O’zbekiston Xalq Harakati

SPIEGEL: Nega janob Abdullaev o'z mamlakatidagi islohotlarga ishonmaydi

SPIEGEL: Nega janob Abdullaev o'z mamlakatidagi islohotlarga ishonmaydi
28 Mayıs 2019 - 20:44 'da yuklandi va 1197 marta o'qildi.

O'zbekistonda diktatura hukmronlik qilib kelgan, va davlat uni bartaraf qilmoqchi. Lekin uning uddasidan chiqarmikan? Chunki hozir ham, yangi hukumat qo'l ostida ham o'sha zo'ravonliklar, o'sha qiynoqlar davom etib kelmoqda, deydi janob Abdullaev. Uning o'zi ham shu qiynoqlardan aziyat chekkan. Endi Germaniya Bundesprezidenti Frank-Valter Shtaynmayyor mana shu mamlakatga tashrif buyuradi.

Toshkent va Andijondan Kristina Hebel (Christina Hebel) xabar beradi.

Bobomurod Abdullaev uch kun davomida  yalang'och holatda bir kamerada saqlangan. Sovuqdan qaqsharkan, qaerdaligini va nima sababdan qamalganini bilmagan. Abdullaevni Toshkentda, o'z uyi oldida boshiga qop kiydirib va urib mashinaga solib ketadilar.

Abdullaev birdaniga holatni anglaydi va uni MXX qo'lga olganini tushunadi. Uch kundan keyin Abdullaev Gvardeyskiy” deb nom olgan MXXning mash'um qamoqxonasiga hibs etilganini anglaydi. Bu voqea 2017 yili, bundan ikki yil oldin sodir bo'lgan.

Ikki qator devor va panjara bilan o'ralgan, yorqin ranglarga bo'yalgan bu bino “siyosiy” mahbuslar, ya'ni Karimov rejimiga qarshi bo'lganlarga nisbatan qiynoq o'tkazishi bilan mashhur. May oyining tongida Toshkent ko'chalarida o'zining eski avtomobilida men bilan kezar ekan Abdullaev: “Jabrlanganlarning ko'pi, inson huquqlari faollari, muxolifatchilar, tahmin etilgan va haqiqiy diniy faollar, jurnalistlar u erdan uylariga qaytmaganlar”, – deydi. 46 yoshli jurnalist Abdullaev juda qisqa va o'ta past ovozda unga qo'llanilgan qiynoqlar haqida aytib berdi.

Abdullaev uzoq yillar mobaynida: “Ular bir kunibaribir ortimdan kelishadi”, – degan fikr bilan yashagan. “Har bir maqolamni yozarkanman, bu maqolam umrimdagi oxirgi maqolam, degan havotir bilan, ular meni qo'lga olishiga tayyorgarlik ko'rish bilan yashadim”, – deydi jurnalist. 2016 yil hukumat tepasiga Shavkat Mirziyoev kelgandan keyin vaziyat biroz engillashganday bo'ldi, chunki u yangi islohotlarga so'z berdi. O'shanda Abdullaev: “Mana endi hayotim xavf ostida emas degan ishonch bilan yashay boshladi.

Aslida u aynan hozir bexatar yashashi kerak edi. Lekin uni aynan Mirziyoev davrida hibsga olishdi va qiynoqqa solishdi. “Men kutib yashaganim mana shu ishlar aynan yangi prezident davrida sodir bo'ladi, deb o'ylamagandim” – deydi Abdullaev.

Prezident Karimov vafotidan keyin hokimiyat tepasiga kelgan Mirziyoev O'zbekistonga 2016 yildan beri rahbarlik qilmoqda. U Karimov hukumatida uzoq yillar Bosh vazir bo'lib ishlaganiga qaramasdan, 2016  oxirlaridamamlakat xalqini hayratga solgan va'dalar berib, 32 million aholisi mavjud Markaziy Osiyoning respublikasida yangicha davr boshlashini aytdi. Mirziyoev yangi islohotlarni boshlaboq, jurnalistlar va oddiy xalqni mamlakatdagi muammolarni ochiq tanqid qilishga chaqirdi. Yangi prezident mamlakat maxsus xizmati – MXX uzoq yillar davomida “asossiz qatag'onlar” bilan shug'ullangani haqida gapirdi va bu idoraning ishini qoraladi. Davlat rahbarining bunday tanqidi mamlakat hayotida ilk bor yangrashi edi. Shunga ishongan odamlar siyosiy bahor kelgani haqida gapira boshlashdi. Lekin oradan uch yil o'tgach, O'zbekiston ochiq mamalakatga aylana oldimi?

Dushanba kuni Germaniya Bundesprezidenti Frank-Valter Shtaynmayer davlat tashrifi va iqtisodiy delegatsiya bilan ushbu mamlakatga tashrif buyuradi.

Oradan uch yil o'tar ekan Abdullaev mamlakatdagio'zgarishlarga endi ishonchi yo'qolganini aytadi. U endi bu islohotlarga ishonmaydi. MXX qamoqxonasida plastik trubalar va boshqa buyumlar bilan qiynoqqa solingan jurnalistga davlat to'ntarishiga urinish aybi qo'yilgan, va jurnalist qiynoqlar ostida bu ayblovga iqror bo'lgan.

Mamlakat harakatda, lekin qay tomonga ketmoqda?

Karimovning 25 yillik mustabidligi davrida Abdullaev O'zbekistonda hali hech kim qilishga jur'at eta olmagan ishni muntazam qilib keldi. U siyosiy elita va maxsus xizmatlarning turli jinoyi ishlari haqida turkum maqolalar yozib, ularni taxallus ostida muxolifat va chet el saytlarida e'lon qilib bordi.

Oqibatda nima bo'ldi? Karimov davridagi nohaqliklarni yoritgan jurnalist Mirziyoev davrida ham xatarda yashamoqda. Maxsus xizmatdagilar unga demokratiya va muxolifatni talab qilish ayanchli oqibatlarga olib kelishini ko'rsatib qo'yish niyatlaridan hanuzgacha qaytishmagan. Abdullaevning aytishicha, u siyosiy elita va DXX ichidagi yashirin siyosiy kurashlarning qurboni bo'lgan.    

Muxolifat vakillari va mustaqil iqtisodiyotchilar ham o'z suhbatlarida Abdullaevning fikrlari to'g'ri ekanligiga ishora berishdi. Ular ham hozirgi o'zbek siyosiy elitasida pardaorti o'yinlari bo'layotganini e'tirof etishdi. Bir tomondan, Karimov davridagi oligarxlar o'z ta'sir kuchi va mol-mulkini tish tirnoqlari bilan himoya qilishmoqda. Ikkinchi tomondan esa, liberal islohotlar zarurligiga ishongan jurnalist Abdullaev kabi yoshlar demokratik o'zgarishlarni talab qilishmoqda.  

Avvallari xavfsizlik xizmati haqida hech qanday ma'lumot chiqmas edi. 2018 yilda Mirziyoev MXXning uzoq yillik rahbarini ishdan oldi. Biroq Abdullaev davlat rahbari bu tuzilmaga to'liq ta'sir qilishiga shubha bilan qaraydi.

“Maqolalaringizning mazmuniga aralashmaymiz!”

“Bugungi O'zbekiston – jadal harakatdagi liberal davlat”. Hukumat respublikani butun dunyoga aynan mana shu imijda tanitishga urinmoqda. “Spiegel” jurnali vakillariga O'zbekistonda ishlash uchun vaqtinchalik akkreditatsiya berilgan bo'lsa-da, Tashqi ishlar vazirligidan biriktirilgan “hamroh” olmon jurnalistlari dasturdan tashqari yana kimlar bilan suhbatlashmoqchiligini bilishga harakat qildi. U jurnalistlardan mahalliy suhbatdoshlar haqida imkoni boricha to'liq ma'lumot olishga rosa urindi.

Bi necha kundan keyin O'zbekistonning Berlindagi elchixonasi “Spiegel” jurnalistlariga bu borada: “Bu – ishingizga ko'rsatayotgan tashkiliy yordamimiz xolos. Maqolalaringizning mazmuniga aralashmaymiz!” – dedi. Shundan so'ng “hamroh”larimizning bizga ko'rsatayotgan “ko'magi” biroz kamaydi.

Abdullaev mamlakatda avtoritarizmning modernizatsiya bo'layotganini aytadi. “Karimov davridagi ko'plab amaldorlar xanuzgacha hukumatda qolmoqda, ular o'z rollarini o'zgartirib olgan xolos”, – deydi jurnalist. Uning aytishicha, “Karimovning 25 yillik diktaturasida O'zbekistonni tiz cho'ktirish bilan shug'ullanganlar, Mirziyoev davrida respublikani oyoqqa tiklash bilan “ovvora” bo'lishmoqda”. Jurnalist O'zbekistonga uzoq yillik diktatura va izolyatsiyadan qutilishgina yordam berishi haqida gapiradi. Mirziyoev ham huddi shuni amalga oshirishini aytmoqda.

U hukumat tepasiga kelgandan keyin o'zbek shirkatlari va xususiy shaxslar milliy valyutani xorijiy valyutaga nisbatan erkin konvertatsiya qilish huquqini qo'lga kiritishdi. Ko'plab mamlakatlardan, jumladan, Germaniyadan kelayotgan sayyohlar O'zbekistonga vizasiz kelish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Soliq va bojlar kamaytirildi, xorijiy investorlarga xizmat ko'rsatadigan alohida vazirlik ish boshladi.

Bugungi Toshkent kundan-kunga o'zgarib bormoqda. Abdullaev “Toshkent-Siti” yozuvi tushirilgan uzun devor bo'ylab ketayotib, devor ortida katta qurilish ishlari boshlanganini aytadi. Darhaqiqat, devor ortida, Toshkentning qoq markazidagi 80 gektarlik hududda 22 qavatli osmono'par bino, muhtasham mehmonxonalar, ofislar va kvartiralar qurilmoqda.

Mustabidga qo'yilgan haykal

Mashinada ketar ekanmiz, Abdullaev o'ng tomonimizda ko'rinish bergan, diktator Karimovning oltin suvi bilan ishlangan haykaliga ishora qilib: “Mana bu mustabid odamlarni muntazam qatag'on qildi, odamlar esa unga haykal o'rnatishdi”, – deydi. Jurnalistning aytishicha, hanuzgacha ba'zilar uning ismini sharifini aytmasdan, uni “birinchi prezidentimiz”, – deyishadi.  

Ikkinchi prezident ko'plab islohotlarni boshlab qo'ygan, lekin ularning aksariyati nihoyasiga etkazilmagan. “Ba'zi islohotlar faqat qog'ozlarda qolib ketmoqda”, – deydi Abdullaev. Suhbatimiz davmida jurnalist hattoki xorijiy investorlarni tashvishlantirayotgan bir muammo haqida og'iz ochdi.

“Mamlakat adliya va sud tizim isloh qilinmayapti. Bu sharoitda respublikaga kirib kelayotgan xorijiy investitsiyalarning xavfsizligiga huquqiy kafolat bormi?” – deydi Abdullaev.

Abdullaevning sudi 2018 yil ochiq tarzda o'tkazildi. Inson huquqlari himoyachilari mazkur sud jarayonini kuzatish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Jurnalist tergov payti o'zi imzolagan “iqrornoma”lardan voz kechdi, ularni MXXning: “Farzandlaringni va oilangni o'ldiramiz”, – degan tahdidlari ortidan imzolaganini aytdi.

Sud'ya Abdullaevga qo'lanilgan qiynoqlar yuzasidan tibbiy ekspertiza o'tkazishni tayinladi. Biroq ekspertiza unga etkazilgan jarohatlar yuzasidan mujmal xulosa chiqardi. “Mahbusga etkazilgan qiynoqlar yuzasidan O'zbekistonda oldin ekspertiza o'tkazilmagan edi. Afsuski, yakunda bu tadbir natijasi nol'ga teng bo'ldi” – deydi Human Rights Watch vakili Stiv Sverdlou. Chap qo'lida qiynoqlardan qolgan yarani ko'rsatar ekan, Abdullaev jismoniy tiklanolmaganini, hali hanuz o'tirish va turishda qiynalishini aytadi.

Hammasini izga tushirish hozircha kutilmayapti

Jurnalist etti yarim oylik hibsdan so'ng ozod etildi. Biroq u ahloq tuzatish ishlariga mahkum etildi. Chunki, hukmga ko'ra, u hokimiyatni ag'darishga chaqirgan. “Karimov davridagi hukmlar bilan taqqoslasa, bu nisbatan engil hukm”, – deydi jurnalist. Hozirda Abdullaev deraza romlarini sotish bilan shug'ullanadi. Sud hukmiga ko'ra, u 1 avgustgacha maoshining 20 foizini davlatga to'lashi kerak.  

Abdullaev oqlanishni istaydi. Lekin bu juda qiyin bo'lishini ham biladi. Ayni paytda Mirziyoev o'nlab siyosiy mahbuslarni va islomiy faol deb tahmin qilinganlarni avf etdi. Shu bilan birgalikda mamlakatda shunday og'riqli mavzular bor-ki, hukumat ular haqida og'iz ochishni istamaydi. Shunday mavzulardan eng kattasi – Andijondagi qirg'in.

Inson huquqlari bo'yicha Milliy markaz rahbari Akmal Saidov bu boradagi savollarimizni asabiy tarzda qarshi oldi. “Bu mavzu biz uchun yopilgan. U islomiy ekstremistlarning ishi edi. Yana nima istaysiz bizdan?!” – dedi Akmal Saidov.

Qirg'in guvohlarining aytishicha, 2005 yil may oyida Farg'ona vodiysida yuzlab odamlar, shu jumladan, bolalar va ayollar otib tashlangan. Rasmiy xabarlarda 187 kishi halok bo'lgani aytilsa-da, xalq orasida yuzlab odamlar o'ldirilgani gapiriladi. Shu bois aslida qancha odam o'ldirilgani, ularni kim otgani, ularning o'limi uchun kim javobgarligi hanuzgacha aniq emas.

“Menimcha, Andijon qirg'inining mustaqil surishtiruvi o'tkazilmasa kerak” – deydi Abdullaev. O'sha paytda Evropa hukumatlari, shu jumladan Germaniya tashqi ishlar vazirligi O'zbekistonga nisbatan jazo choralari e'lon qilgan edi. Biroq keyinroq bu choralarni o'zlari bekor qilishdi. Chunki o'sha paytda O'zbekiston qo'shni Afg'onistonga qarshi urushda baza sifatida kerak edi.

Bundan foydalangan hukumat Andijon qirg'iniga guvoh bo'lgan yuzlab kishilarni, shu jumladan, inson huquqlari himoyachilarini qamoqqa oldi. Jurnalist Abdullaev Karimov hukumatining ana shunday jinoyatlari haqida xalqqa xabar berish maqsadi bilan yashadi.

Qamoqxonalarda yuzlab muxoliflar qolmoqda

Abdullaev bilan suhbatlashar ekanmiz, uning turmush o'rtog'i tez-tez telefon qilib, qaerdaligini va omonligini so'raydi. Chunki jurnalist ikki yil oldin qamalaganida, u uch kun mobaynida dom-daraksiz yo'qolib qolgan. Ayni paytda, O'zbekistonda yana bir jurnalist hibsga olinganligi jurnalistning ayolini yanada tashvishga solmoqda. Abdullaev ozodlikka chiqqaniga bir yil to'lgan bo'lsa-da, DXX uni kuzatishdan to'xtamagan ko'rinadi. Chunki jurnalistning aytishicha, har zamonda uning uyi atrofida shubhali avtomobillar paydo bo'lib turadi.

Bunday ma'lumotlar bilan birgalikda O'zbekiston hukumati BBC, Deutsche Welle kabi xorijiy ommaviy axbrot vositalari saytlarini blokdan chiqargani haqida xabarlar ham bor. Mana shunday bir-biriga teskari xabarlar borligining o'zi ham O'zbekistonda bir-biriga zid ishlar amalga oshirilayotganidan darak beradi.

Abdullaev yana jurnalist bo'lib ishlashni istaydi, biroq mahalliy axborot vositalari u bilan hamkorlik qilishni istashmaydi. Shu sababdan hozircha Abdullaev o'z imkoniyat va iqtidorini boshqacha yo'l bilan realizatsiya qilmoqda: u diktator Karimov rejimi tomonidan nohaq o'ldirilgan va qamoqlarda qolib ketayotgan muxoliflar haqida qo'shiqlar yozib, ularni  YouTube kanaliga qo'ymoqda.

Jurnalist Abdullaev janob Shtaynmayerdan to'rt kishini tezroq ozod qilishga ko'maklashishni so'radi. U  quyidagi to'rt kishining ismi sharifini bir qog'ozga yozib berdi:

1. Akrom Malik, blogger

2. Andrey Kubatin, olim

3. Iskandar Xudayberganov, faol

4. Said Abdulaziz Yusupov, OAVga ko'maklashish jamoatchilik jamg'armasi rahbari.

Qamoqda qolayotgan bu kabi insonlar ro'yxati ancha kattaligi aniq. Human Rights Watch tashkilotining ma'lumotlariga ko'ra, O'zbekiston qamoqxonalarida nohaq qamalgan yuzlab kishilar bor. Mazlumlarning aniq soni haligacha ma'lum emas.

Kristina Hebel (Christina Hebel)

Olmonchadan Uzxalqharakati.Com tarjimasi.

Asl maqola manzili: https://www.spiegel.de/politik/ausland/usbekistan-warum-bobomurod-abdullaew-den-reformen-von-praesident-schawkat-mirsijojew-nicht-traut-a-1269310.html

DER SPIEGEL – Germaniyadagi haftalik jurnal. Jurnalning haftalik tiraji – 1,1 million nusha.Jurnal 1947 yil 4 yanvarda tashkil qilingan. Jurnalning veb sayti: www.spiegel.de

KRISTINA XEBEL' 1979 yilda Gamburgda tug'ilgan. Bremen, London, Gamburg, Lyublin vaVarshavada jurnalistika va siyosatshunoslikni o'rgangan. SPIEGEL ONLINEda 2011 yil sentyabr' oyidan e'tiboran siyosat bo'limida muharrir bo'lib ish boshlagan. 2016 yil sentyabr' oyidan boshlab Spiegelning Moskvadagi muxbiri bo'lib ishlamoqda. Elektron pochtasi: Christina.Hebel@spiegel.de

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano