O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Mirziyoevning tarafdorini qamashni va qiynashni Mirziyoevning qudasi “buyurgan”

Mirziyoevning tarafdorini qamashni va qiynashni Mirziyoevning qudasi “buyurgan”
08 Haziran 2019 - 22:42 'da yuklandi va 3529 marta o'qildi.

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda: “Prezident Mirziyoevning tarafdori bo'lib kelgan jurnalist Said-Abdullaziz Yusupovni aslida kim qamattirgan va qiynoqlarga soldirmoqda?” – degan savol bot-bot berilmoqda.

Hozirgi siyosiy elitaning ichida ro'y berayotgan hodisalardan xabardor bir necha kishining ma'lum qilishicha, shu yilning 10 mayidan beri DXX qamoqxonasida saqlanayotgan jurnalist Said-Abdullaziz Yusupov ota-bola Botir va Oybek Tursunovlarning buyurtmasiga ko'ra hibsga olingan va qiynoqlarga solinmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoevga ta'sir doirasini to'laligicha o'zining monopoliyasiga aylantirishga intilayotgan ushbu oila kichik kuyov Otabek Umarovni prezidentning oldida badnom qilish uchun shu fitnaga qo'l urgan.

O'zining hurfikrliligi va Mirziyoevning islohotlarini qo'llashi bilan tanilgan jurnalist Said-Abdullaziz Yusupov davlat rahbarining kichik kuyovi, prezident xavfsizligi xizmati (PXX) boshlig'i Otabek Umarov bilan yaqin aloqalarda bo'lgan. Hurfikr ikki kishi prezidentning liberal siyosatini yanada kengroq miqyoslarda amalga oshirish uchun turli taklif va loyihalarni ishlab chiqishgan. Jurnalist Said-Abdullaziz Yusupov o'zining liberal taklif va loyihalarini Otabek Umarov orqali prezidentga etkazishga harakat qilgan.

Ularning bu harakatlari katta kuyov Oybek Tursunovga va uning otasi, DXX raisining birinchi o'rinbosari Botir Tursunovga yoqmagan. Mirziyoevga ta'sir qilish doirasini tamomila o'ziniki qilishga urinayotgan Tursunovlar oilasi Said-Abdullaziz Yusupovga tegishli butun “dos'e”larni ko'tarib, arzigulik bir “kompromat” topa olishmagan. Lekin S. Yusupov va O. Umarovlarning aloqalari tobora mustahkamlanavergach, ikkovlon yangi-yangi takliflar bilan prezidentga chiqavergach, DXX raisining birinchi o'rinbosari Botir Tursunov bundan bir yil oldin IIVda ko'rilgan va yopilib ketgan “qoraqalpoqlar ishi”ni qaytadan ko'tarishga qaror qiladi.

B. Tursunov qaroqalpog'istonlik uch arizachi  A. Allumuratov, D. Sag'indiqov va A. Dauqoraevlarni Nukusdan Toshkentga olib kelishni hamda ulardan jurnalist Said-Abdullaziz Yusupovga qarshi yangi arizalar olishni buyuradi. DXXning Qoraqalpog'iston Respublikasidagi Boshqarmasi rahbariyati Botir Tursunovning topshirig'ini darrov bajarib, uch fuqaroni majburlar uchoqda Toshkentga, DXX Tergov Bosh Boshqarmasiga olib kelishadi. Arizalarni esa DXX tezkor xodimlari olishadi, darrov xatlar bo'limidan ro'yxatdan o'tkazishadi va jurnalistni hibsga olish choralarini ko'ra boshlashadi.

Botir Tursunovning topshirig'iga ko'ra, DXX tezkor xodimlari jurnalistni joriy yilning 7 may kuni uyidan chiqaverishda hibsga olishadi. Lekin ularning bu urinishi muvaffaqiyatsiz yakun topadi. Chunki Said-Abdullaziz Yusupov mashinasi qurshab olinishi bilanoq prezidentning kichik kuyovi, PXX rahbari Otabek Umarovga telefon qiladi va qurollangan noma'lum kimsalar uning avtomobilini qurshab olgani haqida xabar beradi. Voqea joyiga etib kelgan PXX xodimlari DXX “oper”laridan jurnalistni hibsga olish haqidagi rasmiy xujjat va boshqa qonuniy asoslarni talab qilishadi. DXX “tezkor”lari hech vaqo taqdim qilisha olishmaydi va voqea joyidan quruq qo'l bilan ketishga majbur bo'lishadi.

DXX raisining birinchi o'rinbosari Botir Tursunov topshiriqni bajara olmagan barcha xodimlarni zudlik bilan jazoga tortadi va jurnalistni hisbga olish uchun yangi reja, yangi jamoa tuzadi. Said-Abdullaziz Yusupovni “ichkari”ga olish bo'yicha ikkinchi urinish shu yilning 10 may kuniga belgilanadi.

Bu safar Botir Tursunov “oper”larga jurnalistni hisbga olishda avvalo uning telefonlarini olib qo'yishni, kerak bo'lsa – mashinasining oynalarini sindirib bo'lsa ham, kuch ishlatib bo'lsa ham DXX erto'lasiga eltishni buyuradi. DXXchilarning ikkinchi urinishi Mirziyoevning qudasi Botir Tursunov istaganidek amalshga oshiriladi va jurnalist “Gvardeyskiy”dagi erto'laga tashlanadi.

Prezident Mirziyoevning “chekist” qudasi Botir Tursunov DXX tergovchilariga Said-Abdullaziz Yusupovdan “Turkiya foydasiga josuslik qilgani haqida ixtiyoriy iqrornoma” olish vazifasini yuklaydi. Botir Tursunovning topshirig'iga ko'ra to'qib yozilgan, lekin Said-Abdullaziz Yusupov imzo chekishdan bosh tortayotgan iqrornomada: “Men, Said-Abdullaziz Yusupov, Turkiya Milliyatchi Harakat Partiyasi (MHP) rahbari Davlet Baxcheli bilan uchrashib, unga O'zbekistonning davlat sirlarini sotganman” – degan jumlalar bor.

Said-Abdullaziz Yusupov 2018 yili rostdan ham Davlet Baxcheli bilan Turkiyada uchrashgan va undan o'zining “Oq va Qora” ko'rsatuvi uchun interv'yu olgan. Bu interv'yuda asosan O'zbekiston-Turkiya o'rtasidagi bugungi siyosiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlar, turkiyalik investorlarning O'zbekistonga kiritayotgan sarmoyalari haqida gap borgan. Jurnalist mazkur interv'yuni mahalliy amaldorlarga ko'rsatgan.

Botir Tursunov boshchiligidagi dxxchilar ana shu interv'yuni jurnalistga qarshi ishlatib, shu bahonada uni “Turkiya foydasiga josuslik”da ayblashni niyat qilishgan.

Hibsning ilk kunlarida ijtimoiy tarmoqlar va mahalliy ommaviy axborot vositalarida ko'tarilgan shov-shuv tufayli tergov guruhi rahbari Otabek Yahyoev va “oper”lar jurnalistga nisbatan qiynoq qo'llashga cho'chishadi. Lekin Said-Abdullaziz Yusupov o'zidan talab qilingan o'sha iqrornomaga qo'l qo'yavermagach, Mirziyoevning josus qudasi Botir Tursunov g'azab otiga minadi va jurnalistni qo'rqmasdan kaltaklashni buyuradi.

Shundan so'ng, tahminan 21 maydan 3 iyun'gacha, Said-Abdullaziz Yusupov ayovsiz kaltaklanadi. Uni kaltaklashda DXX Tergov izolyatorining xodimlari va Shaxsiy tarkib bilan ishlash (Ichki xavfsizlik) boshqarmasi “tezkor”lari ishtirok qilishadi. Jurnalistning oyoq trombozi bilan og'rishidan xabardor jallodlar jurnalistning aynan oyoqlariga ko'p zarba berishdi. Mirziyoevning “kgb”chi qudasi Botir Tursunov talab qilayotgan iqrorni olish uchun ular tinmasdan: “O'g'lingni o'g'irlab ketamiz! Xotiningni zo'rlaymiz! Ota-onangni o'ldirib yuboramiz!” – deb, jurnalistga tahdid qilishdi.

Said-Abdullaziz Yusupovga nisbatan qiynoqlar qo'llanilayotgani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlar va xorijiy axborot vositalariga chiqib ketgach, Botir Tursunovning topshirig'iga ko'ra DXX “oper”lari hibsdagi jurnalistni yana kaltaklashni boshlashdi. 6 va 7 iyun' kunlari ular S. Yusupovdan o'zining advokatiga bergan ko'rsatmasiga qarshi tuhmat iddaolarni talab qilishdi. Botir Tursunovning yugurdaklari o'tgan ikki kun mobaynida DXX qamqoxonasida S. Yusupovdan: “Menga nisbatan qiynoqlar qo'llanilgani haqidagi xabarlar – yolg'on” – ma'nosidagi ko'rsatmani olish uchun jurnalistni ayovsiz kaltaklashdi.

Ota-bola Botir va Oybek Tursunovlar Said-Abdullaziz Yusupovni qamash orqali Mirziyoevning kichik kuyovi Otabek Umarovni badnom qilish rejasini tuzishgan. Ana shu rejaga muvofiq, jurnalist Said-Abdullaziz Yusupov qo'lga olingan 10 may kuni PXX rahbari Otabek Umarovning o'rinbosarlaridan biri ham Botir Tursunovning topshirig'iga ko'ra hibsga olindi. U ham DXX Tergov izolyatorida saqlanmoqda.

Mirziyoevning kichik kuyovi Otabek Umarovning atrofida to'plangan islohotchi yoshlarning prezidentga ta'siri kundan-kunga kuchayib borayotganidan xavotirga tushgan ota-bola Tursunovlar Otabek Umarov va uning atrofidagi liberal guruhga zarba berishmoqchi. Tursunovlar jurnalist Said-Abdullaziz Yusupovni aynan shu qabih maqsadga erishish yo'lida qurbonlikka keltirishyapti.

Zafar Nishonov
08.06.2019

O'XH AXBOROT BO'LIMI IZOHI: Ushbu maqola O'XH veb saytining elektron pochtasiga 2019 yil 8 iyun' kuni kelib tushdi.

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 2 Yorum )

  • Mdmщpщpщp ;

    bu Tursunovlar xaromxur odamlar,Karimov davrida Karimov onamni uynashi edi,Karimov meni otam edi deb yurgan it yalok avlod bular,Mirziyoevni akli ishlasa starshyy Tursunovni yonidan uzoklashtirgani yaxshirok uzigayam xalkkayam

    10/06/2019 18:51
  • Uzbek ;

    Axaa gap buekda ekanda bu 2ta nafsiga kul ota bola KALAMUShlar I.Abdullaevni ishini kilayapti Prezidentni ishonchiga kirib olib maksad butun Uzbekistonni kulga olish bularni rejasi voy enagarlarey Ollox sharmangdangni chikarsin senlarni mazlumlarni uvoli tutadi xali iflos pastkashlar.Uzbekistonni kuni senlarga kolmasin !

    08/06/2019 23:37
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube