O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Malohat Eshonqulova: “Manzilga etib keldikmi, hurmatli prezident?”

Malohat Eshonqulova: “Manzilga etib keldikmi, hurmatli prezident?”
26 Mayıs 2019 - 23:23 'da yuklandi va 950 marta o'qildi.

MALOHAT EShONQULOVA: “MANZILGA ETIB KELDIKMI, HURMATLI PREZIDENT?”
(Shavkat Mirziyoevga Ochiq xat)

Muhtaram Shavkat Miromonovich!

Siz tayinlagan hokimlar orasida fuqaroning uyini, do'konini yoki korxonasini buzmagani, fermerning erini tortib olmagani qoldimi? Qaerga qarama, hokim fuqaroning uyiga bul'dozer torttirgan, do'konini tekislagan yoki ekinini payxon qilgan. Siz tayinlagan hokimlar O'zbekiston tarixida “uybuzar”, “do'konbuzar” va “erbuzar” nomini olib ulgurdi-ku!

Siz tayinlagan ayrim hokimlar makru hiyla ishlatmasdan, aldamasdan ishlay olmaydimi? Qay biriga qarama, oddiy odamlarni qaqshatgani qaqshatgan, ularning quloqlariga lag'mon ilgani ilgan!

Respublikadagi barcha hokimlarni shaxsan o'zingiz tayinlashingiz sir emas. Bu lavozimlarga ishonchingizga kirgan odamlarni qo'yishingizni ham bilamiz. Siz tug'ilib o'sgan Zomin tumaniga boshqalardan yaqinroq kishingizni hokim qilib qo'yganingizga ham shubham yo'q.

Shu yilning 18 may kuni Zomin tumani hokimi Alisher Abdug'aniev hokimiyat yuristi Akbar O'ralov hamda Ichki ishlar bo'limi terrorizimga qarshi kurash bo'linmasi boshlig'i Nuriddin Haydarovlarni yonimga jo'natib, meni o'z huzuriga chaqirtirdi.

Abdug'anievning choparlari menga: “Zominlik Nishonboy Xudoyberdievning uyi buzilishi bilan bog'liq masala yuzasidan hokimiyatda kelishuv bo'ladi. Hokim buva sizni kuzatuvchi sifatida ishtirok etishingizni so'rayapti. Hokim Nishonboy Xudoyberdievga etkazilgan zararni beradi. Sizda adolat tiklangani haqida yangi lavha qilish imkoniyati paydo bo'ladi”, – deyishdi.

25 may kuni Zomin tumani hokimiyatiga borganimda, Abdug'aniev tomonidan aldanganligimni angladim. Chunki hech qanday kelishuv ham, yig'ilish ham bo'lmadi. Hokim esa qorasini ham ko'rsatmadi.

Tuman hokimiyatining xotin-qizlar qo'mitasi raisi Nodira Fayzievaning xonasiga kutayotganim hokimbuva o'rniga komuflyaj kiygan, yarmi fuqaro kiyimidagi, qolgan yarmi militsiya formasidagi 7-8 kishi qo'lida kishan va videokamera bilan bostirib kirdi. Vohid Eshbekov degan tergovchi hokimiyat binosida meni tergashni boshladi.

Qachondan beri tergovchilarning dastlabki surishtiruv ishlari tuman hokimiyatida olib boriladigan bo'ldi? Bu hol hokim Alisher Abdug'anievning innovatsion tashabbusimi? Dastlabki surishtiruv ishlari voqea sodir bo'lgan joy, ya'ni Toshkentda o'tkazilishi kerakligi haqidagi qonun talabi qaerda qoladi unda? Yoki Zomin tumani hokimi, IIB va prokuratura rahbarlari qonunni sariq chaqaga ham olishmaydimi?

Emishki, men tumanda noqonuniy uy va do'konlar buzilishi haqida lavha tayyorlab, prezidentning ishonchli vakili bo'lmish Alisher Abdug'anievni el oldida obro'sizlantirgan emishman.

Hurmatli prezident!

Aytingchi, tumanni, viloyatni, yurtni kim sharmanda qiladi? Shu erdan chiqqan fohisha, o'g'ri, qotillarmi yoki o'sha fohisha, o'g'ri, qotillar haqida maqola yozgan jurnalistlarmi?

Zominni kim sharmanda qilayapti? Bir nochor oilaning bor yo'g'i 2 sotixgina tomarqasini tortib olib, mulkiga bul'dezor solgan Alisher Abdug'anievmi yoki uning noqonuniy harakatlari haqida tanqidiy lavha tayyorlagan Malohat Eshonqulovami?

Prezidentni kim sharmanda qilayapti? Tadbirkorning do'konini ming bitta bahonalar bilan buzdirtirgan va uch yillab tavon pulini to'lamay kelayotgan hokimmi yoki mana shu bedodlik haqida bong urgan jurnalistmi? O'z vaqtida to'lanmagan kompensatsiya puli 3 yildirki inflyatsiyaga uchramadimi? Buning ortidan fuqaro moddiy va ma'naviy zarar ko'rmadimi?

Muhtaram Shavkat Miromonovich!

“Jurnalistlar! Muammolarni ochib beringlar, ularni tanqid qilinglar!” – deb matbuot ahliga yuzlangan Siz emasmi? Shu gapingizga ishonib, muammolarni tanqid qilganlarning qo'llariga kishan solish payti keldimi? Manzilga etib keldikmi, hurmatli prezident?

Men Alisher Abdug'anievga taalluqli video lavhani Toshkent shahrida montaj qilganman va Toshkent shahrida internet tarmog'iga joylashtirganman. Shunday ekan, Zomin tuman hokimining menga nisbatan yozgan arizasini qonunchiligimizga muvofiq voqea sodir bo'lgan joyga, Toshkent shahar IIBga va yo Chilonzor tumani yoxud Mirza Ulug'bek tuman ichki ishlar bo'limiga yuborish va dastlabki surishtiruv ishlarini qonun qolipida olib borish shunchalar mushkulmi?

Muhtaram Prezident!

Bilamiz, odamlarning uylarini, do'konlarini, erlarini Siz buzdirayotganingiz yo'q. Hokimlaringiz buzdirayapti.

Lekin hokimlaringiz Sizning ruxsatingizsiz hojatga ham bormasligini hamma biladi-ku. Siz e'lon qilgan Rivojlanishning 5 strategiyasida odamlarning uyini buzdirish, erini tortib olish va do'konini tekislatish yo'q edi, chog'i…

Bordi-yu, Siz hokimlarga izn bermagan bo'lsangiz, nahotki, Siz tayinlagan hokim Alisher Abdug'aniev Siz tug'ilib o'sgan Zominda fuqarolarning uylarini noqonuniy buzdirayotganidan, do'konlarini g'ayriqonuniy tekislatayotganidan bexabar bo'lsangiz?

Shavkat Miromonovich! Men shunga aminmanki, Zomin tuman hokimi Alisher Abdug'anievga tepadan izin berilmaganida edi, u meni aldab chaqirib, hokimiyat binosida tergov qildirishga jur'at etmagan bo'lardi.

Hurmatli Prezident!

Ota yurtingizdagi bu mojarolardan rostdan ham bexabar bo'lsangiz, men Sizga bu haqida xabar berayapman. Odamlarning uylari va do'konlarini noqonuniy buzdirayotgan hokimingiz Alisher Abdug'anievga nisbatan chora ko'rasiz, degan umiddaman.

Zero, Sizga faqat Alisher Abdug'aniev emas, undan aziyat chekayotgan zominliklar ham yurtdoshdir.

Hurmat ila,

Malohat EShONQULOVA,
mustaqil jurnalist va huquqbon
26.05.2019

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube