O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

O'rxun-Enasoy obidalari haqida

O'rxun-Enasoy obidalari haqida
10 Haziran 2019 - 6:00 'da yuklandi va 500 marta o'qildi.

O'rxun-Enasoy yodgorliklarining topilishi va o'rganilishi XVIII asrdan boshlanadi. Rus xizmatchisi Remezov bu haqda dastlabki xabarni beradi. Shved zobiti Iogann Strallenberg, olim Messershmidt yodgorliklarni Evropa ilm ahliga ilk marta taqdim qilgan edilar.

Dastlab, O'rxun, Selenga va To'li daryolari atrofidan – Shimoliy Mo'g'ulistondan toshga bitilgan obidalar topildi. Enasoy daryosi qirg'oqlaridan ham shunday yodgorliklar topilgan. Ular keyinchalik O'rxun-Enasoy yodgorliklari nomini oldi.

Ma'lumki, turkiy xalqlar o'z davlatiga ega bo'lgan eng qadimgi dunyo qavmlaridan biridir. O'rxun-Enasoy obidalari ana shu tarixni badiiy tarzda hikoya qiladi. Ular O'rta Osiyodan boshlab Dunaygacha bo'lgan ulkan hududda o'z davlatlarini idora qilishgan. Yodgorliklar, asosan, VI–VIII asr voqealarini aks ettiradi.

V–VI asr o'rtalarida dunyo xaritasida Turk xoqonligi degan mamlakat yuzaga kelgan. Bu mamlakat O'rta Osiyo, Ettisuv, Sharqiy Turkiston, Oltoy o'lkalaridagi turli qabila va xalqlarni birlashtirgan edi. Bu erlar geografik jihatdan nihoyatda qulay, 43

buning ustiga Evropa va Sharqiy Osiyoni bog'lab turuvchi, “Buyuk ipak yo'li” ning ustida edi. Shuning uchun ham turkiylar yashaydigan manzillarga qiziqish katta bo'lgan.

Turli qabila va elatlarning doimiy hukmronlikka intilishi odatdagi hol edi. Bundan dushmanlar ham foydalanishga harakat qiladilar. Tashqi dushmanga qarshi hamkorlikda kurashish qabila va elatlarning birlashishiga olib keldi va 545-yilda Turk xoqonligi yuzaga keldi. Bu xoqonlik VIII asrgacha hukmronlik qildi.

Toshbitiklarning katta qismi ana shu xoqonlikning o'ziga xos badiiy solnomasidir.

Yodgorliklarni butun dunyo turkiyshunoslari ilmiy jihatdan o'rganmoqda. V. Tomson va V. Radlovdan keyin S. E. Malov, S. G. Klyashtorniy, I. V. Stebleva, H. O'rxun, T. Tekin, Najib Osim, G. Aydarov, o'zbek olimlaridan A. Qayumov, A. Rustamov, G'. Abdurahmonov, N. Rahmonov, Q. Sodiqovlar o'rganishgan.

Yodgorliklar hozirgi o'zbek tiliga bir necha marotaba tabdil qilingan. Runiy yozuvdagi yodgorliklar faqat toshga bitilgan emas. Ularning qog'ozga, turli buyumlar (kumush ko'zachalar, yog'och, teri, oyna, qayish to'qasi)ga yozilgan namunalari ham bor. Masalan, “Irq bitigi” (“Ta'birnoma”) qog'ozda yozilgan.

So'zni “To'nyuquq” bitiktoshidan boshlaylik. To'nyuquq – shaxs nomi. U ikkinchi turk xoqonligiga asos solgan Eltarish xoqonining maslahatchisi va sarkardasi bo'lgan.

To'nyuquq “Turk Bilga xoqon davlatida bu bitigni yozdirdim” deydi. Bilga xoqon Eltarish xoqonning o'g'li edi.

Bitiktoshdagi voqealar To'nyuquq tilidan hikoya qilinadi: “Men – Dono To'nyuquqman. O'zim Tabg'ach davlatida voyaga etdim. Turk xalqi Tabg'ach davlatiga bo'ysunar edi…”

So'ng ana shu dahshatning – turkiylarning o'z erkini qo'ldan berib qo'yishlarining sababi aytiladi: “Turk xalqi boshboshdoqlikka, o'zibo'larchilikka, beparvolikka yo'l qo'ydi…o'zining xoni bilan birga bo'lmadi”.

Mustamlaka azobi, o'zga xalq tahqiri yodgorlikda qisqa va lo'nda, ammo nihoyatda ta'sirchan tarzda ifodalanadi:

“… Tabg'achga taslim bo'lganligi uchun tangri, o'l degan, shekilli, turk xalqi o'ldi, yo'q bo'ldi, tugadi. Turk Sir xalqi erida birorta ham urug' qolmadi”.

To'nyuquq etti yuz kishini birlashtirib, “shad” degan unvon oladi. Bu turk xoqonligidagi eng oliy darajadagi harbiy unvonlardan biri edi.

To'nyuquq Bo'gu tarxon hamda Eltarish xoqon (Kul tigin va Bilga xoqonning otasi) bilan birga mamlakat mustaqilligi, el-yurt farovonligi, yurt osoyishtaligi, chegaralar daxlsizligi uchun tinimsiz kurash olib bordi. U bu kurashlarning oldingi safida edi. Ammo dushmanlar ham tinch o'tirmadi. Ular kuchlarni birlashtirish payiga tushishdi.

Tasvir davomida vaziyatning keskinlashib borishi, buning natijasida To'nyuquq shaxsiyatidagi kuchli nuqtalarning tobora kengroq ochilishini kuzatish mumkin. Xususan, buyuk sarkardalarga xos bo'lgan tavakkalchilik, dovyuraklik, jasorat, jur'at, ba'zan nihoyatda keskinlik, cho'rtkesarlik, ayni vaqtda bosiqlik, vazminlik xislatlari bu tasvirlarda aniq ko'rinib turadi. U katta tajriba egasi sifatida namoyon bo'ladi.

To'nyuquq buyuk vatanparvar shaxs timsolidir. Uning o'z vatani, xoqoni, qo'shini, xalqi bilan faxrlanishi, ularning borligidan o'zini baxtiyor sezishi yodgorlik matniga puxta singdirilgan.

Hatto dushmanning “xoqoni bahodir ekan, maslahatchisi alloma ekan” degan bahosida ham shu ruh mavjud. To'nyuquqning xotirjamligi esa “xalqning tomog'i to'q edi” jumlasi orqali ifodalangan.

Dushmanning turkiylar ustiga hujum uyushtirish haqidagi yovuz niyatini eshitgan To'nyuquqning “tun uxlagim kelmadi, kunduz o'tirgim kelmadi” deyishi uning o'z taqdirini xalq va yurt taqdiri bilan naqadar yaxlit holda tasavvur qilishini ko'rsatib turibdi.

To'nyuquq iftixoridagi eng asosiy nuqta shunday ifodalanadi: “Bu turk xalqiga qurolli dushmanni keltirmadim, yalovli otni yugurtirmadim”.

To'nyuquq obidasi vatan haqidagi madhiyadir. U voqeiy yoki badiiy asar bo'lishidan qat'i nazar, unda hayot haqiqati ham, tarixiy haqiqat ham badiiy tarzda o'z aksini topgan.

Turkiy qabila va elatlarning o'zaro talashib-tortishishlari ham, tashqi dushman bilan bo'lgan ayovsiz kurashlar ham, aslida, tarixiy haqiqatdir.

Eltarish, Bo'g'u, Bilga xoqonlar ham tarixiy shaxslardir. Asarda tilga olingan ko'plab qabila, urug'lar tarixda mavjud bo'lgan, ularning bir qismi hozir ham alohida xalqlar va millatlar tarkibida yashab kelmoqda.

Yodgorlikda murojaat, undov, chaqiriq, etakchilik qiladi. To'nyuquq tabiatida tushkunlik, ikkilanish mutlaqo ko'rinmaydi. Uning harakatlarida, so'zlarida o'ziga ham, butun xalqiga ham buyuk ishonch balqib turadi. Xuddi shu holat uning g'alabalarida asosiy omil bo'ladi.

“To'nyuquq” bitiktoshi kompozitsion jihatdan etuk asar. Unda o'ziga xos boshlanma, voqealar rivoji, xotima mavjud. Shu kompozitsiyaning o'zida ham katta badiiylik bor. Bu maqsad to'laligicha amalga oshgan.

Yodgorlikning til xususiyatlari ham e'tiborga loyiq. U VIII asrdagi adabiy til namunasidir. Asar tilidagi ko'plab so'zlar hozirgi o'zbek tilida aynan qo'llaniladi. Bir qism so'zlarda ozgina tovush o'zgarishlari yuzaga kelgan, yana bir toifa so'zlar esa bugungi iste'moldan chiqib ketgan.

Yodgorlikda o'rni-o'rni bilan so'zlarning ko'chma ma'nolarda qo'llanishi seziladi. Shuningdek, majoz, matal, maqollardan foydalanish kuchli:

“Tabg'ach, O'g'uz, Qitan – bu uchovi qamal qilsa, qamalda qolajakmiz. Unda vujudining ich-u tashini – mol-u jonini topshirgan kishiday bo'lamiz. Yupqa yig'in tor-mor qilishga oson emish, ingichka yig'in uzishga oson emish. Yupqa qalin bo'lsa, tor-mor qiladigan bahodir emish, ingichka yo'g'on bo'lsa, uzadigan bahodir emish”.

Asarda oltinga “sariq”, kumushga “oq”, tuyaga “egri” singari epitetlar – sifatlashlar qo'llangan.

Undagi asosiy tasvir vositasi alliteratsiyadir. Alliteratsiya – tovushlar ohangdorligi, asosan, bir xil tovushlarning takrorlanishi natijasida yuzaga keladigan ohangdorlikdir. Unda unli va undosh takrorlanishi mumkin.

O'ngra qitaynyig' o'lurtachi terman,

Bani o'g'uzug' o'lurtachi – o'q terman.

So'z takrori ham yodgorlikda ko'p uchraydi.

Tabg'ach qag'an yag'imiz erti

O'n o'q qag'ani yag'imiz erti.

Undagi o'ziga xos tasvir usullaridan yana biri voqea-hodisalarga muayyan yondashish bilan izohlanadi. Ko'pincha bir necha voqea-hodisalar yoki ular bilan bog'liq detallar ketma-ket sanaladi:

“Turk budun o'lti, alqinti, yo'q bo'ldi”. Bu erdagi ketma-ket sanoq voqea zamiridagi dahshatli musibatni, kuchli fojiani juda yorqin namoyon etadi. Yoki:

“Tabg'ach, bardanayin teg. Qitany, o'ngdalayin teg. Ban yirdantayin tegayin”. (Tabg'ach, sen o'ngdan hujum qil! Qitan, oldindan hujum qil! Men chapdan hujum qilay!).

Bu o'g'uzlar orasidan kelgan kuzatuvchi nutqidan parcha. U o'g'uzlar fikrini ifodalamoqda. Bu erdagi sanoq dushman tomonidan solinayotgan tahdid va xavf-xatar doirasining nechog'li kattaligini tasavvur etishga imkon beradi.

Bularning hammasi To'nyuquq bitiktoshining yuksak vatanparvarlik ruhi bilan sug'orilgan qadimiy nodir badiiy asar ekanligini yana bir marta tasdiqlab turadi.

Yodgorliklarda inson shaxsi va, ayniqsa, uning erki bilan bog'liq masalalar teran badiiy tahlil qilingan.

So'zlar takrori yodgorlikdagi asosiy tasvir vositalaridan biridir. Ammo ular matnda g'alizlik tug'dirmagan, aksincha, muallif fikrining ta'kidlanishiga, alohida urg'u bilan ko'rinishiga yordam bergan. Bularning barchasi yodgorliklarning juda katta ma'rifiy hamda badiiy-estetik ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatib turibdi.

Turkiy xalqlarning badiiy ijodi moziyning juda qadim qatlamlariga tutashadi. Eramizdan oldingi davrlardayoq yunon tarixchilari ajdodlarimiz orasida mavjud bo'lgan og'zaki ijod namunalari: ertak, rivoyat va afsonalar haqida ayrim ma'lumotlarni yozib qoldirishgan. Shuningdek, eramizdan oldingi Xitoy tarixchilari ham turkiylarning o'ziga xos qo'shiq va dostonlari bo'lganini manbalarda qayd etishgan.

Shu o'rinda qadimgi davrlarda yashab ijod etgan ayrim adiblarning nomlarini eslatib o'tish joiz. Bizgacha Aprinchur Tegin, Kul Tarxon, Singku Seli Tutung, Pratyaya-Shiri, Asig Tutung, Chusuya Tutung, Kalim Keysi, Chuchu, Yo'llug' Teginlarning nomlari etib kelgan.

Turli-tuman tarixiy ma'lumotlarga tayanib O'rta Osiyoni eposlar beshigi deb nomlash mumkin bo'ladi. Eramizgacha bo'lgan V asrda yashagan Herodot To'maris bilan bog'liq voqealar tafsilotini keltirgan. Yana bir yunon tarixchisi Polien esa Shiroq haqidagi afsona mazmunini yozib qoldirgan.

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube