O’zbekiston Xalq Harakati

Chirik miyalar

Chirik miyalar
11 Haziran 2019 - 21:35 'da yuklandi va 592 marta o'qildi.

Bugun Jizzaxning eng tabiati toza joylarida Atom elektr stantsiyasi qurilishi rejalashtirilayotganini eshitib, Sovetlar paytida Toshkent viloyatining go'zal tabiatli Bustonliq tumanidagi tog'lar Sovetlar hududidan va Ovrupo davlatlaridan olib kelingan radioaktiv chiqindilar omboriga aylantirilganini esladim. 1980 yillar o'rtalarida bir guruh o'zbek yozuvchilari bu radioaktiv chiqindilar ombori asta sekin harakatga keluvchi bomba ekanligi, ombor devorlarining ozgina nurashi butun mintaqani halokat zonasiga aylantirishi mumkinligi haqda bong urishgan edi.

Endi hududi yarim million kvadrat kilometrga ham etmaydigan, ammo aholisi 32 milliondan oshgan kichkinagina O'zbekiston hududida yana bir tahlika o'chog'i qurilmoqda. Albatta, Orol singari buyuk dengizni rejali ravishda quritgan, qadami etgan joyni sahroga aylantiradigan rus “daho”sini istagancha so'kish mumkin, ammo asosiy balo tashqarida emas, ichkaridadir. Bu balo sobiq kommunistlarning chirik miyalaridan atrofga taralayotgan qo'lansa hiddir, bu badbo'y hid xuddi chirigan losh chivinlarni chaqirgani kabi mamlakatga har xil o'limiktxo'rlarni chaqirmoqdadir.

Maqsud Bekjon

11.07.2019

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort