O’zbekiston Xalq Harakati

O'zbekiston: Said Abdulaziz Yusupov tibbiy ekspertizasi teatrlashtirilgan tomoshamidi?

O'zbekiston: Said Abdulaziz Yusupov tibbiy ekspertizasi teatrlashtirilgan tomoshamidi?
10 Haziran 2019 - 11:30 'da yuklandi va 738 marta o'qildi.

Jurnalist Said-Abdulaziz Yusupovning advokati Bosh prokuratura boshchiligida o'tkazilgan tibbiy ko'rikni teatrlashtirilgan tomosha dedi. Arslon Shaymardonovning Bi-bi-siga aytishicha, tibbiy ko'rikdan oldin himoyasidagi shaxsga nisbatan tazyiq o'tkazilgan bo'lishi mumkin.

8 iyun kuni Bosh prokuratura boshchiligida Toshkent Tibbiyot akademiyasida (yangi TashMI) DXX hibsxonasida saqlanayotgan matbuot fondi rahbari Said-Abdulaziz Yusupov tibbiy ko'rikdan o'tkazildi.

Unda ikki nafar prokuratura xodimi, DXX tergovchisi Otabek Yax'yaev, advokat Arslon Shaymardanov va Said-Abdulaziz Yusupov qatnashdi. Ko'rikni ikki nafar shifokor olib bordi.

“Sud med ekspertizaga juda tez etib keling deyishdi. Men xayron bo'ldim. Olmaliqdaman, faqat tushdan keyin bora olaman, dedim. Soat 11 yarimlar edi. Yo'q aka tez etib keling, deb telefonni qo'yib qo'yishdi. Yarim soatlardan keyin yana telefon qilishib, aka tez etib keling, kelmasangiz bo'lmaydi, deyishdi”, deydi Arslon Shaymardonov.

Advokat 12:45 larda yangi TashMI etib keladi. Uning aytishicha, Yusupovni mahbuslarni tashiydigan maxsus mashinada olib kelishgan va u niqob taqqan 6-7 nafar kuch tizimi xodimlarini ko'rgan.

“Ikki do'xtir savollar berdi. Tazyiq haqida yozilgan edi, ko'kargan joylaringiz bormi, kim qaeringizga urdi. Hammasini rad qildi. Hech kim menga tazyiq qilgani yo'q, hech kim urgani yo'q. Keyin echintirib ko'rishdi”.

Yusupov ko'kargan joyi yo'q, deya ichki kiyimini echishdan bosh tortgan.

“Boshqa hamma joyini tekshirib ko'rdik. Qornida ikkita joyida yiringlagan nuqta bor ekan. O'zi unda furunkul, ya'ni yara chiqib turarkan. Qolgani oyoq qorayib ketgan, tizzadan pasti ikki oyoq ham qop-qora. Demak qon yaxshi aylanmayapti. Oyog'ida tromblari borku, kasalligi. Oyoqni zo'rg'a bosadi, zo'rg'a yuradi”.

Advokat Yusupovning kayfiyati juda og'ir bo'lganligini aytdi.

“Qo'rqqan, jiddiy. Ikki uch marta aytdim, Said gapir, gapir desam, yo'q, aka, vsyo normal'no, dedi. Gapirmayman, dedi. Vsyo normal'no degani, demak, bu yoqqa kelishdan oldin qandaydir tazyiq o'tkazilganda unga. Shuning uchun gapira olmadi. U gapirolmaganidan keyin, advokati bo'lib men nima deya olaman”, deydi u.

Arslon Shaymardonov 8 iyun kuni Bosh prokuratura boshchiligida o'tkazilgan tibbiy ko'rikni teatrlashtirilgan tomosha ekanligini aytdi.

“Prokurorlarga o'zimga nisbatan bo'lgan noqonuniy xatti-harakatlarni aytdim. 12 kunlab kiritilmadim men, Said aytgan tazyiq o'tkazilgan paytlarda. Nimaga men 12 kun kiritilmadim, nima maqsad bo'lgan. Bu narsani prokurorlarga aytdim, yo'q, bu narsani aniqlaymiz, amalga kiritamiz, har doimgidek navbatchi gaplar. Teatrlashtirilgan tomoshamiz, shu bilan tugadi. To'g'risini aytsam, Shekspir ham yo'lda qolib ketadi, bularning qilgan ishidan”, deydi Shaymardonov.

Advokat qiynoqlarning yangi usullari chiqqanini va bu kabi qiynoqlarda badanda iz qolmasligini aytdi.

“Hozir yangicha uslubda qilingan jismoniy tazyiqlarda ko'karish alomatlari bo'lmaydi”.

Shaymardonovning aytishicha, u o'tgan safar Yusupovning oldiga kirganida himoyasidagi Said-Abdulaziz “aka ichimni ezib tashladi”, deb yig'lagan.

Piketdan so'ng tayinlangan tibbiy ko'rik

Bosh prokuratura qarshisida norozilik

7 iyun' kuni Said Abdulazining yaqinlari va faollar Bosh prokuratura binosi oldida norozilik piketini uyushtirdi. Unda Said Abdulaziz Yusupovga nisbatan qo'llanilgan qiynoqlar to'xtatilishi talab qilingan.

Shundan so'ng Bosh prokuratura rahbariyati Yusupovning onasini qabul qildi. U o'g'lining tergov davomida qiynoqqa solinayotgani haqida murojaat qilib, himoyachisi ishtirokida tibbiy ko'rikdan o'tkazishni so'ragan.

Bosh prokuratura xabarida aytilishicha, 8 iyun kuni Bosh prokuratura tomonidan himoyachi A. Shaymardonov va tergov ustidan nazorat olib boruvchi prokuror D.Raxmatullaev ishtirokida mutaxassis-shifokorlarni jalb qilgan holda ayblanuvchi S.Yusupov tibbiy ko'rikdan o'tkazilgan.

“Uning tanasida biron-bir tan jarohati yoki qiynoq alomatlari aniqlanmadi. S.Yusupov o'z himoyachisi A.Shaymardonov ishtirokida ixtiyoriy bergan yozma tushuntirishida unga nisbatan tergov jarayonida hech qanday jismoniy yoki ruhiy tazyiqlar o'tkazilmaganligini, hozirda kasalligi bo'yicha tegishli dori vositalari va tibbiy muolajalarni o'z vaqtida olayotganligini bildirdi”, deyiladi rasmiy xabarda.

Josuslikda ayblanmoqdami?

Oldinroq yaqinlari Said-Abdulaziz Yusupovga ruhiy tazyiq o'tkazilganini da'vo qilishgandi.

Ularga ko'ra, advokati 12 kun mobaynida himoyasi ostidagi shaxs bilan ko'risha olmagan.

Hibsxona mas'ullari karantin degan vaj bilan adokatning so'rovini rad etgani aytiladi.

Yaqinlarining iddao qilishicha, rasmiy hujjatlarda Said-Abdulaziz Yusupov DXX hibsxonasi emas, balki boshqa joyda saqlanayotgani aytilgan.

Ularning advokatga tayanib bildirishicha, DXX Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bo'yicha tergov harakatlarini olib borish vakolatiga ega bo'lmagani uchun qilinmoqda.

Dilfuza Yusupovaning advokatga iqtibosan aytishicha, Said-Abdulaziz Yusupov “Turkiya foydasiga josuslik qilganlik” aybini bo'yniga olish uchun qiynoqqa solinganini aytgan.

“Shuncha qiynashsa ham qo'l qo'ymabdilar, advokatlari ham hech qanday holatda qo'l qo'ymang, deb tayinlabdi”, – deydi Bi-bi-si bilan suhbatda Dilfuza Yusupova.

Ammo Bosh prokuratura bu da'volarning barchasini qat'iyan rad etmoqda.

Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonovaning Bi-bi-siga aytishicha, Said-Abdulaziz Yusupovga nisbatan tergov harakatlari avvaldan e'lon qilingan JKning “firibgarlik” bandi bo'yicha olib borilmoqda.

“Siz aytgan hech bir moddalar (Josuslik – tahr) bo'yicha ayblov yoki g'ayriqonuniy usullar Yusupovga nisbatan yo'q. Dastlabdan ayb e'lon qilingan JKning 168-moddasi doirasida tergov bormoqda”, – deb aytdi Surayyo Rahmonova.

Bosh prokuratura vakili “firibgarlik” aybini DXX tergov qilishga vakolatli emas, degan iddaoni ham rad etdi.

“JPK 345-moddasiga binoan tergovga tegishlilik 3 ta organ (IIV, DXX, prokuratura) orasida taqsimlangan, lekin ayrim jinoyatlar tergovi qonunda tugal tegishliligi ko'rsatilmaganligi nuqtai nazaridan uni aynan ana shu organ tergov qiladi, degan cheklov yo'q. 168-modda aynan shu jinoyatlar kategoriyasidan. Yana bir muhim asos – Yusupov o'zini DXX xodimi deb tanishtirib, firibgarlik qilgan. Bu ham uning ishini DXX tergov qilishini belgilaydi”, – deb aytdi Surayyo Rahmonova.

O'zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalarini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori Said-Abdulaziz Yusupov 10 may kuni hibsga olingan.

12 may kuni jinoyat ishlari bo'yicha Yunusobod tuman sudi Yusupovga ehtiyot chorasi sifatida 10 kun qamoqda ushlab turish haqida ajrim chiqargan.

Manba: bbc.com/uzbek

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • xakikat ;

    ish kilib prezidentni kudasi xotinlarga uxshab prezidentni kizganibmi yoki rashk kilib bitta yaxshi jurnalistni yuk kilmokchi.bu Tursunov deganini
    Karimov davrida kancha odamlarni yukatvorganini xamma biladi,Mirziyoevga kuda
    bulgani uchungina xech kim pishagini pisht demayapdi xalos,aslida uta konxur ivachcha odam,bu odamni kaerda kachon nima kilganlari xammasi dxxda foto suratlarigacha bor,davno kamalib ketishi
    kerak edi bu Tursunovdegani

    11/06/2019 14:10
istanbul escort