O’zbekiston Xalq Harakati

Tilimizni tuzataylik

Tilimizni tuzataylik
26 Mayıs 2019 - 9:00 'da yuklandi va 396 marta o'qildi.

Oh,voh

Ism-sharifimizdagi xatoliklarni tuzatish tadbirini qachon ko'ramiz?!

Deyarli barchamizning yo ismimizda yoki sharifimizda qo'pol o'rislashgan xato bor!

Hech jahonda nomimiz ham xato yoziladimi, a?

Bu illatga men chidamay ketyapman, uyatdan betim qizaryapti!

Dadam rahmatlining ismini Rahimdjon deb yozishgan ekan!

Nega tilchilarimiz, olimlarimiz, ziyolilarimiz talqon nos chekkandek jim?!

Nega ular tilimizdagi chalkashliklarni yo'qotishga, tuzatishga bel bog'lab harakat qilishmaydi?

“O'lim qoldingmi?! Tur o'rningdan!”- deya uyg'otardi onam yoshligimda, agar vaqtida uyg'onmasam!

Ho'sh,birodarlar, nima qilamiz?! Noto'g'ri ism bilan madaniylashdim, Gulhayo edim, Gulya bo'ldim, Sohib edim, Slavik bo'ldim deb yuraverasizlarmi?

Nega gurji va armanilarning ism-sharifida rus tili tasiri yo'q?!

Nega Akopyan Akopov bo'lmadi, nima uchun Georgadze Georgadziev bo'lib o'zgarmadi?!

Nega biz turkiylarning tili tashqi tasirga chidamsizlik qildi?!

Og'zimdan faqat nega degan savol otilib chiqyapti?

Ulug' allomal avlodimiz degan gapni bas qilinglar!

Oinaga qarasalaring kimning avlodi ekanliklaringni ko'rasizlar!

Tilimizni tuzataylik! Til buzilsa, sosiologlarning aytishicha, dil buzilarkan.

Shunaqa.

Rahimjon Rahmat

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort