O’zbekiston Xalq Harakati

Sherxon

Sherxon
25 Mayıs 2019 - 17:50 'da yuklandi va 432 marta o'qildi.

USMON ERGASh

 

Sh E R X O N

MASAL

O'rmon hukmdori –
savlatli zo'r Sher,
Minbardan: “Men xalqning panohiman!” der.
U emas minbarlar sayraydi harchand,
Erk bilmagan millat va'dadan xursand.
“Dunyoning ta'mali, deydi, adolat,
Adolat buzulsa, har narsa barbod.
Zulm bilan aslo yurt bo'lmas obod,
Ma'murlik kaliti mehnat va sabod”.
Mas'uliyatsiz tillar so'zga ko'p chechan,
Go'zallar sochidan eshadi pichan.
Amalda barchasi eski hammom, tos,
Tovuq echki tug'ar, tuyaqushlar g'oz.
Ha, shunaqa; o'rmonning qonuni sobit,
Sherlar kelib ketar, qolar burga, bit.
Sher qasrini qo'rir bo'ribosarlar,
Yaqin yo'laganni darhol osarlar.
Burga bilan itning degani degan,
Xalqning yiqqanini shoqollar egan…
Sherning xabarchisi qarg'a qaqimchi,
Mayna manglayqora, eski chaqimchi.
Jarchisi hovliqma o'g'ri bir Hakka,
Vahima soladi har bir yurakka.
Saltanat ishiga Tulkiboy tayyor,
Xalqni aldar doim va'z bilan ayyor.
Qashqir shug'ullanar ta'minot bilan,
Sherni siylar goh qo'y, gohi ot bilan!
Qay kun qurbon bo'lar to'rt juft parranda,
Quyon tutishni ham qilmaydi kanda!
Qashqirning himmati bilan Sher xoqon,
Suvning o'rniga ham ichar qaynoq qon!
Nonning o'rniga ham doim go'sht eydi,
Shu bois Qashqirni “Chin do'stim!” deydi!

Albatta, bu masal rivoyat, qissa,
Alqissa, qissadan chiqadi hissa.
Sodda el nazdida Sherxon bo'lgach oq,
Adolat bobida yagona va toq.
Desalar; saltanat ishida chevar,
Faqir-fuqaroni jonidan sevar.
Go'llarning havosi Sherxonni buzar,
Havolangan Sherxon nag'malar tuzar.
So'ngida qochadi Sherxonning hushi,
Biz deymiz; barchasi qashqirlar ishi!
Aslida barchasi uning farmoni,
Har kun to'kiladi jonzotlar qoni!…

* * *

Aytarlar: “Mustaqil yurt bo'ldi yurtim!”,
Aslida, dardlarga to'ldi bu yurtim!

Yana taxtda o'sha eski lo'ttivoz,
Masxaraboz, kunta, dalla, bachchavoz.

Rostini aytayin, do'stlar, jo'ralar,
Yon bosmagan bizga hokim, to'ralar.

Xalqning molu mulkin yotib, eydilar,
Oru nomusini sotib, eydilar.

Qora xalqqa qarab, itday, hurarlar,
Etti pushti uchun saroy qurarlar.

Alar farmonida doim hirsining,
Xizmatida doim mal'un iblisning.

Poraxo'r, o'g'rining keldi davroni,
“Hur” bo'lib ham unmas elning armoni.

Mullolar xutbada “Qul bo'lgin!” deydi,
“Taqdirga tan bergin, kul bo'lgin!” deydi.

Din aylandi kazzobning yarog'iga,
Nish sancharlar, el ko'zi, qarog'iga.

Bag'irlar sitamdan bo'ldi ming pora,
Qama-qamalardan yuraklar yora!

Tokaygacha, holat etadi davom,
Tokaygacha, yalchimas bu millat – avom?!

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort