ham sotilib ketdi. Sotib olgan odam bilan keyinchalik og'ayni bo'lib qoldim. O'sha inson bir kuni, “Bilasizmi, Rahim aka, zavodni buzganimizda, undan chiqqan metall va g'ishtdan yana beshta zavod qursam bo'larkan”, deb qoldi. Shunaqa gaplar. Endi yana qaytadan chinni zavod qurilayotgan emish…

Oddiy xalqni – bojxonachimiz talasa, transportchimiz talasa, boshqasi Xitoydan bir so'mlik narsa olib kelib, o'zimizda 5 so'mga sotsa… Bu ishlar – maxsus qilingan edi. Lekin men unda ketib bo'lgandim…”

Rahim Rajabov kim?

82 yoshli Rahim Rajabov O'rta Osiy Politexnika instituti (hozirgi Toshkent davlat texnik universiteti-tahr.) da Islom Karimov bilan birga o'qigan, institut yotoqxonasida bir xonada yashagan va ishlab chiqarishdagi kar'erasini ham birga boshlagan.

“Uzbeksel'mash” va Toshkent ekskavator zavodida rahbar lavozimlarida ishlagan, sobiq SSSRning birinchi komp'yuteri ishlab chiqarilgan “Algoritm” zavodini loyihalash va qurilish ishlariga boshchilik qilgan, uni boshqargan.

1990 yildan 1997 yilda pensiyaga chiqqunicha O'zbekiston Vazirlar Mahkamasi raisining o'rinbosari, Davlat kotibi va bosh vazir o'rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Sobiq Davlat kotibining interv'yusi ijtimoiy tarmoqlarda turli mulohalazalarni uyg'otgan.

Xususan, uning Asaka zavodi tarixiga oid hikoyasiga munosabat bildirgan jurnalist va sobiq deputat Muhammadjon Obidov sobiq mulozimning so'zlari haqiqatligini savol ostiga oladi.

“Yolg'on! Asakadagi pritsep zavodi hali umuman qurib bitirilgan emasdi. Tekislab shag'al to'kilgan maydon tepasi beton plitalar bilan yopilgan edi, xolos. Atrofi ochiq edi. Bir dona ikki qavatli chog'roq bino-ma'muriyat binosi bor edi, xolos. Men “Axborot” muxbiri sifatida I. Karimov va DAWOO korporatsiyasi prezidentining Asakaga safariga hamrohlik qilganman. Barcha voqealar ko'z o'ngimda bo'lgan. Afsus…” deya izoh qoldirgan Bi-bi-sining Feysbuk sahifasidagi post ostida Muhammadjon Obidov.

O'zbekistonning rasmiy matbuoti so'ngi paytlarda Karimov boshqaruvining turli davrlarida hukumatdan ketkazilgan sobiq mulozimlarning chiqishlariga o'rin bermoqda.

Boshida bu chiqishlarda Karimov merosi haqida asosan ijobiy fikrlar bildirilgan bo'lsa, so'nggi paytlarda tanqid ohangining kuchaygani seziladi.

Manba: Bi-Bi-Si O'zbek

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube