O’zbekiston Xalq Harakati

Yaxshidur

Yaxshidur
12 Haziran 2019 - 10:05 'da yuklandi va 380 marta o'qildi.

 

 

YaXShIDUR
 
O'tgan gapni kavlamoqdan na foyda,
Mehr qochar gina-kudrat bor joydan,
Quyosh chiqsa bulut qoladi dog'da,
G'iybat to'nin yirtgan odam yaxshidur.
 
Yurakning olovi bilinar ko'zdan,
Sukut etukroqdir ming achchiq so'zdan.
Noshukur ayrilar, bil, rizqu ro'zdan,
Haqqa shukr etgan odam yaxshidur.
 
Eshakdan tug'ilgan xachir ot bo'lmas,
Qarindoshing yomon bo'lsin, yot bo'lmas.
Tug'ilgandan to'g'ri yurgan mot bo'lmas,
Andishani bilgan odam yaxshidur.
 
So'zin chertib aytar o'zini bilgan,
Dasturxon hurmatin nazarga ilgan,
Tili uzun – azal o'ziga qilgan,
G'azabini yutgan odam yaxshidur.
 
Qulning ko'p bo'ladi xo'ja, xudosi,
Baxl boy bo'lar bir tanganing gadosi,
Tushunganga oltin so'zim ma'nosi,
Yod ellarni ko'rgan odam yaxshidur.
 
Islom aytar, befarq so'zlamang hargiz,
Timdalangan joyda qolar chandiq, iz,
Yaproq uchmasin, lat emasin ildiz,
Erni “sizlab” bosgan odam yaxshidir.
 
Islom Xolboy
“Hijron azobi” She'rlar kitobi,
Toshkent, “Yozuvchi nashriyoti”, 1998 yil
facebook.com
Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort