O’zbekiston Xalq Harakati

Suymisham seni

Suymisham seni
04 Haziran 2019 - 5:00 'da yuklandi va 395 marta o'qildi.

 

 

     SUYMIShAM SENI

Yo habib, Haq Rasulisan,
Chin jondan suymisham seni,
Darveshlar qadr kechasin
Suygandek suymisham seni.

Aylabon sayru sayronni,
Gasht etsam kulli Eronni,
Misli Ibrohim Sorani
Suygandek suymisham seni.

Yoqub yurt etdi Kanonni,
O'g'lidir Misr sultoni,
Misli Yusuf Zulayxoni
Suygandek suymisham seni.

Yolg'onchini tutdi oti,
Ulardir ishqning bunyodi,
Majnun Layli parizodni
Suygandek suymisham seni.

Qidirib tog'u darani,
Topmagan biri-birini,
Oshiq Farhod Shirinini
Suygandek suymisham seni.

Egdi meni dunyo moli,
Bo'lmadi ishqim kamoli,
Sayfulmalik Mohjamolni
Suygandek suymisham seni.

Bosdi muhabbat nishoni,
Gasht ayladi to'rt koshonni,
Yamanda Varqo Gulshanni
Suygandek suymisham seni.

Ketdi qo'ldan ixtiyori,
Qolmadi sabru qarori,
Oshiq Navro'z Gulfarxorni
Suygandek suymisham seni.

Bir kun yo'liqdilar Xizra,
Turdilar niyoz, nazira,
Bir-birini Vomiq, Uzro
Suygandek suymisham seni.

Kezdilar Rumning tuzini,
Berdilar Haqning nazrini,
Ko'klarda Mohlar Osmonni
Suygandek suymisham seni.

Tutmadi ular dunyoni,
Qolmadi yoru yoroni,
Misli ul Tohir Zuhroni
Suygandek suymisham seni.

Bu dunyo xushlabdi kimni,
Xush tuting besh kunlik damni,
Oshiq G'arib Shohsanamni
Suygandek suymisham seni.

Maxdumquli, dunyo foni(y),
Rustamu Dostonlar qani?
Oy – quyosh, zamin – osmonni
Suygandek suymisham seni.

MAXDUMQULI
* * *
Turkmanchadan Islom Xolboy o'zbekchalashtirdi

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort