O’zbekiston Xalq Harakati

Kiprigi xanjardan

Kiprigi xanjardan
06 Haziran 2019 - 11:13 'da yuklandi va 437 marta o'qildi.

 

 

KIPRIGI XANJARDAN

Kiprigi xanjardan, parizod zodlig',
Dardi, firoqidan yuragim dog'liq,
Zulfi zanjiridan ko'zlarim bog'liq,
Ko'yida boshimni oldim-da, ketdim.

Bo'lak elda yo'qmi desam Zulayxo,
Dilbarning firoqi o'rtaydi barho,
O'zidir boshga dor, o'zidir pano,
Sirtmoqqa boshimni soldim-da, ketdim.

Oshiqlik – haqiqat, dunyo – chakmon bu,
Muhabbat – adolat, sevgi – imon bu,
Majnundan jununliq – oliy farmon bu,
Elkamga boshimni oldim-da, ketdim.

Samo astaridan ko'ksimdir chokroq,
Tonggi sabzlardan kiprigim namroq.
Majnuntol boshidan boshimdir xamroq,
Tuproqqa boshimni qo'ydim-da, ketdim.

Chechaklar holimdan xomushu hayron,
Bulbullar hijronda volayu biyron,
Ochuni yag'moda oshiqi komron
Ishqiga boshimni tikdim-da, ketdim.
1991 y.

Islom Xolboy
“Hijron azobi” She'rlar kitobi, 
Toshkent, “Yozuvchi nashriyoti”, 1998 yil

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort