O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Murojaat

Murojaat
25 Mayıs 2019 - 11:58 'da yuklandi va 778 marta o'qildi.

“OZODLIK” radiosining tahririyatiga
“Amerika Ovozi” radiosining tahririyatiga
“Bi-Bi-Si” radiosining tahririyatiga

Assalomu alaykum, Xurmatli Tahririyat! Assalomu alaykum, Hurmatli radio tinlovchilar! Men Toshkent shahar Chilonzor tumani 7-dahasi, 50-uy, 44-xonadonida yashovchi fuqaro, sobiq mahkum Tillaev Faxriddin Xabibullaevich bo'laman…

Men 2018 yil 12-may kuni, ozodlikka chiqqanimdan keyin, O'zbekiston Respublikasining Bosh Prokuraturasi qoshida tashkil etilgan, “Majburiy Ijro Bo'limi” bir guruh xodimlari tomonidan meni ta'qib va tayziqqa olish boshlandi.

Menga tegishli bo'lgan xonadonning mol-mulkidan, 7 million 235 ming 500 so'm miqdorida o'ndirib olish yuzasidan, 2012 yil 26 sentyabr' kuni Toshkent shahar Hamza tumani, “Jinoiy Ishlari Bo'yicha Sudi” tomonidan qaror chiqarilgan edi…. Oradan 6 yil o'tganiga qaramasdan, o'sha sudning qarorini ijrosini to'la ta'minlash maqsadida, Toshkent shahar Chilonzor tumani “Majburiy Ijro Bo'limi”ning xodimlari, oilam va farzandlarimni tinchligini buzib, xonadonimizga bostirib kirib kelishmoqda.

Ma'lumingizkim men 2014-2018 yillar davomida qamoqda o'tirib chiqqan bo'lsam-da, shunga qaramasdan “kommunal to'lovlardan qarzdorlik mavjud” deb Toshkent shahar Uchtepa tumani, “jinoiy ishlari bo'yicha sudi”ga “da'vo ariza” bilan murojaat qilishgan. Vaholanki, ushbu xonadonda mendan boshqa hech kimsa, “propiska” qilinmagan. Nega endi men qamoqda bo'lsam ham, “kommunal to'lov”larini to'lashim kerak ekan…?” Bu-mantiqqa to'g'ri kelmaydi-ku?

Men O'zbekiston Respublikasining Prezidenti va O'zbekiston Respublikasining barcha organlari va tashkilotlariga ariza va xatlar bilan murojaat qildim. Afsuski, hamma murojaatlarim Toshkent shahar Chilonzor tumani “Majburiy Ijro Bo'limi”ga kelib tushmoqda. Ular bo'lsa, “Siz hozirgi kunda qidiruvdasiz! Tuman IIBiga murojaat qilganmiz…”deb menga va oila va farzandlarimga nisbatan “ugroza” qilishmoqda.

Bundan tashqari, yuqorida ko'rsatilgan mablag'ni to'lashga hech bir imkoniyatim yo'qligi va sog'lig'im yomonlashganligi tufayli, O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoevga, yordam so'rab ariza bilan murojaat qildim. Bu arizam ham, Chilonzor tumani, “Majburiy Ijro Bo'limi”ga kelib tushgan. “Ahir har bir insonning murojaat ortida inson hayoti turibdi…” deb aytgan gaplari o'z isbotini topmayapdi.

Men hozirgi kunda Toshkent shahar Chilonzor tumani 7-mavze, 50-uy, 44-xonadonida 2019 yilning 1-yanvar' kunidan boshlab, yashamasligim va u erdagi, “kommunal to'lov hizmatlari uchun” to'lanadigan butun manbalarni to'htatishni so'rab, Chilonzor tumani, “Elektr energiya tashkiloti”, “Issiqlik-Otopleniya” ta'minoti va boshqa tashkilotlariga arizalar bilan murojaat qilganman. Biroq men hozirgi kunda, Surxondaryo viloyati Boysun tumani “Ariq-Usti” mahallasida Ota-Onamning nomida bo'lgan, honadonda farzandlarim va oyilam bilan yashab kelishimga qaramasdan, Toshkent shahar Chilonzor tumani “Majburiy Ijro Bo'limi”ning xodimlari tomonidan, har ikki kuning birida, mening qo'l telefonimga, (+998946871939) telefon qilishib, bu erda ham, tinchimizni buzib kelishmoqdalar. Bu ham etmaganidek, Boysun tumani “Majburiy Ijro Byurosi” tomonidan, “Siz “tabiy gazdan” 5 million 495 ming so'm miqdorida qarzdorsiz” deb “ogohlantirish xati” yubormoqdalar.

“Ahir men bu erda, “propiska”da bo'lmasam, yoqilmagan gaz uchun, nega men qarzdor bo'lishim mumkin?” desam ular “Siz shu xonadondda yashamasangiz ham, to'lashingiz shart”deb meni yo'q joydan qarzdor qilmoqdalar.

“Ohirgi natijalarim va umidim so'nmasin” deb Sizlarga murojaat qilmoqdaman. O'zbekistonda sobiq mahkumlarga bo'lgan e'tiborni butun halqimiz eshitib ko'rishlarini istayman. Shuning uchun, hurmatli radio tinglovchilariga havola qilmoqdaman. E'tiborlaringiz uchun katta rahmat!

Faxriddin Tillaev

E-mail: Fahriddin71@mail.ru,
Fahriddintillaev7@gmail.com

25.05.2019.y

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • xakikat ;

    Faxriddin aka tinchgina chetga chikib keting aka,bular sizga tinchlik bermaydi yana kamashadi yoki uzingiz kasal topib ulib ketasiz,bu Uzbekistonga kargish tekkan,Mirziyoevgayam boshkasigayam yozganingizni foydasi yuk,Mirziyoev deganingizni uzi xalk dushmani,bu odam kancha odamlarni uyini buzgan buzgunchiku,nima bu bratan kurmayapdi eshitmayapdi deb uylaysizmi

    25/05/2019 18:11
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube