O’zbekiston Xalq Harakati

Monopoliya yoki ba'zi amaldorlarning yurtga keltirgan ziyonlari

Monopoliya yoki ba'zi amaldorlarning yurtga keltirgan ziyonlari
12 Haziran 2019 - 9:57 'da yuklandi va 710 marta o'qildi.

Monopoliya yoki ba'zi amaldorlarning yurtga keltirgan ziyonlari

Birinchi qism

O'zbekiston iqtisodi rivojida asosiy to'siq bu har bir soha biror amaldor tomonidan monopoliyalashtirib olinganligi.

Yangi mustaqil bo'lgan yillari bizning tuman ahli Rossiyaga dehqonchilik mahsulotlari eksport qilardi, davlatdan bir so'm kredit olmay, hech qanday yordam olmay. Va Rossiyadan O'zbekiston uchun kerakli o'rmon xo'jaligi mahsulotlari olib kirishardi. Shuning orqasidan odamlar o'z-o'zini ish bilan ta'minlardi. Keyin Rossiyadan yog'och materiallari olib kirishni qaysidir amaldor o'z qo'liga oldi va qolganlarga amalidan foydalanib taqiqlab qo'ydi.

Keyinroq esa qaysidir amaldor Rossiyaga dehqonchilik mahsulotlarini olib borishni monopoliyalashtirib oldi. Qolganlarga taqiqladi, pomidor narxi tannarxini qoplamay qo'ygach odamlar dehqonchilikni yig'ishtirib Rossiyaga mardikorchilikka ketishdi.

Farqini qarang, bir paytlar Rossiyaga savdogarlik qilgani borganlar o'z shaxsiy manfatini o'ylagan amaldorlar tomonidan chiqarilgan qonunlar sabab mardikorchilikka borishga majbur. Bu bir tuman misolidagi gaplar. O'zim bir paytlar Orenburgda bojxona bo'limi yonida ishlaganman.

O'sha oddiy dehqonga taqiqlangan dehqonchilik mahsulotlarini qaysidir amaldorga qarashli bolalar dehqondan deyarli bekorga olib yo'lini qilib olib kelib sotishyapti. Uzoq yillar davomida o'zbek dehqonlari Rossiya bozorida o'z o'rnini topish uchun kurashdi va topgandiyam. O'zining shaxsiy manfaatlarini o'ylab yurt manfaatlariga tupurgan bir amaldor deb Rossiya bozoridagi o'rnimiz yo'qotildi, O'zbekistonga kiradigan valyuta tushumi kamaytirildi.

(davomi bor)

Akmal Andijoniy

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • xakikat ;

    bu narsalar ataylab kilinadi xalkni boyitmaslikni oddiy usuli
    oddiy misol bir kilo banan Uzbekistonda 20000 sumdan oshik turadi Rossiyskiy rublga gdeto 150 rubl buladi,Moskva supermarkelarida bir kilo banan xar doim 50 rubl atrofida sotiladi,Uzbda bir kilo bananni puliga Moskvada uch kilo olasiz,bundan kelib chikadiki Uzbekiston siyosati odamlarni kornini tuydirish bilan emas,odamlarni kakshatish siyosati bilan shugullanyapdi,Uzbni raxbar lavozimlarida shunakanggi dushmanlar utiribdi,bizni millat sifatida yuk kilmokchi bular,xamma soxalarni ataylabdan rivojlanishiga tuskinlik kilib utirishibdi,tinchlik tinchlik deb odamlarni zombiga aylantirib tashashdi guyoki Uzbdan boshka butun dunyoda urish bub yotgandek,eng achinarlisi odamlar zurga non topib eyapdiyu shunga kunikib kolgan xuddiki u shunday yashashi kerakdek.

    12/06/2019 11:47
istanbul escort