O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Mustaqil jurnalist va huquqbon Malohat Eshonqulova Zomin hokimiyatida to'rt soat ushlab turildi

Mustaqil jurnalist va huquqbon Malohat Eshonqulova Zomin hokimiyatida to'rt soat ushlab turildi
25 Mayıs 2019 - 18:04 'da yuklandi va 857 marta o'qildi.

MUSTAQIL JURNALIST VA HUQUQBON MALOHAT EShONQULOVA
ZOMIN HOKIMIYaTIDA TO'RT SOAT UShLAB TURILDI

25 may kuni Zomin tumani hokimiyati, prokuraturasi va IIB vakillari mustaqil jurnalist va huquqbon Malohat Eshonqulovani hokimiyat binosida to'rt soat ushlab o'tirishdi. Bu haqida huquqbonning o'zi va uning yonida borgan Qutlug'qiz Balxibaeva xabar qilishdi.

Amaldorlar (xususan ichki ishlar bo'limi vakili Vohid Eshbekov) tuman hokimi Alisher Abdug'aniev tomonidan mahalliy prokuratura va IIBga qilingan rasmiy murojaat (tuman hokimi to'g'risida ijtimoiy tarmoqlarda yolg'on materialni efirga uzatish) yuzasidan huquqbondan tushuntirishnoma yozishni talab qilishgan.

Malohat Eshonqulova hokimning da'vo arizasini ko'rsatishni, uni tanishish uchun berishni talab qilgan. Lekin prokuratura va IIB vakillari hech qanday ariza ko'rsata olishmagan. Shundan so'ng M. Eshonqulova: “Ustimdan yozilgan deb aytilayotgan da'vo arizasini ko'rmagunimcha va u bilan tanishmaganimcha, hech qanday tushuntirish xati yozmayman”, – degan ma'noda tushuntirishnoma yozgan.

Malohat Eshonqulovaning aytishicha, u tuman hokimiyatiga aldov yo'li bilan chaqirtirilgan. “O'tgan haftada uyimga o'zlarini Zomin tuman hokimiyati yuristi Akbar O'rolov va ichki ishlar bo'limi Terrorizmga qarshi kurashish bo'linmasi boshlig'i Nuriddin Haydarov, deb tanishtirgan ikki kishi keldi. Ular zominlik tadbirkor Nishonboy Xudoyberdievning do'kon va uylari noqonuniy tarzda buzilgani haqidagi videolavham yuzasidan tuman hokimi Alisher Abdug'aniev chaqirayotganini aytishdi. A. O'rolov va N. Haydarov tuman hokimi tadbirkor bilan mening guvohligimda uchrashishni, tadbirkorga etkazilgan zararni qoplashni rejalashtirayotgani va bu haqida yangi videolavha tayyorlash imkoni borligini aytishdi. Lekin ularning gaplariga ishonib, Zomin tumani hokimiyatiga borganimda aldov yo'li bilan chaqirtirilganimni bildim”, – dedi Malohat Eshonqulova.

“Men, sherigim Qutlug'qiz Balxibaeva, tadbirkor Nishonboy Xudoyberdiev, uning advokati Mahmudjon Iskandarov bilan tuman hokimiyatiga borganimizdan keyin bizni bir soatcha kuttirib qo'yishdi. Keyin birdaniga IIBning tezkor xodimlari qo'llarida videokameralar bilan kirib kelib, meni suratga ola boshlashdi. Hokim kelmadi, zarar qoplanmadi, tadbirkor tashqariga chiqarib qo'yildi. Mendan esa ustimdan yozilgan qandaydir ariza yuzasidan tushuntirishnoma talab qila boshlashdi”, – dedi M. Eshonqulova. Uning aytishicha, to'rt soat davomida Zomin tumani hokimiyati huddi favqulodda vaziyat sodir bo'lgandek kamuflyajli va qurolli harbiylar bilan qurshab turilgan. “Ola-bula kiyimli va qurolli harbiylarni chetdan ko'rgan odamlar: “Zominga Ben Laden kelgan”, deb o'ylagan bo'lishlari ham mumkin. Chunki tuman hokimi vahimaning juda kattasini uyushtirdi”, – dedi M. Eshonqulova.

Bu voqealarga guvoh bo'lgan tadbirkor Nishonboy Xudoyberdievning aytishicha, talabgorlar orasida Zomin tuman hokimiyatning voyaga etmaganlar (!!!) bilan ishlash bo'limi boshlig'i Yo'ldosh Shamsiev ham bo'lgan.

SURATDA: o'zlarini Zomin tuman hokimiyati yuristi Akbar O'rolov (oq qo'ylakli) va ichki ishlar bo'limi Terrorizmga qarshi kurashish bo'linmasi boshlig'i Nuriddin Haydarov (qora ko'ylakli), deb tanishtirgan kishilar o'tgan haftada Toshkentda Malohat Eshonqulovani Zomin tuman hokimiyatiga chaqirayotgan payt.

Bobomurod ABDULLA
2019 yil 25 may

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube