O’zbekiston Xalq Harakati

Aksariyatimiz shunaqamiz

Aksariyatimiz shunaqamiz
12 Haziran 2019 - 10:11 'da yuklandi va 521 marta o'qildi.

Aksariyatimiz shunaqamiz-a?

Farzandimizni kelajagiga beparvomasmizmi demoqchiman!

Masjidni tahoratxonasiga ARISTON oberamiz, maktabni tualetiga bittagina obdasta obermaymiz!

To'ylarda artistlarga qistiramiz, sinfga parda desa jonimiz chiqadi!

Ishxonada banket bo'lsa xodimlarga eriymiz, maktabdagi tadbirga kelganda o'sha kuni ishimiz chiqib qoladi!

To'y qilsak qo'shni qishloqdagi boylaram aytilib, kechgacha ketkazmay mehmon qilamiz, bolamizni o'qituvchisi esimizdan chiqib qoladi!

Mahallada bitta boy moshina olsa, «qandini ursin» deymizu, o'qituvchi olsa «shartmikan qorniga emasdan moshina olish» deb ijirg'anamiz!

Yilda bir marta remontga, obunaga pul yig'ilsa «zakon»chiligimiz tutib qoladi, lekin bitmagan ishni «soqqasini» berib bitirib, zakonni oyoqosti qilamiz!

Kunda-kunora oshnalarni, ishimiz tushgan odamlarni choyxonaga oboramiz, ammo o'qituvchini bir marta mehmon qilmaganmiz!

Menga nima xizmat buyurarkan deb, boshlig'imizni og'ziga qarab turamiz-u, lekin o'qituvchi muammodan gapirsa og'ziga uramiz!

Lekin O'QITUVChI birovni muruvvatiga yoki puliga muhtoj emas!

Ozgina QADR va E'TIBOR topsa shuni o'zi kifoya!

Daftarga, remontga, obunaga, metallomga, gullarga, pardaga boshqa chiqimlarga yig'ilgan pul nimayam bo'lardi! Nahot shu pulga qarab qolgan deb o'ylasak, O'QITUVChIni. Azbaroyi kasbini sevganidan, yoki shuncha yillik bilimi uvol bo'lmasligi uchun ishlayapti O'QITUVChI! …

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort