O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Din va Dunyo: Islomdan zavqlanish – Britaniyaning birinchi musulmonlari

Din va Dunyo: Islomdan zavqlanish – Britaniyaning birinchi musulmonlari
11 Haziran 2019 - 18:27 'da yuklandi va 563 marta o'qildi.

Britaniya Imperiyasi qudratining cho'qqisiga chiqqan 19 asrda bir guruh britan nasroniylari o'z e'tiqodidan voz kechib, Islomga yuzlangan. Quyida britan o'zligining poydevori hisoblangan nasroniylikdan yuz o'girib, musulmonga aylangan uch shaxs taqdiri bilan tanishishingiz mumkin.

Abdulloh Kvillam

Uilyam Genri Kvillam Islomga kirgach Abdulloh ismini olgan

Huquqshunos Uilyam Genri Kvillam 1887 yili kemada ketayotgan marokashlik musulmonlar ibodatiga guvoh bo'lishi ortidan Islomga qiziqib qoladi.

«Na kuchli shamol, na kemaning chayqalishi ularni chalg'ita olmas edi. Men ularning yuzlarida aks etgan komil ishonch va samimiylikdan hayratga tushdim,» deb eslaydi u.

O'zida qiziqish uyg'otgan yangi dinni biroz o'rgangandan so'ng 31 yoshli Kvillam musulmonga aylanadi va ismini Abdullohga o'zgartiradi.

1887 yilda Angliyaga qaytib kelgan Kvillam Buyuk Britaniya bo'ylab 600 nafarga yaqin insonning Islomni qabul qilishida katta rol' o'ynagani aytiladi.

Abdulloh Kvillam Angliya bo'ylab 600 kishini Islomga kiritgan

O'sha yili u Liverpulda mamlakatdagi ilk masjidga asos soladi.

Usmoniylardan ko'ra ko'proq musulmonlar ustidan hukmronlik qilgan Britaniya qirolichasi Viktoriya Kvillamning Islom dini muxtasar tahlil qilingan va 13 tilga o'girilgan «Islom e'tiqodi» risolasini sotib olgani va oilasi uchun risolaning yana olti nusxasiga buyurtma bergani to'g'risida gaplar mavjud.

1894 yilda Usmoniylar sultoni – qirolicha Viktoriyaning ma'qullovi bilan – Kvillamni Britaniya orollari shayxul islomi etib tayinlaydi.

Qirolicha Viktoriya Usmonli Sultoni Abdul Aziz (o'rtada) ni qabul qilmoqda. Illyustratsiya

Ammo e'tiqodi rasman tan olingan bo'lishiga qaramay, Islomni qabul qilgan ko'plab liverpulliklar tahqir va nafratga duchor bo'ladi.

Kvillam o'z dindoshlariga hujum qilganlarning boshi Islom dushmanlari tomonidan aynitilganiga ishonar edi.

Mahalliy aholi orasida huquqlari kam ta'minlangan odamlarni himoya qilishi bilan tanilgan Kvillamning obro'siga bir ayolning turmush o'rtog'idan ajrashishiga yordam berishi ortidan jiddiy putur etadi. U ayolning erini xiyonat ustida ushlashga urinadi, lekin rejasi chippakka chiqib, sharmanda bo'ladi.

Liverpulda 1887 yilda ochilgan Abdulloh Kvillam masjidi hali ham namozxonlarga ochiq

Shundan so'ng u bu janjal musulmon jamiyatiga ta'sir qilmasin, deb 1908 yilda Liverpulni tark etadi.

Obro'si to'kilgan bo'lsa ham, uning nomi Britaniyadagi ilk masjidlarga bog'liqligicha qolaveradi.

Liverpul masjidi bugungi kunda ham Abdulloh Kvillam nomi ostida faoliyat yuritmoqda.

Uokingdagi masjid

Ledi Evelin Kobbold

Ledi Evelin turmush o'rtog'i Jon Kobbold bilan. Evelin o'zini “qalbdan musulmon” his etishini aytgan

Musulmonlar yashovchi o'lkalarga safar qilib, Islomdan zavqlanish Britaniyadagi yuqori tabaqa vakillari orasida g'ayritabiiy hol emas edi.

Zodagon oilasidan bo'lgan Ledi Evelin Myureyning bolaligi Shotlandiya va Shimoliy Afrika o'rtasida tinimsiz ko'ch-ko'chlar bilan o'tadi.

“U erda men arabchani o'rgandim. Istagim jazoirlik do'stlarim bilan masjidlarda sayr qilish edi va yuragim tubida oz bo'lsada, musulmonga aylangan edim,” yozadi u.

Uning otasi Xitoy va Kanada kabi olis yurtlarga safar qilishga ishtiyoqmand edi.

Ledi Evelinga ota-onasining bunday fe'l-atvori yuqqan edi. U Qohirada badavlat ishbilarmon Jon Kobbold bilan tanishib, unga turmushga chiqadi.

Ledi Evelin Haj ziyoratini ado etgan birinchi ingliz ayol bo'lgan

Ledi Evelin qachon Islomni qabul qilgani aniq emas. Biroq uning o'zi bu voqeani Rimda Papa bilan o'tgan bayramga bog'laydi.

«Papa menga to'satdan murojaat qilib, katolikmisiz, deb so'raganda, biroz muddat garang bo'lib qoldim va musulmonman, deya javob qaytardim,» yozadi u.

«Nega bunday javob berganimni bilmayman, yillar davomida Islom to'g'risida jiddiy o'ylab ko'rmagan edim. Biroq endi olov yonib bo'lgan edi va bu e'tiqodni chuqur o'rganishga kirishib ketdim.»

Yaqin Sharqda «Ledi Zaynab» nomi bilan ma'lum Ledi Evelin musulmon madaniyatidagi «ayollar ta'siri» to'g'risida ko'p yozgan.

65 yoshida u Haj ziyoratini amalga oshiradi va Makkaga ibodat uchun borgan ilk britan ayoliga aylanadi.

Ledi Evelin Haj ziyorati haqida kitob ham yozgan

U Makkaga ziyorati haqida kitob ham yozadi.

Ledi Evelin 1963 yili 95 yoshida vafot etadi. O'zining vasiyatiga ko'ra, uning qabrtoshiga Nur surasidan parcha bitiladi.

«Mendan nega muslima bo'lganim haqida ko'p so'raydilar,» so'zlaydi u o'z xotiralarida.

«Men faqat Islom haqiqati qachon meni o'ziga rom etganini bilmasligimni aytishim mumkin.»

«Go'yo, men har doim muslima bo'lgandekman.»

Robert Stenli

Robert Stenli 70 yoshida Islomni qabul qilgan

19 asr Britaniya tarixida Islomni qabul qilganlardan, asosan, jamiyatning yuqori qatlamlariga mansub odamlar to'g'risida ko'proq ma'lumot saqlanib qolgan.

«Kundaliklar kabi xotira bitiklarini yozib qoldirish, asosan, o'rta sinf vakillariga xos odat edi,» deydi Kristina Longden. Longden xonim yaqinda ajdodlaridan birining musulmon bo'lganidan xabar topgan.

Uning ajdodi Robert Stenli oddiy ishchi sinfidan 1870 yillarda Manchester yaqinidagi bir shaharcha meri darajasiga ko'tariladi.

Ajdodi to'g'risida kitob yozgan Longden xonimga ko'ra, Robert Stenli Abdulloh Kvillamning Liverpuldagi masjidi gazetasi uchun Britaniyaning mustamlaka siyosati borasida maqolalar yozib turgan.

1890 yillarda uchrashgan Stenli va Kvillam yaqin do'stga aylanadilar.

Robert Stenli 1898 yili – 70 yoshidagina Islomni qabul qilib, ismini Rashidga o'zgartirgan.

Robert Stenli (o'rtada) va Abdulloh Kvillam Liverpul masjidida

Longden xonim o'sha vaqtlar o'zi yashagan shaharchada Stenlidan boshqa musulmon bo'lmaganiga ishonadi.

Robert Stenli 1911 yilda olamdan o'tadi.

19-asrga oid suratda Stalibrijdagi ish tashlash aks etgan

Uning dinini o'zgartirgani yaqin avlodlaridan sir tutiladi va 1998 yilga kelibgina, bu fakt ota-bola Longdenlar tomonidan aniqlanadi.

Tasodifiy ravishda, Longden xonimning akasi ham bunga qadar – 1991 yili Misrdagi ta'limdan so'ng Islomni qabul qilgan edi.

U ajdodi bo'lmish Robert Stenlining musulmon bo'lganidan xabar topgan vaqt «yaxshi ma'noda hayratga tushgani»ni aytadi.

Manba: bbc.com/uzbek

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube