O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Xorazm amiri

Xorazm amiri
12 Haziran 2019 - 9:48 'da yuklandi va 494 marta o'qildi.

U – ulug' amir Qutludumurdir. Qutludumur – «qutlug' temur» deganidir. Bu amir ulug' sulton Muhammad O'zbek xolasining o'g'li va uning eng buyuk amiridir. Qutludumurning o'zi sultonning Xurosondagi voliysi hamdir. Uning o'g'li Horunbek yuqorida ism-sharifi tilga olingan sultonning qiziga uylangan. Bu qizning onasi esa malika Toytug'lidir. Qutludumurning zavjasi To'rabeka xotun o'z olijanobligi bilan mashhurdir. Qozi men bilan so'rashish uchun kelganida bunday dedi: «Ammo sening kelganingdan xabardor, ammo u hamon betob. Shu bois, huzuringga tashrif buyurolmaydi».

Men qozi bilan birgalikda amirni ko'rgani bordim. Biz uning uyiga etib kelib, keng bir qabulxonaga o'tdik, undagi xonalarning aksariyati yog'ochdan ishlangan edi. Keyin esa gumbazi o'ymakor yog'ochdan ishlangan kichikroq xonaga kirdik. Uning devorlariga rango-rang movut, shifti esa zarlar qadalgan ipak bilan qoplangan edi. Amir ipak to'shakda o'tirar edi. Bod kasaliga mubtalo bo'lganligi sababli oyoqlarini o'rab olgandi. Bu kasallik turklar orasida keng tarqalgan.

Men amirga salom berdim va u meni yoniga o'tkazdi. Qozi va faqihlar ham o'tirishdi. Amir mendan o'z hukmdori podsho Muhammad O'zbekning, Bayalun xotunning va uning otasining hol-ahvolini surishtirdi va Qustantaniya shahri haqida gapirib berishimni so'radi. Men bularning hammasi haqida so'zlab berdim. So'ngra taomlar: qovurilgan tovuq, turna va kaptar jo'jalari, yog'liq somsalar, shirin kulchalar va turfa shirinliklar qo'yilgan patnislar keltirishdi. Yana boshqa patnislarni ham olib kelishdi. Ularda mevalar – anor donalari, uzum va ajoyib qovunlar bor edi. Tozalangan anor donalari ichiga tilla qoshiqchalar solingan oltin va kumush idishlarda, bir qismi esa iroqiy shisha idishlarda tortildi.

Bu amirning odati shunday ekanki, qozi har kuni uning qabulxonasiga kelib, maxsus joyga o'tirar, u bilan birga faqihlar, xattotlar kelishar ekan. Qozining to'g'risida bosh amirlardan biri va sakkiz nafar katta turk amirlari va «yozg'uvchi» deb ataladigan shayxlar joylashadi. Odamlar shu mansabdorlarga o'z shikoyatlarini aytishadi. Agar ish shariatga oid bo'lsa – qozi, boshqa ishlarga oidlarini esa mana shu amirlar hal qilib beradi. Qozi bilan amirlarning qarorlari aniq va adolatli bo'ladi. Chunki ularni ma'lum bir tomonning tarafini olishda ayblasholmaydi, bular pora ham olmaydi.

Biz amir qabulida bo'lganimizdan keyin madrasaga qaytib keldik. Amir bizga guruch, un, bir necha qo'y, moy, xilma-xil ziravorlar va bog'-bog' o'tinlar yubordi. Bu mamlakatda Hindiston, Xuroson va Erondan bo'lgani kabi ko'mir nimaligini umuman bilishmaydi. Ammo Xitoyda toshdan (ya'ni toshko'mirdan) yoqilg'i sifatida foydalanishadi. U yog'och ko'mir kabi yonib, keyin kulga aylanadi, unga suv sepib, oftobda quritishadi hamda butunlay yo'q bo'lib ketguniga qadar shu yoqilg'i vositasida taom tayyorlaydilar.

Shohista O'ljaeva

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube