O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Vazirlar mahkamasi Oliy Majlis deputatlarini qanday aldadi?

Vazirlar mahkamasi Oliy Majlis deputatlarini qanday aldadi?
25 Mayıs 2019 - 21:43 'da yuklandi va 752 marta o'qildi.

Bi-Bi-Si radiosining xabar berishicha, kunduz kuni chiroq yoqib yurishga jarima solish uchun deputatlarga boshqa sabab va ma'lum transport vositalari ko'rsatilgan. Qarorda esa jarima barcha transport vositalariga qo'llanilgan. Jarimalardan tushgan pullarning bir qismi esa ichki ishlar rahbariyati va xodimlarini rag'batlantirishga sarflanadi.

Oliy Majlis deputati Abdurashid Abduxoliqovga ko'ra, ijro hokimiyati kunduz kuni chiroq yoqib yurmaganlarni jarimaga tortish qoidasini joriy qilishda deputatlarni chalg'itgan.

Jarimani kiritayotgan payt deputatlarning roziligini olish uchun boshqa sabab bahona qilib ko'rsatilib, ko'pchilik ovozi olingan.

“Jarimani biz avtobuslarda yoqilishi majburiy bo'lganda, kolonna yoqib yurishi majburiy bo'lganda, deb belgilaganmiz. Hamma shofyorlar yoqib yuradi, degan qoida u payti yo'q edi. O'shanda jarimani kiritganidan keyin, nechta avtobus bor, nechta qolonna yuradi? Soni oz, aholi bunga tushib qolish ehtimoli kam, lekin xavfsizlikka foydasi bo'lgani uchun kiritganmiz”, deydi u.

Biroq O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9 apreldagi №292-sonli qarori bilan yo'l harakati qoidalariga kiritilgan o'zgartirishlarda kunduzi chiroq yoqish talabi barcha avtomobillarga nisbatan qo'llanilgan.

Abduxoliqov ushbu masalaga Adliya vazirligi tomonidan yaxshilab e'tibor berilishi kerak ekanligini ta'kidlagan. Chunki Adliya vazirligi davlat tashkilotlari chiqargan qarorlarni ekspertizadan o'tkazadi.

Jarimadan tushgan pullar bilan IIV rahbariyati rag'batlantiriladi

Bundan tashqari kiritilgan jarimalardan tushgan mablag'larning bir qismi ichki ishlar rahbariyati va xodimlarini rag'batlantirishga yo'naltirilishi ma'lum bo'ldi.

“O'zbekiston” kanalida 24 may kuni efirga uzatilgan “Munosabat” ko'rsatuvi haydovchilarning keskin noroziligiga sabab bo'layotgan kunduz kuni avtomobil' chirog'ini yoqib yurish qoidalariga bag'ishlandi.

Unda gapirgan Oliy Majlis deputati Abdurashid Abduqodirov yangi tartibni qo'llashda idoraviy manfaatga e'tibor qaratdi.

“Balki bunaqa niyatlari yo'qdir, lekin idoraviy manfaatdorlik degan tushuncha ham bor qonunchilikda. U yo bu nuqtai nazardan manfaatdorlik bo'lishi mumkin. Qarorni qabul qilayotganlarida bu narsa ko'zda tutilmagandir, lekin jarimalardan ichki ishlarning ikkita jamg'armasiga ma'lum foiz ulush ajratiladi”.

Deputatga ko'ra, Davlat yo'l harakat xavfsizlik xizmati xodimlari va rahbarlarini moddiy rag'batlantirish jamg'armasiga jarimadan tushadigan mablag'ning 10 foizi tushadi. Boshqa punktlari bo'yicha, 8 foizdan 55 foizgacha jarimalardan mablag' ajratiladi.

Abdurashid Abduxoliqov yong'in xavfsizligi va ichki ishlar vakili bergan statistik ma'lumotlarning chiroqlarni yoqib yurishga daxli yo'qligini ham aytgan.

“Qaror may oyidan kuchga kirdi. Qarorni oqlab qanday qilib oxirgi 4 oyda avariya holatlari kamaydi, deb aytyapsiz?”, degan u.

Qonunchilik palatasining boshqa hokimiyat idoralari tomonidan chuv tushirilishi ilk marotaba uchrayotgani yo'q.

Xalq orasida “Avtotest” qonuni, deya mashhur bo'lgan yuridik shaxslar uchun malaka sertifikati borasida ham shunga o'xshash holat bo'lgani aytiladi.

7 may kuni kun.uz saytida chop qilingan va keyinchalik olib tashlangan maqolada senatorlar qonunni deputatlarning tahririni o'zgartirib qabul qilgani yozilgandi.

“Holbuki, fevral' oyi boshida Qonunchilik palatasi deputatlari «O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risida»gi kodeksning 135-moddasiga o'zgartish kiritish haqida»gi qonun loyihasini ikkinchi o'qishda ko'rib chiqib, qabul qilishgan, tahrirga ko'ra barcha haydovchilardan malaka oshirganlik to'g'risidagi sertifikat talab qilinishiga chek qo'yilishi nazarda tutilgandi”, deyilgan maqolada.

Biroq Senat tomonidan qabul qilinib, Prezidentga imzo chektirish uchun olib kirilgan qonun buning tom tersini ta'kidlaydi.

“Bu erda o'z-o'zidan bir necha savollar paydo bo'ladi. Deputatlar qabul qilgan qonun boricha qabul qilinib Senat tomonidan qabul qilingan bo'lsa, qanday qilib u o'zgarib ketdi? Bu o'zgarishdan, barcha yuridik shaxs haydovchilaridan malaka oshirishdan o'tganligi to'g'risidagi sertifikati bo'lishi lozimligidan kimlar manfaatdor?

Deputatlar tahrirlagan qonun loyihasi qaerda? Ularning o'zlari bu haqda nega jim?”, deya savol bergandi kun.uz jurnalisti.

O'XH axborot bo'limi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube