O’zbekiston Xalq Harakati

DXX chegaradan kiritmagan parlament sobiq deputatini IIV qidiruvga berdi

DXX chegaradan kiritmagan parlament sobiq deputatini IIV qidiruvga berdi
26 Mayıs 2019 - 16:42 'da yuklandi va 642 marta o'qildi.

O'zbekiston parlamentining sobiq deputati, muxolif siyosatchi Nasrullo Sayyid Ichki ishlar vazirligi tomonidan qidiruvga berildi. Shu yilning 20 aprel' kuni Istanbuldan Toshkentga uchib borgan sobiq deputat DXX tomonidan Turkiyaga qaytarib yuborilgandi.

Toshkentdagi xalqaro aeroport va boshqa joylarga osilgan “Diqqat qidiruv” e'lonlarida Nasrullo Sayyid ro'yxatning boshida turganini ko'rish mumkin.

E'tiborli tomoni qidiruvdagi deputatning hozirgi manzili va telefon raqamlarigacha berilgan. Bundan tashqari deputat “meni ushlanglar”, deb o'z oyog'i bilan Toshkentga uchib borgan.

Bi-bi-si O'zbekiston kuch idoralari tomonidan qidirilayotgan Nasrullo Sayyidga, qidiruv e'lonida ko'rsatilgan raqamlarga qo'ng'iroq qilib bog'landi.

“Masxarabozlikni qarang. Qidirilayotgan shaxs, qaerda ekanligi noma'lum bo'lgani uchun qidirilmaydimi? Ular mening manzilim va telefon nomerimgacha aniq yozib qo'yishibdi. Kelib olib ketishmaydimi”, deydi u.

Nasrullo Sayyid O'zbekiston huquq-tartibot organlaridan qochib yurmagani, aksincha ularning oldiga borishda DXX chegara xizmati to'sqinlik qilganini aytadi.

U shu yilning 20 aprel kuni Toshkent xalqaro aeroporti kelgan vaqtida ham qidiruvda bo'lgan. Biroq DXXning chegara xizmati uni O'zbekiston ichiga kiritmagan.

“Toshkentga uchib borganimda DXX xizmatchisiga “meni Ichki ishlar va Bosh prokuratura qidiruvga bergan, ruxsat ber ularning oldiga o'tayin, meni ushlashsin”, dedim. Lekin gapimga quloq solmadi. Meni Istanbulga qaytarib yuborishdi”, deydi O'zbekiston parlamentining sobiq deputati.

Nasrullo Sayyid Jinoyat kodeksining 4 moddasi bo'yicha ayblanib qidiruvga berilgan:

Nasrullo Sayyid Toshkent aeroportiga ilingan ro'yxatning boshida turibdiNasrullo Sayyid Toshkent aeroportiga ilingan ro'yxatning boshida turibdi

O'zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish, qonunga xilof ravishda jamoat birlashmalari tuzish, jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish hamda diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish.

Bi-bi-si vaziyatga aniqlik kiritish uchun O'zbekiston Bosh prokuraturasiga murojaat qilgan.

Mulozimlar hozircha ushbu savolga javob bergani yo'q.

2019 yil 20 aprelida Istanbuldan Toshkentga uchib borgan Nasrullo Sayyid aeroportda bir necha soat ushlab turilgan, O'zbekistonga kiritilmaganining qonuniy sabablari uning o'ziga ma'lum qilinmasdan Turkiyaga qaytarib yuborilgan.

Tarixiy Mustaqillik deklaratsiyasini qabul qilgan va mamlakat Mustaqilligini e'lon qilgan O'zbekiston parlamentining a'zosi, muxolifatdagi “Erk” Demokratik partiyasining Buxoro viloyat bo'limi rahbari Nasrullo Sayyid 2005 yilgi Andijon hodisalaridan keyin vatanni tark etishga majbur bo'lgan.

Bunga taniqli taniqli hofiz Dadaxon Hasanning 2005 yilgi Andijon qirg'iniga bag'ishlab aytgan qo'shig'ini tinglagan, degan ayblov bilan Nasrullo Sayyidning ustidan jinoyat ishi ochilgani, ayni ayblov bilan Buxoro viloyatida bir necha insonni qamashgani sabab bo'lgan.

Siyosatchi Kanadada boshpana topgan.

Nasrullo Sayid biror bir jinoyat sodir etmagani, o'ziga nisbatan qo'zg'atilgan jinoyat ish mantiqsizlik ekani haqida O'zbekiston parlamenti, mas'ul vazirlik va idoralariga ko'plab marotaba murojaat qilgan.

Faol Kanadada yashayotgan bo'lsa-da, u mamlakatning fuqaroligini olmagan.

Ammo Nasrullo Sayyidga O'zbekiston fuqaroligidan mahrum etilganini xabar qilishgan va Kanada pasporti bilan Vataniga bora olishi mumkinligini aytishgan.

Shundan keyingina Kanada fuqaroligini olib, sayyoh sifatida O'zbekistonga borgan Nasrullo Sayyidni Toshkent aeroportida ushlab turishgan.

U O'zbekistonga kiritilishi sababi tushuntirilmagan va rus tilida yozilgan, Chegara nazorati zobitining imzosi bor, ammo “O'zbekiston Havo yo'llari” shirkati vakilining imzosi qo'yilmagan qog'oz bilan Turkiyaga qaytarib yuborilgan.

Manba: Bi-bi-si O'zbek

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort