O’zbekiston Xalq Harakati

Qalandar ishqi

Qalandar ishqi
31 Mayıs 2019 - 8:00 'da yuklandi va 485 marta o'qildi.

Abdulhamid Cho'lpon

QALANDAR IShQI
(Eski tartibda)

Muhabbatning saroyi keng ekan, yo'lni yo'qotdim-ku,
Asrlik tosh yanglig' bu xatarlik yo'lda qotdim-ku.

Karashma dengizin ko'rdim, na nozlik to'lqini bordir,
Halokat bo'lg'usin bilmay qulochni katta otdim-ku.

Ajab dunyo ekan bu ishq dunyosi, ayo do'stlar,
Bu dunyo deb, u dunyoni bahosiz pulga sotdim-ku.

Uning gulzorida bulbul o'qib qon ayladi bag'rim,
Ko'zimdan yoshni jo' aylab, alamlar ichra botdim-ku.

Qalandardek yurib dunyoni kezdim, topmayin yorni,
Yana kulbamga qayg'ular, alamlar birla qaytdim-ku.

Muhabbat osmonida go'zal Cho'lpon edim, do'stlar,
Quyoshning nuriga toqat qilolmay erga botdim-ku.

Boku, 3 nchi qo'noq,1920 nchi yil, seshanba.

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort